Вернуться назад
983 Green Banking xodimlari Buxorodagi Bukhara Night Race 2025’da faol qatnaşdi

2025-yil 13-sentabr kuni Buxoroda “Bukhara Night Race 2025” xalqaro yuguriş musobaqasi bölib ötdi. Bu yil u ilk bor ötkazilgan Buxoro biennalesi bilan birgalikda taşkil etildi. “Bukhara Night Race” tun yugurişi 2022-yildan buyon ötkazilib kelinadi va sport, madaniyat hamda ijtimoiy mas’uliyat qadriyatlarini birlaştiruvçi yorqin an’anaga aylangan.
Iştirokçilar şahar markazidagi Ark qal’asidan start olib, qadimiy Buxoroning yoritilgan köçalari böylab – madrasalar, masjidlar, Kalon minorasi va savdo gumbazlari yonidan yugurişdi. 2025-yilda maršrut yangilandi va ilk bor yarim marafon masofasi qöşildi. Şuningdek, odatiy formatlar ham taqdim etildi: 5 km, 10 km, skandinavça yuriş, bolalar yugurişlari va plogging – çiqindi yiğiş bilan birga yuguriş.
Taşkilotçilar an’anaviy tarzda ijtimoiy va ekologik mas’uliyat masalalariga alohida e’tibor qaratmoqda. “Avvalgidan tozaroq” dasturi bu yil ham amalga oşirilmoqda, plogging esa uning asosiy taşabbuslaridan biri bölib qolmoqda.
Green Banking departamenti xodimlari mamlakatda bunday loyihalarni doimiy ravişda qöllab-quvvatlaşadi va özlari ham faol iştirok etişadi. Bu safar departamentdan Guliruxsor Roişeva ham yugurişda qatnaşib, şaxsiy namunasi orqali barqaror rivojlaniş qadriyatlariga, faol hayotiy pozitsiyaga va ekologiyaga e’tibor berişga sodiqligini namoyon etdi.
Samarkand Marathon seriyasiga kiruvçi barça yuguriş musobaqalari, jumladan “Bukhara Night Race”, SheRACES xalqaro taşabbusi tomonidan akkreditatsiyadan ötgan bölib, ular yuqori xalqaro standartlarga muvofiq hamda teng huquqlar va inklyuziya tamoyillarini qöllab-quvvatlaydi.
Green Banking taşkilotçilarga va barça iştirokçilarga minnatdorlik bildiradi hamda bunday tadbirlar ijtimoiy foydali amaliyotlarni şakllantirişga, madaniy meros va atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatni kuçaytirişga, şuningdek, Özbekistonda “yaşil” taşabbuslarni tarğib etişga xizmat qilişiga işonç bildiradi.#GreenBanking #BukharaNightRace2025 #SamarkandMarathon
#AvvalgidanTozaroq #SheRACES #BarqarorRivojlanish #Ekologiya
#IjtimoiyMasuliyat #YashilTashabbuslar #Buxoro #O‘zbekiston
