15 mlrd so‘m ekvivalentigacha
Kreditning maksimal miqdori
84 oygacha
Kredit muddati
18 oygacha
Imtiyozli davr
UZS, USD
Kredit valyutasi
Mikro, kichik va oʻrta biznes uchun
Kimga to'g'ri keladi
Yillik 24% dan so‘mda
Foiz stavkasi
Bankning oʻzingizga eng yaqin ofisini tanlang va maslahat oling
Kerakli hujjatlarni taqdim qiling
Hujjatlarni imzolang va joriy hisob raqamiga pul oling
Kreditning maqsadi:
Mazkur kredit mahsuloti quyidagi maqsadlar uchun mo‘ljallangan:
- quvvati 5 MVtgacha bo‘lgan mikro gidroelektrostansiyalar qurish;
- energiya ishlab chiqarish infratuzilmasini tashkil etish hamda energiya samaradorligini oshirish;
- mikro gidroelektrostansiyalar uchun yangi uskuna va mexanizmlarni xarid qilish.
Valyuta:
- milliy valyuta (so‘m);
- xorijiy valyuta (AQSh dollari).
Kredit miqdori:
Mahsulot pasporti doirasida 15 mlrd so‘m ekvivalentigacha.
Moliyalashtirish turi:
Investitsion kreditlash — biznesni yaratish, rivojlantirish, kengaytirish va modernizatsiya qilish.
Kredit muddati:
- bank o‘z mablag‘lari hisobidan — 84 oygacha;
- jalb qilingan mablag‘lar hisobidan — jalb qilingan mablag‘lar shartlariga asosan.
Imtiyozli davr:
18 oygacha.
Foiz stavkasi:
- so‘mda ajratiladigan kreditlar — yillik 24% dan;
- xorijiy valyutada ajratiladigan kreditlar — yillik 12% dan.
Yakuniy foiz stavkasi kredit shartlari va Bankning ichki talablaridan kelib chiqib individual tarzda belgilanadi.
Tashabbuskorning loyihadagi ulushi:
Qarz oluvchining loyihadagi ulushi loyiha qiymatining kamida 30 foizini tashkil etishi lozim.
Kredit ta’minoti:
- kredit summasining kamida 125% miqdorida mulkiy garov va/yoki pul mablag‘lari ta’minoti;
- aloqador shaxslar uchun — 130%;
- dastlabki doimiy ko‘chmas mulk va/yoki pul mablag‘lari ta’minoti kredit summasining kamida 70%ini tashkil etishi lozim;
- ta’minotning qolgan qismi kredit hisobiga sotib olinadigan asosiy vositalar garovi bilan ta’minlanishi mumkin.
Mulkiy ta’minot:
- Bankda o‘rnatilgan talablar asosidagi ko‘chmas mulklar;
- ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan avtotransport vositalari;
- pul mablag‘lari kredit valyutasida;
- kredit mablag‘lari hisobiga sotib olinadigan asosiy vositalar.
Qo‘shimcha ta’minot:
- kredit qaytarilmaslik xatari sug‘urta polisi;
- uchinchi yuridik shaxs kafilligi;
- “Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi” AJ kafilligi.
Qo‘shimcha talablar:
- gidroelektr stansiyalarini qurish huquqi bo‘yicha elektron-onlayn auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma mavjud bo‘lishi lozim;
- gidroelektr stansiyasi Qurilish vazirligi tomonidan berilgan maxsus litsenziyaga ega quruvchi tomonidan barpo etilishi lozim;
- ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan energiyani sotish bo‘yicha “Energo savdo” MCHJ yoki uning hududiy bo‘linmalari bilan shartnoma tuzilgan bo‘lishi lozim;
- loyiha “yashil loyiha” talablariga hamda mahsulot maqsadlariga mosligi bo‘yicha Sustainable Finance departamentining ijobiy xulosasi olinishi lozim.
Bank xodimlari va qarindoshlari bo‘yicha cheklov:
Bank xodimlari va ularning yaqin qarindoshlari ishtirokidagi yoki rahbarligidagi korxonalarga, shuningdek ushbu shaxslar ishtirokidagi korxonalar kafilligi ostida kredit ajratilishi taqiqlanadi.
Kredit mahsuloti doirasida moliyalashtiriladigan loyiha quyidagi talablarga javob berishi lozim:
- Quvvati 5 MVtgacha bo‘lgan mikro gidroelektrostansiya qurilishi bilan bog‘liq bo‘lishi;
- Energiya ishlab chiqarish infratuzilmasini yaratish yoki energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan bo‘lishi;
- Mikro gidroelektrostansiyalar uchun yangi uskuna va mexanizmlarni xarid qilishni nazarda tutishi;
- Gidroelektr stansiyasini qurish huquqi bo‘yicha elektron-onlayn auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnomaga ega bo‘lishi;
- Ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan energiyani sotish bo‘yicha “Energo savdo” MCHJ (yoki uning hududiy bo‘linmalari) bilan tuzilgan shartnoma mavjud bo‘lishi;
- Qurilish ishlari Qurilish vazirligi tomonidan berilgan maxsus litsenziyaga ega pudratchi tomonidan amalga oshirilishi;
- Loyihaning “yashil” loyiha talablariga hamda mahsulot maqsadlariga mosligi bo‘yicha Sustainable Finance departamentining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lishi.
Izoh: loyiha bo‘yicha kredit mablag‘lari faqat mahsulot pasportida belgilangan talablar bajarilgandan so‘ng ajratiladi.
1. Ariza;
2. Qarz oluvchi korxona ta’sischilarining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kredit olish yuzasidan roziligi (xususiy korxonalar va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmay faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bundan mustasno);
3. Qarz oluvchi korxonaning oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisoboti;
4. Oxirgi davr uchun choraklik buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisoboti;
5. Texnik-iqtisodiy asosnoma (TIA);
6. Boshqa banklardagi hisobvaraqlar aylanishi to‘g‘risida ma’lumot;
7. Mahsulot sotib olish uchun mahalliy korxonalar bilan oldi-sotdi shartnomasi yoki chet el korxonalari bilan import shartnomasi nusxasi (shartnomada yoki uning spetsifikatsiyasida asosiy vositaning quvvati, modeli, miqdori, ishlab chiqarilgan yili va xarakteri ko‘rsatilishi lozim);
8. Qarz oluvchi korxonaning debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari yoyilmasi;
9. Gidroelektr stansiyalarini qurish huquqi bo‘yicha elektron-onlayn auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma;
10. Ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan energiyani sotish bo‘yicha “Energo savdo” MCHJ (yoki hududiy bo‘linmalari) bilan tuzilgan shartnoma;
11. Gidroelektr stansiyasini quruvchi korxonaning Qurilish vazirligi tomonidan berilgan maxsus litsenziyasi;
12. Loyiha xususiyatidan kelib chiqib boshqa hujjatlar ham so‘ralishi mumkin.
Oxirgi yangilanish sanasi: 30.06.2026 10:46













