Kafolat Plus

O‘rta biznes uchun bank kafolati  

Kafolat Plus
Mahsulot haqida
Step icon

20 mln AQSh dollari ekvivalentigacha

Kredit miqdori

Step icon

36 oygacha

Kredit muddati

Step icon

Milliy va xorijiy valyutada

Kredit valyutasi

Step icon

O‘rta biznes segmentidagi yuridik shaxslar

Kimlar uchun

Step icon

Bank tariflariga muvofiq

Bank kafolatini taqdim etish uchun komissiya

Step icon

Qoplangan va qoplanmagan

Bank kafolati turi

Kredit olish oson!
Steps icon

Bankning oʻzingizga eng yaqin ofisini tanlang va maslahat oling

Steps icon

Kerakli hujjatlarni taqdim qiling

Steps icon

Hujjatlarni imzolang va joriy hisob raqamiga pul oling

Batafsil shartlar
  • Shartlar
  • Mijozga qo‘yiladigan asosiy talablar
  • Kerakli hujjatlar
Asosiy ma’lumotlar

Bank kafolatining maqsadi:

  • shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash;
  • to‘lov majburiyatlarini ta’minlash;
  • tender yoki tanlovda ishtirok etish;
  • avans to‘lovining qaytarilishini ta’minlash;
  • soliq va bojxona to‘lovlarini ta’minlash.

Bank kafolati miqdori:

600 000 000 so‘mdan 20 000 000 AQSh dollari ekvivalentigacha.

Valyuta:

  • milliy valyuta;
  • xorijiy valyuta.

Bank kafolati turlari:

  • qoplangan — pul mablag‘lari garovi bilan ta’minlangan;
  • qoplanmagan — boshqa ta’minot turlari bilan ta’minlangan.

Bank kafolati muddati:

Shartnoma, kelishuv, tender hujjatlari yoki boshqa tegishli hujjatlarda ko‘rsatilgan muddatlarga muvofiq, biroq 36 oydan oshmagan muddatga.

Agar kafolat berishga asos bo‘lgan hujjatlarda kafolat muddati ko‘rsatilmagan bo‘lsa:

  • shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash uchun — 12 oygacha, faqat asosiy hisobvaraq orqali;
  • to‘lov majburiyatlarini ta’minlash uchun — 12 oygacha;
  • tender yoki tanlovda ishtirok etish uchun — 6 oygacha;
  • avans to‘lovining qaytarilishini ta’minlash uchun — 18 oygacha, faqat asosiy hisobvaraq orqali;
  • bojxona to‘lovlari uchun — 4 oygacha;
  • soliq to‘lovlari uchun — 12 oygacha.

Komissiya:

  • to‘lov shakli — yillik yoki bir martalik;
  • komissiya miqdori — “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning amaldagi tariflariga muvofiq.

Bank benefitsiarning talabiga asosan kafolat bo‘yicha to‘lovni amalga oshirgan taqdirda, to‘langan summaga bank kafolatini taqdim etish tartibi va Bankning amaldagi tariflarida belgilangan miqdorda foizlar hisoblanadi.

Ta’minot miqdori:

Pul mablag‘lari yoki depozit bilan ta’minlanganda:

  • milliy valyutada — bitim summasining kamida 100%i;
  • xorijiy valyutada — bitim summasining kamida 110%i;
  • aloqador shaxslar uchun — mos ravishda kamida 105% va 115%.

Boshqa ta’minot turlaridan foydalanilganda:

  • bitim summasining kamida 125%i;
  • aloqador shaxslar uchun — kamida 130%;
  • ta’minot tarkibidagi mulkiy garov ulushi — kamida 70%.

Qabul qilinadigan mulkiy garov turlari:

  • Bank talablariga javob beradigan ko‘chmas mulk;
  • ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan avtotransport vositalari;
  • ishlab chiqarilganiga 2 yildan oshmagan maxsus texnika;
  • pul mablag‘lari yoki depozit.

Bozor hududida joylashgan yengil konstruksiyali savdo do‘konlari, parrandachilik, issiqxona va chorvachilik komplekslari hamda bekatlar garov sifatida qabul qilinmaydi.

Nomulkiy ta’minot turlari:

  • yuridik shaxs kafilligi;
  • mahalliy jamg‘arma va agentliklar kafilligi;
  • bank kafolatining to‘liq muddatiga rasmiylashtirilgan kredit qaytarilmasligi xatarini sug‘urtalash polisi.

Bank kafolatini taqdim etish shakli:

Hujjat shaklida va/yoki xalqaro banklararo tizim orqali.


