Nega pullarni uyda saqlash foydali emas?

Koʻpchilik azal azaldan oʻylashadiki, pullarni saqlash uchun eng ishonchli joy bu- uy. Qayerdaligi muxim emas -seyfda, matrasning ostida, kitob varaqlarining orasida. Eng asosiysi, qadrdon qogʻozchalar yonimizda va qalbimizni ilitib turadilar.

Bunday yondashuv bilan pullar ishlashdan toʻxtaydilar, chunki ular biznes-jarayonlarda ishtirok etmaydilar va oʻz oʻzidan ularning miqdori ham koʻpaymaydi. Garchi ular, oltin qutida boʻlsalar ham, bu ularni yiliga oʻrtacha 10 foizlik inflyatsiyadan qutqarib qolomaydi va 10 yil davomida jamgʻarmangizning yarimini yoʻqotishingiz mumkin.

Pullarni saqlashning oddiy, ishonchli va tekshirilgan, xattoki bu jarayonning ortidan daromad olish mumkin boʻlgan usuli bu bank omonatidir. Pullaringizni moliyaviy tashkilotga ishonib topshirib, siz albatta xech bir qiyinchiliksiz foizlardan daromad olasiz, ayniqsa omonat summasi katta boʻlsa. Bugungi kunga kelib tanlash imkoniyati juda yuqori – xar bir bankning ixtiyorida turli xil shartlar, muddatlar va foiz stavkalari bilan milliy va xorijiy valyutada omonatlar tarmogʻi mavjud.

Omonatni qaysi valyutada saqlash bu sizning ixtiyoringizda. Butun dunyoda omonatchilarning aksariyati omonatni dollarda saqlashni afzal koʻrishadi, chunki u ancha barqaror valyutadir, lekin u xam baʼzi bir davlatlardagi vaziyatga bogʻliq. Eng maqbul variant – bu turli xil valyutada omonatga pul qoʻyish. Masalan, ishlatish uchun vaqti vaqti bilan pul yechishni rejalashtirsangiz, omonatni soʻmda saqlaganingiz maʼqul. Sayohat qilish, taʼlim uchun toʻlov qilishga esa jamgʻarmani dollarda saqlash maʼqulroq. Siz doimo mobil ilovadan foydalanib, bir valyutadan ikkinchi valyutaga konvertatsiyani amalga oshirishingiz mumkin, lekin konvertatsiya jarayonida komissiyani hisobga olishingiz darkor.

Vaqti vaqti bilan boshlangʻich miqdorini qoʻshimcha sarmoya kiritish bilan koʻpaytiriladigan omonat turi ommalashib bormoqda. Lekin, bunday omonatlar foizi boshqa omonat turlariga nisbatan kichik. Bu yerda pul miqdori koʻp boʻlsa va saqlash muddati qanchalik uzoq boʻlsa, foiz stavkasi ham shunchalik yuqori boʻladi. Va aksincha. Agar siz pullarni muddatidan avval yechib olmoqchi boʻlsangiz foizlarda yutqazasiz.

Oʻz pullaringizni biron bir bankka ishonib topshirishdan oldin, uning ishonchli ekanligiga ishonch xosil qiling. Uning qancha muddat faoliyat yuritayotgani va mijozlarning fikrlarini oʻrganing. Uning moliyaviy koʻrsatkichlariga va yirik halqaro reytinglardagi oʻrniga eʼtibor bering.



Oxirgi yangilanish sanasi: 21.10.2021 15:09  
up