Yangi uyga ipoteka


Elit mulkiga yo'lingiz — majburiy sug'urtasiz.

car

Kreditning miqdori

420 mln so'mgacha

Yillik foiz stavkasi

17 % dan *

Kredit muddati

20 yilgacha

Boshlang'ich to'lov

15 % dan
Ipoteka olish oson!

Maslahat oling yoki web-saytda dastlabki ariza to'ldiring

Uyni tanlang va pudratchi bilan savdo shartnomasini tuzing

Hujjatlarni bankka topshiring, kredit shartnomasini tuzing va to'lovni qabul qiling


Oldindan ariza berish
nima uchun kerak?

Ushbu ariza to'lovchining kreditga layoqatliligini aniqlash uchun ma'lumot olish vazifasini bajaradi va oferta shartnomasi hisoblanmaydi. Arizani to'ldirgandan so'ng, siz bankning kredit berish to'g'risidagi dastlabki qarorini olasiz.


To'lov turini tanlang

dan kam bo'lmagan miqdorda 15% Uy-joyning narxi
20 580 542
Oylik to‘lov

Yillik foiz miqdori (%)


To'lov jadvali
*Hisob-kitoblar faqat ma'lumot uchun mo'ljallangan. Umumiy hisob individual ravishda hisoblanadi.
Orzuingizdagi uyni sotib olishga yordam beramiz
Kerakli hujjatlar
  • Pasport yoki ID-karta

  • Sotib olish shartnomasi

Kredit O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan fuqarolariga beriladi

Kreditni to'lash usullari

SMS

2500 raqamiga yuborish orqali

Bank orqali

Istalgan ofisida

Bank kartalari

SQB mobile ilovasi orqali

LogoJoyda
Download SQB MOBILE

Batafsil shartlar
  • Kredit berish shartlari
  • Qarz oluvchiga qo'yiladigan talablar
  • Kerakli hujjatlar
  • Qo’shimcha xarajatlari
Asosiy ma'lumotlar

Kreditning maqsadi:

yangi uy-joy sotib olish uchun

Imtiyozli davr:

6 oy (differensial toʼlovi usulida)

Birgalikda qarz oluvchilar soni:

5 tagacha

Kredit maksimal miqdori:

Toshkent shahrida - 420 000 000 so’m

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda - 330 000 000 so’m

Boshlangʻich badalning eng kam miqdori:

15 % dan (xonadon narxidan)

To’lov usuli:

qarz oluvchining tanloviga asosan annuitet yoki differensial

Qo'shimcha shartlar:

sotib olingan xonadonni sug'urtalash talab qilinmaydi


Kredit foiz stavkasi
17%

Dastlabki toʻlov bilan 50%dan

Yillik stavka: Markaziy bankning asosiy stavkasi + 3%

17,5%

Dastlabki toʻlov bilan 25%dan

Yillik stavka: Markaziy bankning asosiy stavkasi + 3,5%

18%

Dastlabki toʻlov bilan 15%dan

Yillik stavka: Markaziy bankning asosiy stavkasi + 4%

17%

Dastlabki toʻlov bilan 15%dan

Yillik stavka: Markaziy bankning asosiy stavkasi + 3%


Qo'shimcha shartlar:

  • Kredit Prezident Farmonlari va hukumat qarorlari asosida beriladi.

  • Subsidiya xabarnomasi 4 oy davomida amal qiladi (agar uzaytirilmasa).

  • Kredit bo‘yicha ijobiy qaror chiqqanidan so‘ng, boshlang‘ich badal “Kafolat-3” omonatiga qo‘yiladi yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri quruvchi tashkilotga o‘tkaziladi.

  • Agar siz o‘zini o‘zi band qilgan shaxs bo‘lsangiz va kamida 25% boshlang‘ich badalga ega bo‘lsangiz, kredit olish imkoniyatingiz bank kartasi aylanmasi, ijara va boshqa xarajatlar asosida baholanadi.

  • Bu ipoteka kreditidan birinchi marta foydalanayotgan bo‘lishingiz kerak. (2024-yil 1-maygacha olingan kreditlar hisobga olinmaydi.)