Hujjatlar
Shartnoma

Shartnoma

Yuklab olish
DOWNLOAD

Mijozga qo‘yiladigan asosiy talablar:

  1. Mijoz o‘rta biznes segmentiga mansub va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lishi lozim.

  2. Davlat ro‘yxatidan o‘tganiga kamida 12 oy bo‘lishi lozim.

  3. Debt/EBITDA ko‘rsatkichi 4 dan oshmasligi lozim. Kredit siyosatida ko‘rsatilgan istisnolar bundan mustasno.

  4. Kredit yuklamasi 150%dan oshmasligi lozim.

  5. Bank kafolati bo‘yicha qaror qabul qilinayotgan va kafolat taqdim etilayotgan vaqtda barcha banklar hamda kredit tashkilotlaridagi amaldagi kredit shartnomalari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi lozim.

  6. O‘zaro aloqador korxonalarning “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimidagi amaldagi kreditlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi lozim.

  7. KATM ma’lumotnomasiga asosan mijozning barcha tijorat banklaridagi, shuningdek, o‘zaro aloqador korxonalarining “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimidagi «qoniqarsiz», «shubhali» yoki «umidsiz» toifalarida tasniflangan amaldagi kreditlari mavjud bo‘lmasligi lozim.

  8. 2-sonli kartoteka hisobvarag‘ida qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi lozim. Boshqa bank tomonidan taqdim etilgan ma’lumotnoma taqdim etilgan sanadan boshlab 30 kun davomida amal qiladi.

  9. O‘z aylanma mablag‘lari mavjudligi ijobiy ko‘rsatkichda bo‘lishi lozim. Kredit siyosatida ko‘rsatilgan istisnolar bundan mustasno.

  10. Oxirgi bir yil yoki joriy yilning barcha hisobot choraklaridagi faoliyat quyidagi talablarga javob berishi lozim:

    • faoliyat zarar bilan yakunlanmagan bo‘lishi;
    • operatsion xarajatlarning daromadlar o‘sishiga nomutanosib o‘sishi 50%dan oshmasligi;
    • aktivlar rentabelligi — ROA koeffitsiyentining kamayishi 50%dan oshmasligi;
    • kapital rentabelligi — ROE koeffitsiyentining kamayishi 50%dan oshmasligi.
  11. KATM ma’lumotnomasiga asosan oxirgi 5 yil ichida:

    • 30 kundan oshgan muddati o‘tgan qarzdorlik holatlari 5 tadan ko‘p bo‘lmasligi;
    • 60 kundan oshgan muddati o‘tgan qarzdorlik holatlari 3 tadan ko‘p bo‘lmasligi;
    • 90 kundan oshgan muddati o‘tgan qarzdorlik holatlari 1 tadan ko‘p bo‘lmasligi;
    • sud jarayonidagi kredit qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi;
    • balansdan tashqari hisobvaraqlarga olingan kredit qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi.
  12. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimidagi amaldagi kreditlar bo‘yicha kredit mablag‘laridan maqsadsiz foydalanish holatlari mavjud bo‘lmasligi lozim.

  13. Amaldagi kreditlar bo‘yicha Bankning kollegial organlari qarorlarida belgilangan shartlarni bajarmaslik holatlari mavjud bo‘lmasligi lozim. O‘rta biznes markazi tomonidan kechiktirib bajarilganlik holati yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot taqdim etilgan holatlar bundan mustasno.

  14. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimidagi amaldagi kreditlar bo‘yicha asosiy qarz va foiz to‘lovlari shartlari qayta ko‘rib chiqilgan yoki muddati uzaytirilgan hisobvaraqlarda qarzdorlik qoldig‘i mavjud bo‘lmasligi lozim.

  15. Quyidagi shaxslarning Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi lozim:

    • prinsipalning;
    • prinsipal korxona ta’sischilari rahbar yoki ta’sischi bo‘lgan korxonalarning;
    • prinsipal korxona rahbari ta’sischi yoki rahbar bo‘lgan korxonalarning;
    • prinsipal korxona ta’sischilari va rahbarlarining.

    Ushbu talab aksiyadorlik jamiyatlari va davlat ulushi mavjud korxonalarga tatbiq etilmaydi.

  16. Korxona ta’sischilari va/yoki direktorining “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida jismoniy shaxs sifatida muddati o‘tgan kredit qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi lozim. Ushbu talab aksiyadorlik jamiyatlari va davlat ulushi mavjud korxonalarga tatbiq etilmaydi.

