"O‘zsanoatqurilishbank"ATBning istalgan ofisiga tashrif buyuring
Ariza yozing va bank bilanshartnoma tuzing
Bank depozit summasini depozit hisobvarag'iga o‘tkazadi
Valyuta:
milliy valyutada — so‘m
Depozitning minimal miqdori:
50 000 000 so‘m
Depozitning maksimal miqdori:
30 000 000 000 so‘m
Yillik foiz stavkasi:
Markaziy bank asosiy stavkasi + yillik 2%
Depozit muddati:
370 kun
Depozit hisobvarag‘ini to‘ldirish:
mavjud
Qisman yechib olish:
minimal miqdordan ortiq qismi yechib olinishi mumkin
Ochish usullari:
SQB ofislarida yoki SQB Business orqali onlayn
Foizlar har kuni hisoblanadi. Foizlarni to‘lash quyidagi usullardan biri asosida amalga oshiriladi: pul mablag‘lari depozit hisobvarag‘iga kelib tushgan kundan keyingi kundan boshlab hisoblanib, keyingi oyning 5-sanasiga qadar har oy to‘lab boriladi yoki har 30 kunda to‘lab beriladi. SQB Business orqali onlayn depozit ochilganda foizlar faqat har 30 kunda to‘lanadi.
Depozit muddati tugashidan oldin minimal qoldiqdan ortiq summa doirasida mablag‘larni qisman yechib olish mumkin.
Depozit muddatidan oldin to‘liq yopilganda hisoblangan foizlar quyidagi stavkalar bo‘yicha qayta hisob-kitob qilinadi:
- 30 kungacha — 0%
- 31 kundan 90 kungacha — 3%
- 91 kundan 180 kungacha — 4%
- 181 kundan 369 kungacha — 5%
Mablag‘larni muddatidan oldin qaytarish uchun Bank kamida 5 bank ish kuni oldin xabardor qilinishi lozim.
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB mijozlariga bank siri saqlanishi hamda mablag‘larning o‘z vaqtida qaytarilishini kafolatlaydi. Bank O‘zbekiston Respublikasining omonatlarni kafolatlash tizimi ishtirokchisi hisoblanadi.
Omonatlaringiz xavfsizligi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 18-fevralda imzolangan “Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq ta’minlanadi. Mazkur qonunga asosan, omonatlar belgilangan miqdor doirasida davlat tomonidan kafolatlanadi.
Kafolatlangan omonat summasi 200 mln so‘mni tashkil etadi.








