Shartnoma shartlarini bajarish kafolati;
Tender savdolarida qatnashish uchun kafolat;
Bojxona to‘lovlarini kafolatlash maqsadida;
Mijozning xorijiy kredit liniyalari oldidagi majburiyatini ta'minlash maqsadida;
Avans (bo‘nak) to‘lovini amalga oshirish va boshqalar bo‘yicha kafolatlar;
Valyuta | Xorijiy valyuta
(AQSh doll., Yevro, Rubl)
Milliy valyuta
(So‘m)
|
Bank kafolati turlari |
- Qoplangan (pul mablag‘lari garovi bilan ta'minlangan);
- Qoplanmagan (boshqa garov turlari bilan ta'minlangan);
|
Miqdori
|
Mavjud emas
|
Muddat
|
Shartnoma, kelishuv, tender va boshqa taqdim etilgan hujjatlar ko‘rsatilgan muddatlarga mos ravishda/ 12 oyga Bosh kelishuv imzolagan holda shartnoma, shartnomaviy kelishuv, tender va boshqa taqdim etilgan hujjatlar ko‘rsatilgan muddatlarga mos ravishda individual shartnoma imzolash orqali/Xorijiy kredit liniyalari oldidagi majburiyatni to‘lovlarni kafolatlash uchun xorijiy kredit liniyasi shartlariga asosan
|
Komission to‘lov shakli |
Yillik yoki bir martalik
|
Bank kafolati komissiya to‘lovi |
“O‘zsanoatqurilishbank” ATBda bank xizmatlari bo‘yicha tariflar”ni tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorga asosan/ Mijozning xorijiy kredit liniyalari oldidagi majburiyatini ta'minlash uchun yillik 4%
|
1.Kafolat olishga ariza (anketa)
2.Mijozning taqdim qilgan tegishli davlat soliq inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot (2-son shakl);
3.Boshqa banklardagi mavjud hisob raqamlarining oxirgi 1 yillik aylanmasi toʻgʻrisida maʼlumot (agar mavjud boʻlsa);
4.Mijozning taʼsischilarining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kafolatdan foydalanish yuzasidan roziligi;
5.Kafolatdan foydalanish boʻyicha biznes reja (mijoz faoliyati boʻyicha).
6.Oxirgi uch moliyaviy yil natijalari boʻyicha auditorlik hulosasi
Kafolat summasining 125% dan kam bo‘lmagan miqdorda (Aloqador shaxslar uchun 130%);
Qabul qilinadigan mulkiy garov turlari va ushbu garov bo‘yicha qo‘yiladigan shartlar
Bankda o‘rnatilgan talablar asosida ko‘chmas mulklar;
Avtotransport vositalari va maxsus texnikalar – ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan;
Uskunalar – ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan;
Xorijiy kredit liniyalari hisobidan sotib olinayotgan asosiy vositalar, asbob-uskunalar va maxsus texnikalar.
Nomulkiy ta'minot
Uchinchi yuridik shaxslar kafilligi va/yoki bank kafolati majburiyatini bajarmaslik xatari sug‘urta polisi va/yoki boshqa turdagi ta'minotlar;
Tadbirkorlik sub'ektlariga bank kafolati taqdim etilishida qo‘shimcha kredit ta'minoti sifatida tadbirkorlik sub'ektlarining ulushi 50%dan kam bo‘lmagan ta'sischilari (jismoniy shaxs/yuridik shaxs) kafilligi olinishi lozim. (Xususiy korxona, fermer va dehqon xo‘jaliklari bundan mustasno).
1. Moliyaviy natijalar to‘g‘risida xisobot (2-son shakl) ijobiy bo‘lishi (Asosiy faoliyatidan tushumlar mavjud bo‘lmasligi ham mumkin);
2. O‘z mablag‘lari mavjudligi ko‘rsatkichlari ijobiy bo‘lishi;
3. Moliyaviy yil natijalari bo‘yicha ijobiy auditorlik xulosasiga ega bo‘lishi;
4. Mavjud kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalar bo‘yicha muddati o‘tgan kredit qarzdorligi bo‘lmasligi;
5. Muddati o‘tgan kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalar qarzdorliklari bo‘yicha kafilliklari mavjud bo‘lmasligi;