  17. Oxirgi 3 yil ichida kredit xizmatlari bo‘yicha, shu jumladan javobgar uchun kafillik taqdim etilgan holatlarda, iqtisodiy sud tomonidan qisman yoki to‘liq qanoatlantirilgan da’vo arizalari mavjud bo‘lmasligi lozim. Javobgar uchun tegishli mulk garovi taqdim etilgan holatlar bundan mustasno.

  18. Bank kafolati bo‘yicha qaror qabul qilinayotgan va kafolat taqdim etilayotgan vaqtda KATM ma’lumotlari bo‘yicha kredit tarixi ko‘rsatkichi kamida 200 ball bo‘lishi yoki boshqa kredit byurosining o‘rtacha bahosiga mos kelishi lozim.

  19. Mijoz so‘nggi 6 oy davomida faoliyati bilan bog‘liq uzluksiz hisobvaraq aylanmasiga ega bo‘lishi lozim.

  20. Mijozning ichki kredit reytingi «B-»dan kam bo‘lmasligi lozim. Kredit siyosatida ko‘rsatilgan istisnolar bundan mustasno.

  21. Tashqi yoki xalqaro reyting mavjud bo‘lsa, uning darajasi «B-»dan kam bo‘lmasligi lozim. Kredit siyosatida ko‘rsatilgan istisnolar bundan mustasno.

  22. Korxonaning ustav fondi shakllantirilgan bo‘lishi lozim.

  23. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimidagi amaldagi kreditlar bo‘yicha asosiy qarz va foiz to‘lovlari shartlarini vakolatli organ qarorlari asosida qayta ko‘rib chiqish holatlari ikkitadan ko‘p bo‘lmasligi lozim.

  24. Tegishli faoliyatni amalga oshirish uchun talab qilinadigan litsenziya yoki boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar chaqirib olinmagan bo‘lishi lozim.

  25. Investitsion loyihalarda biznes-reja yoki texnik-iqtisodiy asos ko‘rsatkichlarining loyiha ishga tushirilgan davrdan boshlab o‘rtacha yillik bajarilishi kamida 40%ni tashkil etishi lozim.

  26. Korxona ta’sischilari tarkibi so‘nggi 6 oy davomida o‘zgarmagan bo‘lishi lozim, quyidagi holatlar bundan mustasno:

    • eski ta’sischilar tarkibi o‘zgarmagan holda yangi ta’sischilar qo‘shilishi;
    • yaqin qarindoshlar — ota-ona, aka-uka, opa-singil, er-xotin va farzandlar o‘rtasida o‘zgarishlar amalga oshirilishi.
  27. Mijozning barcha banklardagi umumiy qarzdorligi taqdim etilayotgan bank kafolatini hisobga olgan holda 20 000 000 AQSh dollari ekvivalentidan oshmasligi lozim.

Bank kafolatini olish uchun zarur hujjatlar:

  1. Ariza.

  2. Korxonaning tegishli soliq organiga elektron shaklda taqdim etilgan oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisoboti.

    Bank tomonidan 1- va 2-sonli shakllar soliq organlari ma’lumotlar bazasidan elektron shaklda olingan hollarda ushbu hujjatlar talab etilmaydi.

  3. Oxirgi davrning barcha hisobot choraklari uchun buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot.

  4. Korxona ta’sischilarining bank kafolatini olish yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan roziligi.

  5. Boshqa banklardagi hisobvaraqlar aylanmasi to‘g‘risidagi ma’lumot.

    Asosiy hisobvaraq boshqa bankda ochilgan bo‘lsa, 2-sonli kartoteka qarzdorligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma ham taqdim etiladi. Ma’lumotnomaning amal qilish muddati — 30 ish kuni.

  6. Korxonaning debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari yoyilmasi. Qarzdorlik yuzaga kelgan muddat aniq ko‘rsatilishi lozim.

  7. Oldi-sotdi shartnomalari va/yoki import shartnomalari.

    Shartnoma yoki uning spetsifikatsiyasida asosiy vositaning quvvati, modeli, miqdori, ishlab chiqarilgan yili va xususiyatlari ko‘rsatilishi lozim. Qoramol sotib olinayotganda uning nasli, jinsi va og‘irligi, maxsus texnika sotib olinayotganda esa texnik xususiyatlari ko‘rsatiladi.

    Oldi-sotdi shartnomasi talab etilmaydigan holatlar bundan mustasno.

  8. Faoliyat joyidan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar: kadastr hujjatlari, ijara shartnomasi, elektron auksion bayonnomasi, hokim qarori yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa asoslantiruvchi hujjatlar.

