Bank plastik kartalari ançadan buyon bizning ajralmas yordamçilarimizga aylanişdi. Birinçidan, yonimizda naqd pul olib yurişimizga hojat yöq. Ikkinçidan, onlayn ravişda mahsulot sotib oliş va xizmatlar uçun tölovni amalga oşirişda ular tengsizdirlar. Uçinçidan, hozirgi koronavirus bilan boğliq vaziyatda plastik kartalar naqd pullarga nisbatan ançayin gigiyenik hisoblanadilar, çunki karta bilan faqatgina siz foydalanasiz va har safar terminallar va bankomatlar bilan karta orqali kontakt bölgandan söng uni dezinfeksiya qiliş mumkin.
Kartangizdagi mablağlar doimo havfsiz holatda bölişlari uçun bir neçta oddiy, lekin muhim qoidalarga amal qiling:
1. Onlayn-banking uçun işonçli PIN-kod i parol tanlang. Albatta, “2222” va boşqa şunga öxşaş raqamlar kombinatsiyasi – bu qulay va yodda saqlaş uçun oson. Lekin, xuddi siz kabi fikrlaydigan insonlar ham juda köp. Elementar kombinatsiyalarni tanlaş bilan birga, siz firibgarlar işini ham osonlaştirasiz. Şu bilan birga, parol sifatida öz tuğilgan sanangiz, kartaning amal qiliş muddati va boşqa atrofdagilarga maʼlum bulgan maʼlumotlarni ham tanlaş joiz emas.
2. Öz parolingizni jamoat joylarida saqlamang. Juda köp insonlar, ayniqsa buvijon va buvajonlar, öz PIN-kodlarini kartani öziga yozganliklari oqibatida zarar körişgan. Bu maʼlumotlarni eʼlon qilmaslikka xarakat qiling, eng töğri yöl esa – tölovni amalga oşirayotgan paytingizda ularni özingiz kiriting.
3. Kartadagi qaysi maʼlumotlar maxfiy hisoblanadilar?
PIN-kod – uni bankomat va supermarket terminallarida kiritiş mumkin. Kartaning amal qiliş muddati – u internet-tölovlarini amalaga oşiriş uçun kerak böladi. CVV- va CVC-kodlari – ular uç xonali sonlardan iborat bölib, odatda halqaro kartalarning orqa tarafida joylaşgan böladi. Ular karta egasining şaxsini tasdiqlaşda va onlayn xaridlarni amalaga oşirişda kerak böladi. Uşbu kodlar turli tölov tizimlari uçun möljallangan: CVV- VISA tizimi, CVC esa MasterCard tizimi uçun
Heç qaçon karta rekvizitlarini rasmiy saytlarda tösatdan paydo böladigan oynalarda kiritmang.
Yodda tuting: bu kodlarin heç qaçon va heç kimga oşkor qilmang.
Xuddi şu prinsip asosida kartangiz revizitlarini va tösatdan SMS-orqali keladigan parolni notaniş yoki maxfiylaştirilgan raqamdan qönğiroq qilib, qatʼiy ravişda PIN-kodni söraşganda aytmang. Sizga turli tuman sabablarni aytişlari mumkin: siz sovğa yutib oldingiz, sizning tanişingiz yoki qarindoşingizga yordam kerak va hokazo. Aldanib qolmang, darhol aloqani uzing.
Juda ham köp hollarda firibgarlar özlarini bank xodimlari sifatida taniştirib, maʼlumotlarni aniqlaştiriş yoki yangilaş kerak deb bahona qiladilar. Esingizda bölsin! Sizning kartangizga tegişli bölgan barça kodlar – bu maxfiy maʼlumot hisoblanadi, şuning uçun haqiqiy bank xodimi töliq ismi şarifingizni va maxsus sözni aytişingizni söraydi. Agar boşqaça bölsa darhol xayrlaşing va vaziyatni aniqlaştiriş uçun öz bankingizga qönğiroq qiling.
Agar plastik kartangizni yöqotib qöygan bölsangiz yoki firibgarlar tuzoğiga tuşib qolib, kartangiz maʼlumotlarini begona şaxslarga aytgan bölsangiz, darhol bankka murojaat eting va kartani içidagi pullarni saqlab qoliş maqsadida kartangizni bloklab qöyişlarini sörang.
