Вернуться назад
572 Biz ösdik. Endi biz - Sustainable Finance Department.

Sönggi olti yil davomida biz Özbekiston sanoat sektorida “yaşil” taşabbuslarni faol ravişda ilgari surib kelmoqdamiz. 2019 yilda Green Banking Departamenti taşkil etilganidan buyon biz BMTning Global Şartnomasiga qöşildik, yaşil moliyalaştiriş sohasida yetakçi köp tomonlama rivojlaniş banklari va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik aloqalarini yölga qöydik, biznesning barça segmentlari uçun yaşil kredit mahsulotlarini işlab çiqdik va joriy etdik, yaşil obligatsiyalarni muomalaga çiqardik, şuningdek yaşil kreditlar portfelini şakllantirdik va kengaytirdik. Uşbu yöl davomida biz doimo şaffoflik tamoyillariga amal qilib, ESG hisobotlarini e’lon qiliş orqali yaşil moliyalaştiriş tamoyillariga bölgan hissamiz va sadoqatimiz haqida ma’lumotlarni öz vaqtida oşkor qilib bordik.
Şu bilan birga, ESG tamoyillariga bölgan sadoqatimiz har doim faqatgina yaşil moliyalaştiriş va atrof-muhitni muhofaza qiliş doirasidan ança keng bölib kelgan. Biz uçun ESG, eng avvalo, mas’uliyat, risklarni boşqariş, ijtimoiy ta’sir hamda biznes va jamiyat uçun uzoq muddatli qiymat yaratişni anglatadi. Bu esa “yaşil” bank faoliyatining an’anaviy tuşunçasini sezilarli darajada kengaytiradi.
Global ESG tendensiyalari, xalqaro moliya institutlari talablari hamda BMTning Barqaror rivojlaniş maqsadlari ta’siri ostida Green Banking Departamenti faoliyati klassik “yaşil” bank faoliyati doirasidan çiqib, yangi bosqiçga kötarildi.
Bugungi kunda jamoamiz quyidagi yönalişlarga e’tibor qaratmoqda:
· barqaror rivojlaniş körsatkiçlariga boğlangan moliyaviy mahsulotlarni işlab çiqiş va joriy etiş;
· ESG tamoyillarini bank operatsiyalariga integratsiya qiliş;
· barqaror moliyalaştiriş sohasida ramkaviy hujjatlarni işlab çiqiş hamda barqaror rivojlaniş bilan boğliq loyihalarni baholaş;
· iqlimiy va ijtimoiy risklarni baholaş va boşqariş;
· BMTning Barqaror rivojlaniş maqsadlariga mos mahsulot va xizmatlarni işlab çiqiş;
· gender tengligini va soğlom turmuş tarzi madaniyatini ilgari suriş.
Aynan şu sababli Green Banking Departamenti Sustainable Finance Departmentga transformatsiya qilindi - bu nom bizning bugungi kundagi e’tiborimizni, Bankning strategik ustuvor yönalişlarini hamda mas’uliyatli moliyalaştirişga bölgan sadoqatimizni aniq aks ettiradi.
Sustainable Finance - bu biz bugundan boşlab şakllantirayotgan kelajakdir.
