ISHONCH krediti

mikro va kichik biznesni rivojlantirish uchun qulay moliyalashtirish

ISHONCH krediti
Mahsulot haqida
Step icon

28 mlrd so‘m ekvivalentigacha

Kredit miqdori

Step icon

120 oygacha

Kredit muddati

Step icon

12 oygacha

Imtiyozli davr

Step icon

UZS, USD, EUR, CNY va boshqa valyutalar

Kredit valyutasi

Step icon

So‘mda yillik 16% dan

Kredit stavkasi

Step icon

Mikro va kichik biznes

Mijoz

Kredit olish oson!
Steps icon

Bankning oʻzingizga eng yaqin ofisini tanlang va maslahat oling

Steps icon

Kerakli hujjatlarni taqdim qiling

Steps icon

Hujjatlarni imzolang va joriy hisob raqamiga pul oling

Batafsil shartlar
  • Shartlar
  • Mijozga qo‘yiladigan talablar
  • Kerakli hujjatlar

Asosiy ma’lumotlar

Kreditdan foydalanish maqsadlari:

  • maqsadsiz kredit;
  • aylanma mablag‘larni to‘ldirish;
  • asosiy vositalarni sotib olish;
  • noturar joy binolari va inshootlarini sotib olish;
  • yengil avtomobillar, elektromobillar, yuk va yo‘lovchi tashuvchi transport vositalari, shuningdek, maxsus texnikalarni sotib olish.

Maqsadsiz kreditdan kreditlar, foizlar va komissiyalarni so‘ndirish, moliyaviy yordam ko‘rsatish yoki qaytarish, boshqa shaxslarning qarzlarini so‘ndirish, qimmatli qog‘ozlar va kompaniyalardagi ulushlarni sotib olish, ikkilamchi hisobvaraqlarga pul o‘tkazish hamda kafilliklar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish uchun foydalanish mumkin emas.

Kredit summasi:

Yuridik shaxslar uchun:

  • maqsadsiz kredit — ekvivalenti 50 mln so‘mdan 12 mlrd so‘mgacha; Mikrokichik va kichik biznes departamentining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lganda — 28 mlrd so‘mgacha;
  • aylanma mablag‘larni to‘ldirish, asosiy vositalar yoki noturar joy ko‘chmas mulkini sotib olish uchun — ekvivalenti 50 mln so‘mdan 28 mlrd so‘mgacha;
  • transport va maxsus texnikalarni sotib olish uchun — ekvivalenti 50 mln so‘mdan 6 mlrd so‘mgacha.

Yuridik shaxs tashkil etmagan tadbirkorlar uchun — 1 mlrd so‘mgacha.

Kredit muddati va imtiyozli davr:

  • maqsadsiz kredit — 84 oygacha, imtiyozli davr — 6 oygacha;
  • aylanma mablag‘larni to‘ldirish — 36 oygacha, imtiyozli davr — 6 oygacha;
  • aylanma mablag‘larni to‘ldirish bo‘yicha bosh kelishuv asosida — 60 oygacha; har bir alohida kredit — 36 oygacha;
  • asosiy vositalarni sotib olish — 84 oygacha, imtiyozli davr — 12 oygacha;
  • noturar joy binolari va inshootlarini sotib olish — 84 oygacha, imtiyozli davr — 6 oygacha;
  • transport va maxsus texnikalarni sotib olish — 60 oygacha, imtiyozli davr — 6 oygacha.

Mehmonxonalar va maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun maqsadsiz kredit hamda asosiy vositalarni sotib olish uchun kreditlar 120 oygacha bo‘lgan muddatga taqdim etilishi mumkin. Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilganda imtiyozli davr moliyalashtirish manbasi shartlariga muvofiq belgilanadi.

Kredit valyutasi:

  • O‘zbekiston so‘mi;
  • AQSh dollari, yevro, yuan va boshqa xorijiy valyutalar.

Yuridik shaxs tashkil etmagan tadbirkorlarga xorijiy valyutada kreditlar ajratilmaydi.

Foiz stavkasi:

  • Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan — so‘mda yillik 21% dan va xorijiy valyutada yillik 12% dan;
  • jalb qilingan mablag‘lar hisobidan — resurslar qiymati plyus Bank marjasi, so‘mda kamida 4% va xorijiy valyutada kamida 3%;
  • maxsus shartlar asosida — so‘mda yillik 16% dan va xorijiy valyutada yillik 8% dan.

Maxsus stavkalar barqaror ish o‘rinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha tuman (shahar) shtabining qarori va/yoki Bank Boshqaruvi a’zolarining hududlarga tashriflari davomida kelib tushgan murojaatlar asosida qo‘llaniladi.

Kreditni qaytarish va mablag‘larni olish:

  • to‘lovlar jadvali — annuitet yoki differensial;
  • asosiy qarz imtiyozli davr tugaganidan so‘ng har oyda, foizlar esa har oyda to‘lanadi;
  • maqsadsiz kreditni naqd pul shaklida, bank kartasiga yoki yetkazib beruvchi, pudratchi yoxud sotuvchining hisobvarag‘iga o‘tkazish orqali olish mumkin;
  • maqsadli kredit yetkazib beruvchi, pudratchi yoki sotuvchining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.

Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilganda kreditni qaytarish tartibi moliyalashtirish manbasi shartlariga muvofiq belgilanadi.

Kredit ta’minoti:

Odatda kredit summasining kamida 125% miqdorida mulkiy ta’minot talab qilinadi, o‘zaro bog‘liq shaxslar uchun esa — kamida 130%.

Ta’minot sifatida quyidagilar qabul qilinadi:

  • ko‘chmas mulk;
  • 5 yilgacha bo‘lgan avtotransport vositalari;
  • 2 yilgacha bo‘lgan maxsus texnika;
  • kredit mablag‘lari hisobidan sotib olinadigan transport vositalari va maxsus texnika;
  • pul mablag‘lari;
  • yuridik shaxs kafilligi;
  • kreditni qaytarmaslik xatari bo‘yicha sug‘urta polisi;
  • «Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi» AJ kafilligi.

Alohida shartlar qo‘llaniladigan holatlar:

  • 5 mlrd so‘mgacha bo‘lgan maxsus kredit uchun mulkiy ta’minot talab qilinmaydi;
  • Biznesni kafolatlash kompaniyasi kredit summasining 50%igacha kafillik taqdim etishi mumkin;
  • Mikrokichik va kichik biznes departamentining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lganda mulkiy ta’minot kredit summasining 80%idan, nomulkiy ta’minot esa 45%idan ko‘p bo‘lmagan miqdorda bo‘lishi mumkin;
  • kredit mablag‘lari hisobidan sotib olinadigan transport vositalari va maxsus texnika ta’minot sifatida qabul qilinishi mumkin.

Boshlang‘ich to‘lov:

  • Noturar joy binolari va inshootlari: qiymatining 30%idan. Qo‘shimcha mulkiy ta’minot mavjud bo‘lib, umumiy ta’minot miqdori kredit summasining kamida 125%iga yetkazilganda, to‘lov 10%gacha kamaytirilishi mumkin.
  • Transport va maxsus texnika: qiymatining 20%idan. Qo‘shimcha mulkiy ta’minot mavjud bo‘lib, umumiy ta’minot miqdori kredit summasining kamida 125%iga yetkazilganda, to‘lov kamaytirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.

Transport va maxsus texnika birlamchi bozordan sotib olinishi kerak.

5 mlrd so‘mgacha mulkiy ta’minotsiz:

Bunday kredit kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan loyihalar uchun nomulkiy ta’minot asosida taqdim etilishi mumkin.

Asosiy shartlar:

  • tuman (shahar) shtabining qarori;
  • tuman (shahar) hokimining kafillik berishga roziligi to‘g‘risidagi xati;
  • mijoz kamida 6 oy foydalangan va to‘liq so‘ndirgan kamida bitta kreditga ega bo‘lgan bo‘lishi;
  • korxonaning sof aktivlari kredit summasidan 2 baravardan ortiq bo‘lishi;
  • Mikrokichik va kichik biznes departamentining ijobiy xulosasi;
  • Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarni kooperatsiyaga jalb qilish — har bir oila uchun 50 mln so‘mdan hisoblaganda — yoki kreditning har to‘liq yoki to‘liq bo‘lmagan 200 mln so‘mi uchun kamida bitta ishsiz shaxs uchun ish o‘rni yaratish.

Majburiyat kredit ajratilganidan keyin 3 oy ichida bajarilishi kerak. Agar zarur miqdordagi ish o‘rinlari yaratilmasa, so‘mdagi kredit bo‘yicha foiz stavkasi qoidabuzarlik aniqlangan kundan boshlab yillik 24% miqdorida belgilanadi.

Qo‘shimcha kafillik:

Asosiy ta’minotga qo‘shimcha ravishda ulushi 50% va undan ortiq bo‘lgan ta’sischining yoki umumiy ulushi 50% va undan ortiq bo‘lgan bir nechta ta’sischilarning kredit summasining 125% miqdorida kafilligi talab qilinadi. Yakka tartibdagi tadbirkor uchun uning jismoniy shaxs sifatidagi kafilligi talab qilinadi. Agar ta’sischi xorijiy fuqaro yoki xorijiy kompaniya, davlat organi, budjet tashkiloti yoxud aksiyadorlik jamiyati bo‘lsa, ushbu talab qo‘llanilmaydi.


