main-image
Oltin quymalar - investitsiya va jamgʻarishning yangi vositasi

Oltin quymalar

Oʻz qiymatini aniq hech qachon yoʻqotmaydigan bu - oltindir. Deyarli barcha rivojlangan davlatlar oʻz oltin zahira rezerviga ega. U yoki bu yoki valyuta qanchalik mustahkam boʻlmasin, barchasi bir soatda oʻzgarib ketishi mumkin. Oltin esa hech qachon sizni “uyaltirib” qoʻymaydi.

Aholining kelajak uchun sarmoya qilishi va oʻz jamgʻarmalari nafaqat pul koʻrinishida, balki boshqa ekvivalentda saqlash imkoniyatini yaratish uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan oltin quymalarni tijorat banklarida sotish haqida qaror qabul qilindi.

Sotish uchun moʻljallangan quymalar 999,9 probali sof tilladan boʻlib, 5, 10, 20, va 50 grammda maxsus himoyalangan qadoqda chiqariladi. Oltin quymalar qadogʻi maxsus sertifikat boʻlib xizmat qiladi va oʻzining shaxsiy seriya raqamiga ega.

Oltin quymalarni harid qilib, Siz oʻz jamgʻarmangizni xavfsizligini taʼminlaysiz. Axir oltinning qiymati, garchi halqaro birjada biroz oʻzgarib tursa ham, tarixdan barqaror oʻsishni namoyish etib kelmoqda.

Shu bilan birga, oltin quymani siz sovgʻa sifatida taqdim etishingiz mumkin. Bu shunchaki oddiy sovgʻa emas, balki sarmoya qilishning eng yaxshi usulidir, barqarorlik kafolati va valyuta kurslarining oʻzgarishi bilan bogʻliq xatarlardan himoyadir. Shu bilan birga oltin quymalarni himoyalangan qadoq bilan Oʻzbekiston Respublikasi xududidan tashqariga olib chiqish mumkin.

Oltin quymalarni sotib olish sizga qoʻshimcha daromad olib kelishi mumkin, chunki yuqorida aytib oʻtilganidek – bu qimmatbaho metall narxi faqatgina oshib bormoqda va bir necha yildan keyin siz ushbu oltin quyma uchun sotib olgan narxingizdan koʻproq summani qoʻlga kiritishingiz mumkin.

Aholi uchun sotishga moʻljallangan oltin quymalar uchun narxlar jahon bozoridagi oltin narxiga bogʻliq boʻlib, u har kuni oʻzgarib turadi. Barcha toʻrt nominaldagi quymalar narxi, shuningdek Markaziy bank tomonidan belgilangan marja yoki chegirma milliy valyutada har kuni Markaziy bank veb-saytida eʼlon qilinadi.

Bu muhim! Agar siz biron bir shikastlanish yoki qadoqlashning texnik talablariga mos kelmasligi aniqlansa, texnik koʻrikdan soʻng oltin quymalarni qayta sotishingiz mumkin. Toʻlov tekshiruvdan soʻng amalaga oshiriladi.

Oʻlchovli oltin quymalarning sotish va qaytarib sotib olish shoxobchalari

Xudud

Filial nomi

Filial manzili

Telefon

1.

Toshkent viloyati ( Toshkent sh.)

Yashnobod filiali

Yashnobod tumani, 100015, Maxtumquli 69

+99871 2896327
+99871 2896960

2.

Samarqand viloyati (Samarqand sh.)

Amir Temur filiali

Samarqand shahri, 140105, Mirzo Bobur koʻchasi, 3a uy

+99866 2337559

3.

Sirdaryo viloyati (Guliston sh.)

Sirdaryo mintaqaviy filiali

Guliston shahri, 120100, Alisher Navoi koʻchasi, 48-uy

+99867 2250740


Oʻlchovli oltin quymalarni sotish va qaytarib sotib olish narxlari

Og'irligi
Sotish narxi
27.09.2021
gram 3 191 000 so’m
10 gram  6 382 000 so’m
20 gram      12 644 000 so’m    
50 gram  31 309 000 so’m

Xalqaro qimmatbaho metallar bozori konʼyunkturasidan kelib chiqib, Markaziy bank tomonidan narxlar kun davomida qayta koʼrib chiqilishi mumkin.


Oxirgi yangilanish sanasi: 16.06.2021 19:38

JOYDA mobil ilovasi

Smartfondagi qulay ilova yordamida kunlik to'lovlarni amalga oshiring

playmarketappstore

up