Hurmatli hamkasblar va qadrli mijozlarimiz!
Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotiga to‘siq bo‘layotgan eng xavfli illat. Shu bois, korrupsiyaga qarshi
kurash dunyo hamjamiyati oldida turgan eng dolzarb masalalardan biriga aylangan.
Mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, jamiyatning barcha sohalarida
korrupsion holatlarni keltirib chiqaruvchi omillarga chek qo‘yishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar
olib borilmoqda. O‘zsanoatqurilishbank tomonidan ushbu islohotlar doirasida qator chora-tadbirlar amalga
oshirilmoqda. Xususan, bu borada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha alohida tuzilma tashkil etilib,
aniq vazifalar belgilab berildi.
Azizlar! Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, jamiyatimizning barcha a’zolari “halollik vaksinasi” bilan
emlanmas ekan, o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga erisha olmaymiz. Shuning uchun barchamiz bugungi
tinchlik-osoyishtalik hukm surgan yurtimizda adolat tamoyillari asosida halol mehnat qilishimiz zarur va
shart. Zero, har birimiz umid bildirgan kelajak davomchilarimiz faqat va faqat amallarimizdan andoza
oladi.
Men mazkur murojaatim bilan Sizlarni O‘zsanoatqurilishbank tizimida korrupsion holatlar kuzatilganda yoki
shubha tug‘diruvchi va noqonuniy holatlar yuz berganida aloqa kanallarimiz orqali murojaat qilishga
chaqirib qolaman.
Unutmang, murojaatingiz maxfiyligi kafolatlanadi!
Agar siz bank xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlariga duch kelsangiz, shuningdek korrupsiyaga sabab boʻluvchi holatlar va shartlar haqida ogohlantirmoqchi boʻlsangiz, siz “Komplayens ishonch telefoni”ga murojaat qilishingiz mumkin. Ushbu xizmat korrupsion harakatlarning har qanday koʻrinishini oldini olishdan manfaatdor boʻlgan ham jismoniy, ham yuridik shaxslar uchun tashkil etilgan.
Ushbu kanal 24/7 rejimida xavfsiz va maxfiy ravishda maʼlumotlar yigʻish imkonini beradi. Turli qonunbuzarliklar toʻgʻrisidagi xabarlar Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi qonuniga muvofiq qabul qilinadi va koʻrib chiqiladi.
Axborotdan erkin foydalanish uchun uni toʻliq oshkor qilish
Ishonchli bankning ahil jamoasiga xush kelibsiz!
Siz telefon, elektron pochta yoki qayta aloqa kanali orqali xabar qoldirishingiz mumkin
Telegramdagi bot orqali bog'lanish
Bankda korruptsiyaviy holat bo'lishini aniqlash va oldini olish maqsadida anonim so'rovnomamizda ishtirok etishingizni so'raymiz
Yangi xodimlarning sodiqligini oshirish bo'yicha tadbirlar
Rahbarlik lavozimlaridagi o’zgarishlar
2025 yil uchun tasdiqlangan umumiy media-reja doirasida “Risk” bloki, Marketing hamda Xodimlar va ta ...
BatafsilO‘zsanoatqurilishbankda korrupsiyaga qarshi kurashish, xususan, davlatimiz rahbarining 2025-yil 5-mart kuni bo‘lib o‘tga ...
BatafsilKorrupsiyaga qarshi kurashish har bir tashkilotning halollik tamoyillariga asoslangan faoliyati uchun ustuvor yoʻnalish ...
BatafsilO‘zsanoatqurilishbank tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyati ...
BatafsilO‘zsanoatqurilishbankda milliy ruh, milliy uslub va asrlardan meros bo‘lgan an’analarga bo‘lgan chuqur ehtirom har bir j ...
BatafsilLondondagi “Euromoney Awards for Excellence 2025” taqdirlash marosimida xalqaro ekspertlar Bankning keng ko’lamli transf ...
Batafsil