Ta'lim krediti


Kelajakingiz uchun bilimga sarmoya qiling!

"Ta'lim" krediti

Kredit miqdori

To‘lov-kontrakt asosida

Yillik stavka

14 % gacha

Kredit muddati

11 yil 6 oygacha

Imtiyozli davr

6 oy

Ta'lim kreditini qanday qilib olish mumkin?

Kredit olish bosqichlari:

Dastlabki maslahatni telefon orqali yoki bank ofisida oling


Bank uchun kerakli hujjatlarni taqdim eting va bankning ijobiy qarorini kuting

Bank bilan kredit shartnomasini imzolang (unda ko`rsatilgan miqdor oliygoh hisobvarag`iga o`tkaziladi)

Yangi bilimlarga intiling!


Kerakli hujjatlar
  • Pasport yoki ID-karta
  • Daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma
  • To‘lov-kontrakt asosida o‘qish to‘g‘risidagi shartnoma
  • Kredit ta’minotiga oid hujjatlar
  • “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (mavjud bo‘lsa)

Ta’lim krediti olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va 65 yoshdan oshmagan, shu jumladan 65 yoshdagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga kredit ajratiladi.

Kerakli hujjatlar
Kerakli hujjatlar
Kreditni to'lash usullari:

SMS

2500 raqamiga yuborish orqali

Bank orqali

Istalgan ofisida

Bank kartalari

SQB Mobile ilovasi orqali

LogoJoyda
SQB MOBILE yuklab olish

Kredit parametrlari
Annuitet
Differensial

Kredit turi

Kredit miqdori

Kredit muddati



*Hisob-kitoblar faqat ma'lumot uchun mo'ljallangan. Umumiy hisob individual ravishda hisoblanadi.

Hisob-kitob natijalari:
Yillik foiz stavkasi:
Kredit muddati:
Oylik to‘lov:
Axborot varaqasi
Batafsil shartlar
  • Kredit shartlari
  • Qarz oluvchilarga qo’yiladigan talablar
  • Ta'minotga talablar
  • Kerakli hujjatlar
Asosiy ma’lumotlar
Kreditning maqsadi

Kreditning maqsadi:

Oliy va professional ta’lim tashkilotlarida faqat kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talaba va o‘quvchilarning to‘lov-kontrakt summasini to‘lash.

Istisno tariqasida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-134-son qaroriga muvofiq, muddatli harbiy xizmatni o‘tash davrida oliy ta’lim tashkilotlariga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan askarlarga o‘qishning birinchi yili uchun masofaviy ta’lim shaklida ham ta’lim krediti ajratilishi mumkin.

Ta’lim krediti bo‘yicha arizalar “ta’lim-krediti.mf.uz” platformasiga integratsiya qilingan bankning elektron dasturi orqali qabul qilinadi va ko‘rib chiqiladi.

Kredit muddati

Kredit muddati:

Rasmiy o‘qishni yakunlash sanasi + 6 oy imtiyozli davr + 7 yil.

Kredit miqdori

Kredit miqdori:

Oliy ta’lim tashkilotlarining birinchi bosqich talabalari hamda professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari uchun — to‘lov-kontrakt summasi miqdorigacha.

Oliy ta’lim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun GPA ko‘rsatkichi hisobga olinadi:

  • GPA 3 dan past bo‘lsa — to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80% miqdorida. Bunda dastlabki 20% talaba tomonidan to‘langandan keyin kredit ajratiladi;
  • GPA 3 va undan yuqori bo‘lsa hamda (yoki) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalarning ta’lim olayotgan a’zolari uchun — to‘lov-kontrakt summasi miqdorida ajratiladi.
Kredit foiz stavkasi

Kredit foiz stavkasi:

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi miqdorida (14%).

Xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt asosida tahsil olishi uchun ajratilgan ta’lim krediti bo‘yicha hisoblangan foizlar Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilsa, kredit foizi mutanosib ravishda pasaytiriladi. Asosiy stavka oshirilsa, kredit foizi o‘zgarmaydi.