Hujjatlar

Ipoteka_Shartnoma.docx

Yuklab olish
download
Qarz oluvchiga qo'yiladigan talablar
  • Ariza topshirilgan vaqtda yosh 18 dan 60 gacha (shu jumladan).
  • O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi.
  • Doimiy ish joyi yoki shaxsiy (dehqon) xo‘jaligi, yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati yoki qonun bilan ruxsat etilgan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa manbalardan muntazam daromadga ega bo‘lish.
  • Belgilangan muddat oy davomida kredit bo‘yicha foizlar hamda asosiy qarzni to‘lash uchun yetarli daromadga ega bo‘lish.

  • O‘rtacha oylik daromadlar
    Quyidagi daromad turlari inobatga olinadi:

    • Uzuluksiz kamida 6 oy davomida olingan ish haqi.
    • Yoshga doir pensiya.
    • Shaxsiy (dehqon) xo‘jaligi yoki yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromad (foydaning 10 % i hisobga olinadi).
    • Chet eldan, qarz oluvchi (labor.migration platformasida ro‘yxatdan o‘tgan) tomonidan 6 oy uzluksiz davomida O‘zbekiston Respublikasidagi yaqin qarindoshlar nomiga yuborilgan pul o‘tkazmalari. Pul o‘tkazmalari hujjatlar bilan tasdiqlanadi va ariza topshirilgan kunga Markaziy bank kursi bo‘yicha so‘mga qayta hisoblanadi.
      • Yaqin qarindoshlar: ota-ona, aka-uka, opa-singil, farzandlar, turmush o‘rtoq, shuningdek turmush o‘rtoqqa tegishli ota-ona va boshqa yaqin qarindoshlar.
    • Qonun bilan taqiqlanmagan va hujjat bilan tasdiqlangan boshqa daromadlar.


    Qo‘shma qarz oluvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar

    Ipoteka kreditini rasmiylashtirish uchun sizdan quyidagi hujjatlar talab qilinadi:

    1. Pasport yoki boshqa shaxsni tasdiqlovchi hujjat. Agar siz harbiy xizmatchi bo‘lsangiz, harbiy guvohnoma ham ko‘rsatiladi.

    2. Daromadlar haqidagi ma’lumotlar — bank tizimi orqali elektron shaklda ham taqdim etilishi mumkin.

    3. Agar rasmiy ish joyingiz bo‘lmasa – o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida Soliq inspeksiyasida ro‘yxatdan o‘tganingiz to‘g‘risida hujjat (agar kerak bo‘lsa).

    4. Uy sotib olish bo‘yicha shartnoma va qurilish yakunlanganligi haqida tegishli ruxsatnoma yoki kadastr hujjatlari.

    5. Agar siz subsidiya olmoqchi bo‘lsangiz – “Subsidiya xabarnomasi”.

    6. Mehnat migrantlari uchun – Labor.migration platformasida ro‘yxatdan o‘tgani haqida hujjat (agar kerak bo‘lsa).

    7. Agar kreditni chet elda yashayotgan yaqinlaringiz nomidan rasmiylashtirsangiz – ishonchnoma (notarial tasdiqlangan va apostil qilingan bo‘lishi kerak).

    8. Uy auksion orqali olingan bo‘lsa – auksionda g‘olib bo‘lganingizni tasdiqlovchi hujjat.

     Qonunchilikda ko‘rsatilgan boshqa hujjatlar ham so‘ralishi mumkin.


    Qo’shimcha xarajatlari
  • Uy-joy oldi-sotdisi boʻyicha notarius xizmati xarajatlari;

  • Mulkni roʻyxatdan oʻtkazishda kadastr xarajatlari;


  • Oxirgi yangilanish sanasi: 15.05.2025 11:28  
    DEMO
    close
    Давайте поговорим!
    DEMO
    AI (SQB Assistant) -
    в тестовом режиме
    close
    Здравствуйте!
    Чем могу помочь?
    headphone
    arrow-left
    Недавние чаты
    close
    История
    FAQ
    Сегодня
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    Сегодня
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    Сегодня
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    logo