Hujjatlar
«Ishonch» kredit shartnomasi — maqsadsiz kredit

«Ishonch» kredit shartnomasi — maqsadsiz kredit

Yuklab olish
DOWNLOAD
«Ishonch» kredit shartnomasi — noturar ko‘chmas mulkni sotib olish

«Ishonch» kredit shartnomasi — noturar ko‘chmas mulkni sotib olish

Yuklab olish
DOWNLOAD
«Ishonch» kredit shartnomasi — transport va maxsus texnika sotib olish

«Ishonch» kredit shartnomasi — transport va maxsus texnika sotib olish

Yuklab olish
DOWNLOAD
«Ishonch» kredit shartnomasi — aylanma mablag‘larni to‘ldirish

«Ishonch» kredit shartnomasi — aylanma mablag‘larni to‘ldirish

Yuklab olish
DOWNLOAD
«Ishonch» krediti bo‘yicha bosh kelishuv

«Ishonch» krediti bo‘yicha bosh kelishuv

Yuklab olish
DOWNLOAD
«Ishonch» krediti bo‘yicha individual kredit shartnomasi

«Ishonch» krediti bo‘yicha individual kredit shartnomasi

Yuklab olish
DOWNLOAD
Mijozga qo‘yiladigan talablar

Kim kredit olishi mumkin:

Mikro va kichik biznesga mansub yuridik shaxslar hamda yuridik shaxs tashkil etmagan tadbirkorlar.

Mijoz faoliyatini amalga oshiradigan joy kredit arizasini ko‘rib chiqayotgan Bank bo‘linmasidan 300 km radiusdan uzoq bo‘lmasligi kerak.

  • biznes kamida 6 oy faoliyat yuritayotgan va oxirgi 6 oyning kamida 3 oyida faoliyatdan tushumga ega bo‘lishi;
  • yuridik shaxs uchun ustav fondi to‘liq shakllantirilgan, moliyaviy natija va o‘z aylanma mablag‘lari — ijobiy bo‘lishi;
  • amaldagi muddati o‘tgan yoki muammoli kredit qarzdorligi hamda 2-son kartotekasi bo‘yicha qarzdorlik mavjud emasligi;
  • KATM skoring bali — kamida 200;
  • kredit yuklamasi — 100% dan oshmasligi; 5 mlrd so‘mgacha bo‘lgan mulkiy ta’minotsiz kredit taqdim etilganda — 50% dan oshmasligi, Mikrokichik va kichik biznes departamentining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lgan holatlar bundan mustasno.

Faoliyat yuritish muddati, tushumlar va kredit yuklamasiga qo‘yiladigan talablar mijoz faoliyat yuritadigan hududdagi hokim yordamchisining tavsiyasiga ko‘ra taqdim etiladigan 300 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlarga nisbatan qo‘llanilmaydi.


Asosiy hujjatlar
  • kredit olish uchun ariza;
  • yakka tartibdagi tadbirkor uchun — guvohnoma va pasport nusxasi;
  • ta’sischilarning kredit olish va korxona mol-mulkini garovga berishga roziligi — mahsulot pasportida nazarda tutilgan hollarda;
  • sotib olinadigan tovarlar, mol-mulk yoki xizmatlar bo‘yicha shartnomalar;
  • 2-son kartoteka bo‘yicha qarzdorlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar — asosiy hisobvaraq boshqa bankda ochilgan bo‘lsa;
  • buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot — mahsulot pasportida nazarda tutilgan hollarda;
  • faoliyatni amalga oshirish joyidan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar — faoliyatni amalga oshirish uchun muayyan joy talab etilsa;
  • taklif etilayotgan ta’minotga oid hujjatlar: kadastr hujjatlari, transport vositasi yoki maxsus texnikani ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma hamda ta’minot turiga qarab boshqa hujjatlar;
  • Korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida Davlat xizmatlari markazidan ma’lumotnoma — agar oxirgi 6 oy davomida korxona qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa;
  • uchinchi shaxsning mol-mulki garovga qo‘yilganda yoki kafillik taqdim etilganda — garovga qo‘yuvchi yoki kafilning mahsulot pasportida nazarda tutilgan hujjatlari;
  • loyihaning xususiyatlarini hisobga olgan holda boshqa hujjatlar.

SQB BUSINESS
SQB BUSINESS

Uyingizdan chiqmasdan oʻz biznesingizni boshqaring

Batafsil
Depozitlar
Depozitlar

Qoʻshimcha foyda olish uchun yuqori daromadli depozitlarni oching

Batafsil
Transchegaraviy oʻtkazmalar
Transchegaraviy oʻtkazmalar

Dunyo bo‘ylab tez va xavfsiz pul o‘tkazmalarini amalga oshiring

Batafsil
Korporativ kartalar
Korporativ kartalar

Barcha biznes xarajatlarini toʻlash uchun qulay vosita

Batafsil
Ish haqi loyihasi
Ish haqi loyihasi

Xatarlarni minimallashtirish orqali xodimlarning kartalariga ish haqini kiriting

Batafsil
Savdo ekvayringi
Savdo ekvayringi

Biznesni rivojlantirish uchun kelajak mijozlar doirasini kengaytiring

Batafsil
Biznes kreditlari
Biznes kreditlari

Biznesni yaratish va rivojlantirish uchun foydali kredit mahsulotlari

Batafsil

Oxirgi yangilanish sanasi: 05.10.2026 10:55

Oxirgi yangilanish sanasi: 05.10.2026 10:55  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит