Yangiliklar

O‘zsanoatqurilishbank jamoasi yugurish marafonida faol qatnashdi


22.04.2024 10:25

O‘zsanoatqurilishbank jamoasi yugurish marafonida faol qatnashdi

Joriy yilning 21-aprel kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro “BYD-Tashkent International Marathon” hamda "Yangi nafas»" yugurish marafonlarida O‘zsanoatqurilishbank xodimlari faol qatnashdi.

Marafon ishtirokchilari 42 km klassik marafon, 21 km yarim marafon hamda 3 va 10 km masofalari bo‘yicha yugurishdi. 

Tadbirda 45 mamlakatidan kelgan 6 mingga yaqin atlet, yugurish bo‘yicha sport ustalari, turli davlat idoralari jamoalari, shu jumladan bank xodimlari ham ishtirok etdi.photo_2024-04-24_10-27-11.jpg

Ma’lumot uchun. Мarafon umumiy sovrin jamg‘armasi – 720 mln so‘m. Shuningdek, ilk marotaba erkaklar va ayollar orasida trassa rekordi uchun asosiy mukofotlardan tashqari, bonuslar taqdim etiladi – marafon masofasi uchun 15 mln so‘m va yarim marafon masofasi uchun 10 mln so‘m. 

Bank jamoasi marafonda faol qatnashib, tanlangan masofani bosib o‘tganlari uchun musobaqa medallari bilan taqdirlandi.

 

Bank Axborot xizmati





Другие новости

13.12.2024 09:56:24
Germaniyalik olim qurilish materiallari sohasini rivojlantirishda xorijiy maslahatchi sifatida jalb etildi

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga xorijiy maslahatchi sifatida Germaniyaning Drezden texnika universi ...

12.12.2024 17:09:40
O‘zsanoatqurilishbankda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Ochiq e ...


Дата последнего обновления: 24.04.2024 11:15  
up