Вернуться назад
417 29.07.2026 00:00
SQB’ning ESG reytingi Sustainable Fitch tomonidan «2» darajasiga kötarildi

Reytingning oşişi SQB’ning ESG strategiyasini mustahkamlaş, barqaror moliyalaştiriş yeçimlarini kengaytiriş hamda ESG hisobotlarining şaffofligi va sifatini oşiriş borasidagi izçil yutuqlarini aks ettiradi.
Yaxşilangan reyting Bankning barqarorlik tamoyillarini biznes strategiyasi va operatsion faoliyatiga integratsiya qiliş böyiça izçil sa’y-harakatlarini tan oladi. SQB’ning yangilangan 2027–2029 yillar Strategiyasi uşbu yönalişni yanada mustahkamlab, mijozlarni “net zero”ga ötişda qöllab-quvvatlaşga, boşqaruv va risklarni boşqarişda ESG integratsiyasini kuçaytirişga hamda şaffoflik va axborot oçiqligini yanada oşirişga katta e’tibor qaratadi.
Barqaror moliyalaştirişni rivojlantiriş
SQB Özbekistonning “yaşil” va barqaror iqtisodiyotga ötişini moliyalaştirişdagi rolini kuçaytirişda davom etmoqda. 2026-yil may holatiga köra, Bank 708 million AQŞ dollari miqdorida barqaror moliyalaştiriş taqdim etdi — bu 2020–2026 yillar uçun belgilangan 750 million dollarlik maqsaddan 94% ni taşkil etadi. Kelgusida SQB yaşil moliyalaştiriş portfelini yanada kengaytirişni, 2030-yilga kelib yaşil kreditlar uluşini umumiy kredit portfelining 30 foizigaça oşirişni maqsad qilgan.
Barça yönalişlar böyiça kuçli ESG körsatkiçlari
Sustainable Fitch SQB’ga ekologik, ijtimoiy va boşqaruv yönalişlarining har birida «2» reytingini berdi, bir qator muhim sohalardagi yaxşilanişlarni alohida ta’kidladi. Baholaş Bankning iqlim bilan boğliq hisobotlar va uzoq muddatli dekarbonizatsiya maqsadlari borasidagi progressini, şuningdek uning kuçli korporativ boşqaruv amaliyotini tan oladi. Bankning xalqaro mehnat va inson huquqlari standartlariga rioya qilişi, şuningdek mijozlar va mahalliy jamoalarni doimiy qöllab-quvvatlaşi ESG profilining yanada mustahkamlanişiga xizmat qiladi.
SQB barqarorlik yölidagi muhim bosqiç
Sustainable Fitch tomonidan reytingning oşirilişi SQB’ning barqarorlik tamoyillarini uzoq muddatli biznes rivojlanişiga singdiriş borasidagi izçil sa’y-harakatlarining muhim tan olinişidir. Mustahkamlangan ESG tizimi, kengayib borayotgan barqaror moliyalaştiriş portfeli va salmoqli uzoq muddatli maqsadlari bilan SQB Özbekistonning barqaror, inklyuziv va çidamli iqtisodiyotga ötişini qöllab-quvvatlaşda davom etmoqda.
