Saqlash muddati 6 oy, yillik - 4%, Omonatga mablag'lar bank filiallarida va bank xizmatlari ofislarida qabul qilinadi.
Omonatga foizlar har kuni hisoblanadi va har oy to'lanadi.
Omonatning saqlash muddati oralig'ida qo'shimcha mablag' qabul qilinmaydi. Omonatchi tominidan omonat mablag'ining saqlash muddati tugagunga qadar talab qilib olingan hollarda, O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 762 - moddasiga asosan omonatning haqiqiy saqlangan muddatiga foiz hisoblanmaydi, bunda omonatchining avval yo'naltirilgan foizlari qayta hisob-kitob qilinadi va omonatning asosiy summasidan ushlab qolinadi
Muddati va foiz stavkalari nuqtai nazaridan qulay omonatlar Sizga kafolatlangan foydani va ertangi kunga ishonchni ta’minlaydi! Bankimiz taklif etayotgan omonat turlari Sizning ehtiyojingizdan kelib chiqib, eng maqbulini tanlash imkonini beradi. O‘zsanoatqurilishbank o‘z mijozlariga bank siri saqlanishini va pul mablag‘lari o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlaydi. Omonatlaringiz 2002-yil 5-apreldagi 360-II-son “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi” tomonidan kafolatlanadi.