SQB Mobile mobil ilovasini App Store yoki Google Play orqali yuklab oling
Roʻyxatdan oʻting va JShShIRni kiriting
Kredit mahsulotini tanlang va uning shartlari bilan tanishing
Ariza yuboring va bank qarorini oling
SQB Mobile ilovasida mikroqarz olishda
hujjatlar talab qilinmaydi
Kredit SQB Mobile ilovasida roʻyxatdan oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi

SMS
2500 raqamiga yuborish orqali
Bank orqali
Istalgan ofisida
*Hisob-kitoblar faqat ma'lumot uchun mo'ljallangan. Umumiy hisob individual ravishda hisoblanadi.
Mikroqarz miqdori:
2 000 000 so‘mdan 100 000 000 so‘mgacha
Mikroqarz muddati:
24 oy
Imtiyozli davr:
12 oy
Foiz stavkasi:
Bankning ish haqi loyihasi mijozlari uchun — 26,9%
Rasmiy daromadga ega mijozlar uchun — 29,9%
To‘lov jadvali:
Differensial
Rasmiylashtirish usuli:
Onlayn: sug‘urta polisi asosida hujjatlarsiz, SQB Mobile mobil ilovasi orqali.
Bank tarmog‘ida: jismoniy shaxs kafilligi yoki mol-mulk garovi asosida rasmiylashtirilganda.
Ta’minot turlari:
Sug‘urta mukofotini to‘lash:
Mijozga qo‘yiladigan talablar:
O‘rtacha oylik daromadni hisoblashda quyidagilar inobatga olinadi:
Bank tarmog‘ida rasmiylashtirishda zarur hollarda:
Mikroqarzni rasmiylashtirish uchun:
Bank qaror qabul qilgach, natija haqida ilova orqali xabar beradi.
Ha, mikroqarz mablag‘lari bank kartasiga o‘tkaziladi. HUMO yoki UZCARD kartasini Bankning istalgan bo‘limida ochishingiz yoxud SQB Mobile ilovasi orqali virtual kartani rasmiylashtirishingiz mumkin.
Arizani rasmiylashtirishda doimiy foydalanadigan bank kartangizni ko‘rsating. Arizani baholash uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlarni Bank belgilangan tartibda mavjud axborot manbalaridan oladi.
Mikroqarzning maksimal miqdori arizani ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra individual tarzda belgilanadi. Bunda mijozning moliyaviy holati, daromadlari, amaldagi kredit majburiyatlari va boshqa omillar hisobga olinadi. Mikroqarz miqdori 100 million so‘mdan oshmaydi.
Ha. Agar rasmiy ish joyingiz bo‘lmasa, biroq tasdiqlangan daromadingiz mavjud bo‘lsa, o‘zini o‘zi band qilgan mijozlar uchun ham mo‘ljallangan kredit mahsulotiga ariza topshirishingiz mumkin. Qaror mahsulot talablari va shartlariga muvofiqlik asosida qabul qilinadi.
SQB Mobile ilovasida mikroqarzni rasmiylashtirish uchun hujjatlar talab qilinmaydi. Biroq mijoz kamida so‘nggi olti oy davomida tasdiqlangan barqaror daromadga ega bo‘lishi kerak.
Mikroqarz olish uchun kamida so‘nggi olti oy davomida tasdiqlangan rasmiy daromad bo‘lishi kerak. Ariza mahsulot talablari va skoring natijalariga muvofiq ko‘rib chiqiladi.
Verifikatsiya — mijozning shaxsiy ma’lumotlari va shaxsini qonunchilik hamda Bankning ichki tartib-taomillarida nazarda tutilgan usullar orqali tasdiqlash jarayonidir.
Bu savolga bir ma’noli javob berish qiyin. Ehtimol, siz mikroqarz olish uchun belgilangan bir yoki bir nechta majburiy talablarga mos kelmagansiz.
Mumkin bo‘lgan sabablar:
Ariza ma’qullanib, barcha zarur shartlar bajarilgandan so‘ng mablag‘lar, odatda, bir necha daqiqa ichida kartaga o‘tkaziladi. Ayrim hollarda mablag‘larni o‘tkazish muddati operatsiyalarni qayta ishlash bilan bog‘liq texnologik jarayonlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
“Ochiq kredit liniyasi bo‘yicha mikroqarz” mahsuloti Bank ofisida rasmiylashtirilganda sug‘urta majburiy shart hisoblanmaydi. Mijoz ta’minotning mavjud turlaridan birini — sug‘urta polisi, mol-mulk garovi yoki kafillikni tanlashi mumkin.
Mikroqarz to‘liq onlayn tarzda, jumladan SQB Mobile ilovasi orqali rasmiylashtirilganda sug‘urta kredit olishning majburiy sharti hisoblanadi.
Sug‘urtalash mijoz tanloviga ko‘ra SQB Insurance yoki Infinity Insurance sug‘urta kompaniyasi orqali amalga oshiriladi. Sug‘urta mukofoti kredit mablag‘lari hisobidan to‘lanadi va kredit hisobvarag‘idan yechib olinadi.
Sug‘urta shartlari Bankning rasmiy veb-saytida joylashtirilgan tegishli ommaviy ofertalar bilan belgilanadi.
Mikroqarz muddatidan oldin to‘liq so‘ndirilganda sug‘urta mukofotining bir qismini qaytarish imkoniyati sug‘urta shartlari va tegishli ommaviy oferta bilan belgilanadi.
Sug‘urta mukofotini qaytarish imkoniyati, qaytariladigan summa miqdori, zarur hujjatlar ro‘yxati va ariza topshirish tartibini aniqlashtirish uchun sug‘urta polisi rasmiylashtirilgan sug‘urta kompaniyasiga murojaat qilish lozim.

