28 mlrd so‘m ekvivalentigacha
Kredit miqdori
60 oygacha
Kredit muddati
Mavjud emas
Imtiyoz muddati
So‘m / xorijiy valyuta
Kredit valyutasi
Mikro va kichik biznes uchun
Kimga to'g'ri keladi
So‘mda 24% dan
Foiz stavkasi
Bankning oʻzingizga eng yaqin ofisini tanlang va maslahat oling
Kerakli hujjatlarni taqdim qiling
Hujjatlarni imzolang va joriy hisob raqamiga pul oling
Kreditning maqsadi:
Yangi qarz oluvchi tomonidan SQB tizimidagi dastlabki qarz oluvchining kredit bo‘yicha asosiy qarzdorligini yangi shartlarda sotib olish.
Muddatli va muddati o‘tgan asosiy qarzdorlikni sotib olish mumkin.
Kimlar uchun:
Mikro va kichik biznes subyekti hisoblangan yuridik shaxslar uchun.
Valyuta:
- milliy valyuta — so‘m;
- xorijiy valyuta — AQSh dollari, yevro va boshqa valyutalar.
Xorijiy valyutada kredit olish uchun amaldagi eksport shartnomasi mavjud bo‘lishi lozim.
Kredit miqdori:
28 mlrd so‘m ekvivalentigacha, biroq sotib olinayotgan kredit qarzdorligi miqdoridan oshmagan miqdorda.
Kredit muddati:
- aylanma mablag‘larni moliyalashtirish uchun ajratilgan kredit sotib olinganda — 18 oygacha;
- boshqa hollarda — 60 oygacha.
Yangi kredit muddati belgilanganda dastlab ajratilgan kreditning muddati hisobga olinmaydi.
Imtiyozli davr:
Mavjud emas.
Foiz stavkasi:
- milliy valyutada — yillik 24% dan;
- xorijiy valyutada — yillik 12% dan;
- jalb qilingan mablag‘lar hisobidan — moliyalashtirish manbai shartlariga asosan.
Foiz stavkasi ariza ko‘rib chiqilayotgan vaqtda Bankda amalda bo‘lgan minimal foiz stavkasidan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
Kredit ajratish tartibi:
Kredit bir martalik tartibda ajratiladi. Mablag‘lar sotib olinayotgan qarzdorlikni so‘ndirish uchun dastlabki qarz oluvchining SQBdagi tegishli kredit hisobvaraqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.
Kreditni so‘ndirish tartibi:
- asosiy qarz har oy annuitet yoki differensial usulda so‘ndiriladi;
- foizlar o‘zgarmas stavkada har kuni hisoblanadi va har oy to‘lanadi;
- jalb qilingan mablag‘lar hisobidan — moliyalashtirish manbai shartlariga asosan.
Kredit ta’minoti:
- mulkiy ta’minot — kredit summasining kamida 125% miqdorida;
- Bank bilan aloqador shaxslar uchun — kredit summasining kamida 130% miqdorida.
Garov sifatida qabul qilinadi:
-
ko‘chmas mulk;
Bozor hududida joylashgan yengil konstruksiyali savdo do‘konlari, parrandachilik va issiqxona komplekslari hamda bekatlar garovga qabul qilinmaydi. - ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan avtotransport vositalari;
- pul mablag‘lari;
- dastlabki qarz oluvchi tomonidan kredit mablag‘lari hisobiga sotib olingan va dastlabki kredit ta’minotiga kiritilgan asosiy vositalar.
Qo‘shimcha ta’minot:
Asosiy ta’minotga qo‘shimcha ravishda korxonaning 50% va undan ortiq ulushiga ega ta’sischisi yoki umumiy ulushi kamida 50% ni tashkil etuvchi bir nechta ta’sischining kredit summasining 125% miqdoridagi kafilligi olinadi.
Korxona ta’sischisi xorijiy fuqaro yoki xorijiy kompaniya bo‘lgan, shuningdek aksiyadorlik jamiyatiga kredit ajratiladigan hollarda ushbu talab qo‘llanilmaydi.