    Faoliyat uchun alohida joy talab etilmaydigan holatlar bundan mustasno.

  9. Bank kafolatini olish uchun asos bo‘luvchi hujjatlar, jumladan:

    • elektron tender savdolari platformasidan ko‘chirma;
    • Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkazilgan shartnoma;
    • Vazirlar Mahkamasining 210-son qaroriga muvofiq bojxona ombori to‘lovlari bo‘yicha hisob-kitob;
    • boshqa tegishli hujjatlar.
  10. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi vakolatli davlat organi yoki uning hududiy bo‘linmasi tomonidan rejalashtirilayotgan loyihaning atrof-muhitga ta’siri yuzasidan berilgan ijobiy xulosa.

  11. Garov obyekti bo‘yicha mustaqil baholovchi tashkilotning hisoboti. Hisobot muddati 6 oydan oshmagan bo‘lishi lozim.

  12. Garov obyekti ko‘chmas mulk bo‘lsa — kadastr ko‘chirmasi va kadastr pasporti. Yer uchastkasidan ijara huquqi asosida foydalanilganda ijara shartnomasi ham taqdim etiladi.

  13. Garov obyekti avtotransport vositasi bo‘lsa — transport vositasining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma yoki texnik pasport.

  14. Garov obyekti maxsus texnika bo‘lsa — maxsus texnikaning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma.

  15. Qarz oluvchi yoki mulkni garovga beruvchi uchinchi yuridik shaxs ta’sischilarining:

    • mulkni ta’minot sifatida garovga berish;
    • shartnomada nazarda tutilgan asoslar yuzaga kelganda garov obyektiga suddan tashqari tartibda undiruv qaratilishiga roziligi.
  16. Mulkni garovga beruvchi uchinchi yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari, agar ushbu korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa.

  17. Mulkni garovga beruvchi uchinchi jismoniy shaxs pasportining nusxasi.

    Uchinchi yuridik shaxs uchun — korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilganda direktor va bosh buxgalter pasportlarining nusxalari.

  18. Loyiha xususiyatidan kelib chiqib qo‘shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.

Ta’minot sifatida yuridik shaxs kafilligi taqdim etilganda:

  1. Kafil korxona ta’sischilarining kafillik taqdim etishga roziligi.

  2. Kafil korxonaning tegishli soliq organiga elektron shaklda taqdim etilgan oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisoboti.

    Bank tomonidan 1- va 2-sonli shakllar soliq organlari ma’lumotlar bazasidan elektron shaklda olingan hollarda ushbu hujjatlar talab etilmaydi.

  3. Kafil korxona oxirgi moliyaviy yildan keyin davlat ro‘yxatidan o‘tgan yoki kredit mablag‘larini olgan bo‘lsa, uning choraklik buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisoboti.

  4. Kafil korxonaning ta’sis hujjatlari, agar ushbu korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa.

  5. Kafil korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilganda uning direktori va mavjud bo‘lsa bosh buxgalteri pasportlarining nusxalari.

  6. Kafil korxonaning boshqa banklardagi hisobvaraqlari aylanmasi va 2-sonli kartoteka qarzdorligi to‘g‘risidagi ma’lumot.

  7. Loyiha xususiyatidan kelib chiqib qo‘shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.


SQB BUSINESS
SQB BUSINESS

Uyingizdan chiqmasdan oʻz biznesingizni boshqaring

Batafsil
Depozitlar
Depozitlar

Qoʻshimcha foyda olish uchun yuqori daromadli depozitlarni oching

Batafsil
Transchegaraviy oʻtkazmalar
Transchegaraviy oʻtkazmalar

Dunyo bo‘ylab tez va xavfsiz pul o‘tkazmalarini amalga oshiring

Batafsil
Korporativ kartalar
Korporativ kartalar

Barcha biznes xarajatlarini toʻlash uchun qulay vosita

Batafsil
Ish haqi loyihasi
Ish haqi loyihasi

Xatarlarni minimallashtirish orqali xodimlarning kartalariga ish haqini kiriting

Batafsil
Savdo ekvayringi
Savdo ekvayringi

Biznesni rivojlantirish uchun kelajak mijozlar doirasini kengaytiring

Batafsil
Biznes kreditlari
Biznes kreditlari

Biznesni yaratish va rivojlantirish uchun foydali kredit mahsulotlari

Batafsil

Oxirgi yangilanish sanasi: 19.08.2026 17:40

Oxirgi yangilanish sanasi: 19.08.2026 17:40  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит