1180
Поддержка
22.07.2026 00:00

SQB – ESG yo‘nalishida O‘zbekistonning eng yaxshi banki!

news img
“O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) nufuzli Euromoney Awards for Excellence 2026 mukofotining “O‘zbekistonning ESG sohasidagi eng yaxshi banki” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.

Mazkur mukofot bankning ekologik va ijtimoiy mas’uliyat tamoyillari hamda ilg‘or korporativ boshqaruv standartlarini (ESG) izchil joriy etib borayotganining xalqaro e’tirofidir.

2025-yilda SQB:
• “yashil” kredit portfelini 650 mln AQSH dollaridan oshirdi;
• EDGE, ISO 14001 va ISO 50001 xalqaro standartlari bo‘yicha muhim natijalarga erishdi;
• barqaror moliyalashtirish va “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni davom ettirdi.

Ushbu mukofot SQBning barqaror rivojlanish tamoyillariga sodiqligini hamda O‘zbekistonda ESG kun tartibini ilgari surishdagi muhim hissasini tasdiqlaydi.

Актуальные новости

Все новости >
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send