Muhim shartlar:
- dastlabki va yangi qarz oluvchilar o‘zaro aloqador shaxslar bo‘lmasligi lozim;
- kreditni so‘ndirish uchun pul oqimini shakllantiruvchi aktivlar yangi qarz oluvchiga topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida o‘tkazilishi lozim;
- amaldagi garov mulklari qayta baholangandan so‘ng yangi kredit ta’minoti sifatida qabul qilinishi mumkin;
- amaldagi ta’minot mahsulot talablariga javob bermasa yoki yetarli bo‘lmasa, yangi qarz oluvchi qo‘shimcha mulkiy ta’minot taqdim etishi lozim;
- kredit qarzdorligi sotib olingandan keyin oraliq va yakuniy to‘lov muddatlari qayta ko‘rib chiqilmaydi.
Yangi qarz oluvchiga qo‘yiladigan asosiy talablar:
- KATM ma’lumotlariga ko‘ra qarz oluvchining reytingi kamida 250 ball bo‘lishi lozim.
- Ustav fondi to‘liq shakllantirilgan bo‘lishi lozim.
- Kredit yuklamasi 50% dan oshmasligi lozim.
- Davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan boshlab kamida 12 oy faoliyat yuritgan bo‘lishi lozim.
- So‘nggi 6 oy davomida hisobvaraqda faoliyat bilan bog‘liq pul tushumlari kamida 4 oy mavjud bo‘lishi lozim.
- Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot — 2-son shakl ijobiy yakunlangan bo‘lishi lozim.
- O‘z aylanma mablag‘lari ijobiy ko‘rsatkichda bo‘lishi lozim.
- Amaldagi kreditlar va kreditga tenglashtirilgan operatsiyalar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi lozim.
- Aloqador korxonalarning SQB tizimida muddati o‘tgan kredit qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi lozim.
-
2-sonli kartoteka bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi lozim.
Boshqa bank tomonidan berilgan ma’lumotnoma taqdim etilgan kundan boshlab 30 kun amal qiladi. - Qarz oluvchining barcha tijorat banklarida hamda aloqador korxonalarining SQB tizimida “qoniqarsiz”, “shubhali” yoki “umidsiz” toifasida tasniflangan amaldagi kreditlari mavjud bo‘lmasligi lozim.
-
KATM ma’lumotlariga ko‘ra:
- so‘nggi 6 oy ichida 61 kundan 90 kungacha muddati o‘tgan kredit qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;
- so‘nggi 12 oy ichida 90 kundan ortiq muddati o‘tgan kredit qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi lozim.
- SQB tizimidagi amaldagi kreditlar bo‘yicha mablag‘lardan maqsadsiz foydalanish holatlari mavjud bo‘lmasligi lozim.
-
Amaldagi kreditlar bo‘yicha Bankning kollegial organi belgilagan shartlarni bajarmaslik holatlari mavjud bo‘lmasligi lozim.
Shartlarni kechiktirib bajarish holatlari alohida ko‘rib chiqiladi. -
Korxona ta’sischilari tarkibi so‘nggi 6 oy davomida o‘zgarmagan bo‘lishi lozim, quyidagi holatlar bundan mustasno:
- eski ta’sischilar tarkibi o‘zgarmagan holda yangi ta’sischilar qo‘shilishi;
- ota-ona, aka-uka, opa-singil, er-xotin va farzandlar o‘rtasidagi o‘zgarishlar.
-
Quyidagilarning Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishlari bo‘yicha qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi lozim:
- yangi qarz oluvchi;
- yangi qarz oluvchining ta’sischilari va rahbari;
- yangi qarz oluvchining ta’sischilari yoki rahbari ta’sischi yoxud rahbar bo‘lgan korxonalar.
- Korxona ta’sischilari va direktorining jismoniy shaxs sifatida muddati o‘tgan kredit qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi lozim.
-
So‘nggi 3 yil ichida kredit majburiyatlari, shu jumladan kafillik bo‘yicha iqtisodiy sudda qisman yoki to‘liq qanoatlantirilgan da’volar mavjud bo‘lmasligi lozim.
Javobgar uchun tegishli mulk garovi taqdim etilgan holatlar bundan mustasno. - SQB tizimidagi amaldagi kreditlar bo‘yicha asosiy qarz yoki foiz to‘lovlarining oraliq va yakuniy muddatlarini uzaytirish holatlari mavjud bo‘lmasligi lozim.
- Shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlarning asosiy qarzi yoki muddati uzaytirilgan foiz qarzdorligi hisobvaraqlarida qoldiq mavjud bo‘lmasligi lozim.
Dastlabki qarz oluvchiga qo‘yiladigan asosiy talablar:
- Dastlabki va yangi qarz oluvchilar o‘rtasida o‘zaro aloqadorlik mavjud bo‘lmasligi lozim.
- Dastlabki qarz oluvchi kredit mablag‘lari hisobiga sotib olgan asosiy vositalarni yangi qarz oluvchiga o‘tkazish bo‘yicha ta’sischilar umumiy yig‘ilishi bayonnomasi va rozilik xatini taqdim etishi lozim.
- Sotib olinayotgan kredit bo‘yicha mablag‘lardan maqsadsiz foydalanish holatlari mavjud bo‘lmasligi lozim.
- Kreditni so‘ndirish uchun operatsion pul oqimini shakllantiruvchi aktivlar, shu jumladan kredit mablag‘lari hisobiga sotib olingan asosiy vositalar yangi qarz oluvchiga topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida o‘tkazilishi lozim.
Qo‘shimcha talablar:
- Xorijiy valyutada kredit olish uchun amaldagi eksport shartnomasi mavjud bo‘lishi lozim.
- Kredit qarzdorligi sotib olingandan keyin oraliq va yakuniy to‘lov muddatlari qayta ko‘rib chiqilmaydi.
-
Garovga qo‘yuvchining 2-sonli kartoteka bo‘yicha qarzdorligi va Majburiy ijro byurosida to‘lanishi lozim bo‘lgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi lozim.
Garov obyekti dastlabki qarz oluvchiga tegishli bo‘lgan holatlar bundan mustasno. - Bankning kredit siyosatiga muvofiq kredit bitimi tuzish taqiqlangan yoki defolt holatidagi mijozlarga kredit ajratilmaydi.
Asosiy hujjatlar:
- Kredit olish uchun ariza.
- Yangi qarz oluvchi korxona ta’sischilarining kredit olish bo‘yicha amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan roziligi.
-
Oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot.
1 va 2-sonli shakllar Bank tomonidan soliq organlari ma’lumotlar bazasidan elektron tarzda olingan hollarda ushbu hujjatlarni taqdim etish talab qilinmaydi. - Oxirgi chorak uchun buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot.
- Asosiy hisobvaraq boshqa bankda ochilgan bo‘lsa, 2-sonli kartoteka holati to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.
Kredit qarzdorligini sotib olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar:
- Dastlabki qarz oluvchining kredit mablag‘lari hisobiga sotib olingan asosiy vositalarni yangi qarz oluvchiga o‘tkazish bo‘yicha ta’sischilar umumiy yig‘ilishi bayonnomasi va rozilik xati.
- Dastlabki va yangi qarz oluvchilar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblarni tasdiqlovchi taqqoslash dalolatnomasi.
- Kreditni so‘ndirish uchun pul oqimini shakllantiruvchi aktivlar, shu jumladan kredit mablag‘lari hisobiga sotib olingan asosiy vositalar bo‘yicha topshirish-qabul qilish dalolatnomasi.
- Kredit xorijiy valyutada rasmiylashtirilganda — amaldagi eksport shartnomasi.
Kredit ta’minoti sifatida mol-mulk taqdim etilganda:
- Garov obyekti bo‘yicha mustaqil baholovchi tashkilotning baholash hisoboti.
-
Qarz oluvchi yoki mol-mulkni garovga beruvchi uchinchi shaxs korxonasi ta’sischilarining:
- mol-mulkni kredit ta’minoti sifatida garovga berish;
- undiruvni garov mulkiga suddan tashqari tartibda qaratish bo‘yicha roziligi.
- Garov obyekti ko‘chmas mulk bo‘lsa — kadastr ko‘chirmasi va kadastr pasporti.
- Yer uchastkasiga bo‘lgan huquq ijara asosida rasmiylashtirilgan bo‘lsa — yer uchastkasining ijara shartnomasi.
- Garov obyekti avtotransport vositasi bo‘lsa — transport vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma.
- Mol-mulkni garovga beruvchi uchinchi yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari, agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa.
- Mol-mulkni garovga beruvchi uchinchi jismoniy shaxsning pasporti yoki ID-kartasi nusxasi.
- Mol-mulkni garovga beruvchi uchinchi yuridik shaxs direktori va bosh buxgalterining pasporti yoki ID-kartasi nusxasi, agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa.
Bitimning xususiyatidan kelib chiqib, Bank tomonidan qo‘shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.
Oxirgi yangilanish sanasi: 17.09.2026 15:36













