Protsessing tizimlarini administratsiya qilish bo'limiga mutaxassis

VAZIFALAR:

Favqulotda vaziyatlarda tizimni tiklash (Administrator yordami bilan yoki administrator yordamisiz);

Kriptografik (HSM) xafsizlik kalitlari bilan ishlash;

Biznes talablariga asosan tizimni sozlash;

Foydalanuvchilarga texnik yordam ko‘rsatish;

Protsessing tizimining ishlashdagi muammolarni aniqlash va bartaraf etish;

Visa, MasterCard, JCB, UnionPay, xalqaro to‘lov tizimlari bilan ishlash;

Biznes-jarayon, texnik topshiriqnoma yozish, texnik hujjatlarni ishlab chiqish va avtomatlashtirish uchun ishga tushirish

Bank ABS dasturlari va Protsessing dasturlarini integratsiya qilishni bilish.

TALABLAR:

Oliy ma'lumot (iqtisodiy yoki texnik bilimlarga ega bo‘lish);

Mazkur yo‘nalishda kamida 1 yil ish stajiga ega bo‘lish;

Windows, Unix tizimlariga doir operatsion tizimlarida tajribali foydalanuvchi darajasiga ega bo'lish;

Bankomatlarda (ATM) NDC+ va DDC+ protokollari / terminal dasturini boshqarish (TMS) dasturlari bilan ishlash tajribasiga ega bo'lish.

Telekomunikatsiya protokollari (TCI / IP, WiFi, RS232 va telefon aloqasi) bilan ishlash;

Oracle, MySQL ma’lumotlar bazasi dasturlari, SOAP, JSON protokollari bilan ishlash tajribasiga ega bo'lish;

O‘zbek, rus tillarini mukammal bilish va ingliz tilidagi texnik hujjatlarni o‘qishni bilish;

To‘lov tizimlarining ishlash tamoyillarini va bank kartalari orqali naqdsiz hisob-kitoblarni o‘tkazish qoidalarini bilish;

Muammolarni tahlil qilish uchun log jurnallarni yig‘ish va tizim ma’lumotlarini qayta ishlashni bilish.


Agar Siz muvaffaqiyatli professionallar jamoasiga qo'shilishni istasangiz, rezyumengizni @SQBda_KaryeraBot telegram botiga jo'nating.