Imtiyozli davr

Imtiyozli davr:

Talabaning rasmiy o‘qishni tamomlash muddati + 6 oy.

To‘lov grafigi

To‘lov grafigi:

Differensial.

Kreditni ajratish usuli

Mahsulotni olish usuli:

Kredit mablag‘i to‘lov-kontrakt shartnomasiga asosan ta’lim tashkilotining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.



Hujjatlar

Ta'lim kreditlariga shartnoma

Yuklab olish
download

Jismoniy shaxsga bank kartasini ochish va ularga xizmat koʼrsatish boʼyicha ommaviy oferta shartnomasi

Yuklab olish
download

“SQB MOBILE” mobil ilovasi orqali jismoniy shaxslar uchun masofaviy bank xizmatlari ommaviy oferta shartnomasi

Yuklab olish
download

Onlayn kreditlarni sug‘urtalash bo‘yicha ommaviy oferta

Yuklab olish
download
Qarz oluvchiga qo‘yiladigan talablar
  • ta’lim krediti olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va 65 yoshdan oshmagan, shu jumladan 65 yoshdagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
  • doimiy ish joyiga yoki kredit bo‘yicha foizlar va asosiy qarzni to‘lov jadvaliga muvofiq har oy to‘lash uchun yetarli daromad manbaiga ega bo‘lishi. Bunda ish haqi, pensiya, dividendlar, mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromadlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromadlar hisobga olinishi mumkin.

Ta’minot talablari

Ta’minot turlari:

  • 200 BHMgacha — jismoniy shaxs kafilligi va/yoki sug‘urta polisi.
  • 200 BHMdan ortiq — ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan avtotransport vositasi.
  • 200 BHMdan ortiq — ko‘chmas mulk. Agar garov predmeti turar joy bo‘lsa, uning manzilida hech kim doimiy ro‘yxatda turmagan bo‘lishi lozim.

Jismoniy shaxs bo‘lgan kafilga qo‘yiladigan talablar:

kredit olish uchun murojaat qilingan kunida 18 yoshga to‘lgan va 65 yoshdan oshmagan, shu jumladan 65 yoshdagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi lozim.

Garov qiymati:

kredit summasining kamida 125%ini tashkil etishi lozim;

bank bilan aloqador shaxslar uchun — kredit summasining kamida 130%ini tashkil etishi lozim.


Kerakli hujjatlar
  • pasport yoki ID-karta;
  • talaba bilan ta’lim tashkiloti o‘rtasida tuzilgan to‘lov-kontrakt shartnomasi hamda hisobvaraq-faktura (mavjud bo‘lsa);
  • rasmiy daromadlarni tasdiqlovchi ma’lumot va hujjatlar;
  • ta’lim krediti ta’minotiga oid hujjatlar;
  • “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (mavjud bo‘lsa).

Zarur hollarda bank qonunchilik va bankning ichki hujjatlarida nazarda tutilgan qo‘shimcha hujjatlarni, shu jumladan birgalikda qarz oluvchiga oid ma’lumot va hujjatlarni talab qilishi mumkin.


Hujjatlar

Ta`lim krediti berish bo`yicha shartnoma

Yuklab olish
download
Ehtimol, sizni qiziqtiradi
Orzuingizdagi uy
ipotekaga yillik 17 % dan

Birlamchi bozordan kvartira sotib olish uchun berilgan.

Orzuingizdagi uy <br>ipotekaga yillik 16,5 % dan
SQB Mobile - barcha kerakli to'lovlar endi telefoningizda

Qulay mobil ilova yordamida kundalik toʻlovlarni amalga oshiring.

SQB Mobile - barcha kerakli to'lovlar endi telefoningizda
ццццццц

Oxirgi yangilanish sanasi: 07.09.2026 11:18  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит