1180
Поддержка
12.02.2025 10:10

“Sustainable Fitch” Özsanoatqurilişbankka uçinçi darajali ESG reytingini berdi

default_investment_img

“Sustainable Fitch” xalqaro reyting agentligi Özsanoatqurilişbankning barqaror rivojlaniş yölida ekologik, ijtimoiy va korporativ boşqaruv tamoyillarini faol qöllayotganini ta’kidlab, “3” darajali ESG reytingini (umumiy ball – 59) taqdim etdi.

Agentlik hisobotida qayd etilişiça, sönggi yillarda bank tomonidan atrof-muhitni asraşga qaratilgan “yaşil” loyihalarni moliyalaştirişga katta e’tibor qaratilmoqda. Tizimda inklyuzivlik va teng imkoniyatlarni qöllab-quvvatlaş hamda boşqaruv amaliyotini xalqaro standartlarga muvofiqlaştiriş işlari izçil davom ettirilmoqda.

Xususan, bank kredit mablağlari energiya tejamkor, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan samarali foydalanuvçi hamda ekologik toza transport sohasidagi loyihalarga yönaltirilmoqda. Şu tarzda bank kredit portfelida “yaşil” kreditlar uluşini 2030-yilgaça 30 foizga oşiriş rejalaştirilmoqda.

“Sustainable Fitch” xabarida bankning ijtimoiy sohada tenglik va inklyuzivlik tamoyillariga sodiqligi, tizimda qulay mehnat şaroiti, adolatli iş haqi va xodimlar qönimligi ta’minlanganligi alohida keltirilgan.

“Bank tizimida korporativ boşqaruv şaffoflik, boşqaruv organlari örtasida vazifalarning aniq taqsimlanişi va xalqaro standartlarga muvofiqligi bilan ajralib turadi. Bu yuqori darajadagi nazorat va qarorlarni qabul qilişni, mijozlar va hamkorlar işonçini mustahkamlaşni ta’minlaydi”, deya qayd etilgan agentlik xulosasida.

Umuman, agentlik ESG reytingi bilan bank iqtisodiy rivojlanişni jamiyat va atrof-muhit oldidagi mas’uliyat bilan uyğunlaştirgan holda olib borayotganini tasdiqlagan.

Ma’lumot uçun. ESG (ekologik, ijtimoiy va korporativ boşqaruv) biznesni uning ekologik mas’uliyati, ijtimoiy siyosati va korporativ boşqaruvi nuqtayi nazaridan baholaşning xalqaro standartidir.

ESG reytingi agentliklar tomonidan 1 dan 5 gaça bölgan şkala asosida baholanib, bunda 1 eng yuqori daraja hisoblanadi.

Bank Axborot xizmati

Актуальные новости

Все новости >