Yangiliklar

Import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish ustuvor ahamiyatga ega


20.03.2024 11:48

Import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish ustuvor ahamiyatga ega

O‘zsanoatqurilishbank ko‘magida Navoiy viloyatida Markaziy Osiyoda yagona vodorod peroksidi ishlab chiqarish zavodi barpo etilib, bugungi kunda samarali ish yuritmoqda. Bank tomonidan ushbu hududga uyushtirilgan press-turda jurnalistlar “Uzbekistan hydrogen peroxide” qo‘shma korxonasining mamlakat sanoat salohiyatini oshirishga qo‘shayotgan hissasi bilan yaqindan tanishtirildi.

Vodorod peroksidi tibbiyot, to‘qimachilik, sellyuloza-qog‘oz va tog‘-kon sanoatlarida, oqova suvlari aeratsiyasi korxonalarida, oziq-ovqat mahsulotlari hamda chiqindilarga qayta ishlov berishda keng qo‘llaniladi. Shu bois hukumatimiz tomonidan “Uzbekistan hydrogen peroxide” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tegishli investitsiya loyiha faol qo‘llab-quvvatlandi. Korxonani barpo etish uchun “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasidan joy ajratildi.

– Shu paytga qadar mamlakatimizda bunday sanoat inshooti mavjud bo‘lmagan, ichki ehtiyoj uchun yiliga 15 ming tonna vodorod peroksidi xorijdan import qilingan, – deydi korxona bosh muhandisi Javlonbek Turdiyev. – Ayni vaqtda yillik quvvatimizning 50 foizi ushbu ehtiyojni to‘liq qoplamoqda, qolgan qismi esa, tashqi bozorlarga eksport qilinmoqda.



Qayd etilishicha, zavoddagi ishlab chiqarish jarayonlari to‘liq Hindiston texnologiyalari asosida tashkil etilgan. U yerda yiliga 28 ming tonna vodorod peroksidi ishlab chiqarilmoqda.

Ham tejamkor, ham samarador ...

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu kabi korxonalarda xom ashyo, ya’ni vodorod elektroliz usulida olinadi. Bu, o‘z navbatida, elektr energiyasining ko‘p sarflanishiga sabab bo‘ladi. "Uzbekistan hydrogen peroxide" korxonasida esa, vodorod suv bug‘i yordamida tabiiy gaz tarkibidan ajratiladi. Umumiy hisobda 66 foiz xom ashyo tabiiy gazdan, 33 foizi suvning o‘zidan olinadi. Shu jihatning o‘zi korxonaning ham tejamkor, ham samarador ekanligidan dalolat beradi.

O‘zbekistonda ishlash bizga manzur bo‘lmoqda

– Zavod 4 ta asosiy blokdan iborat. Birinchi blokda xom ashyo tayyorlash, ikkinchi blokda periks hosil qilish, uchinchi blokda kompressor stansiyasi, so‘nggi blokda esa, qadoqlash qismi va omborxona joylashgan, – deydi korxona loyiha menejeri Afzal Amir. – Operatorlik xonasi real vaqt rejimida barcha bo‘limdagi jarayonlarni kuzatish, nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari, zavod hududida maxsus laboratoriya ham joylashgan bo‘lib, u yerda 80 dan ziyod turli tahlillarni amalga oshiramiz.

O‘zsanoatqurilishbankning tarixiy jarayondagi ishtiroki ...

– Loyihamizning umumiy qiymati 28 mln. AQSH dollariga teng, – deydi Javlonbek Turdiyev. – Bunda 16,5 mln. dollar O‘zsanoatqurilishbank krediti hissasiga to‘g‘ri keladi. Biz kelgusida bank bilan hamkorlikni davom ettirib, vodorod peroksidining qolgan namunalarini ham ishlab chiqarishni maqsad qilganmiz. 

Bank Axborot xizmati








Другие новости

12.12.2024 17:09:40
O‘zsanoatqurilishbankda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...

04.12.2024 17:34:06
O‘zsanoatqurilishbank ko‘magida Forish tumanida yirik uzum plantatsiyasi barpo etilmoqda

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatining Forish tumanida 100 gektarlik yirik uzum plantatsiyasi barp ...


Дата последнего обновления: 27.03.2024 11:27  
up