28 mlrd so‘mgacha
Kreditning maksimal miqdori
60 oygacha
Kredit muddati
24 oygacha
Imtiyoz muddati
UZS
Kredit valyutasi
Mikro, kichik va oʻrta biznes uchun
Kimga to'g'ri keladi
Yillik 24% dan so‘mda
Kredit stavkasi
Bankning oʻzingizga eng yaqin ofisini tanlang va maslahat oling
Kerakli hujjatlarni taqdim qiling
Hujjatlarni imzolang va joriy hisob raqamiga pul oling
Kredit maqsadi:
- bino va inshootlarni sotib olish;
- uskunalarni sotib olish;
- import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish uchun uskunalarni sotib olish;
- uskunalar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni istagan tadbirkorlar uchun;
- maxsus texnikalarni sotib olish;
- investitsiya faoliyati bilan bog‘liq avtotransport vositalarini sotib olish;
- uzoq muddatli moddiy va nomoddiy aktivlarni sotib olish;
-
investitsiya faoliyati bilan bog‘liq qurilish ishlarini moliyalashtirish;
PF-93-son Farmon doirasida uy-joy qurilishi loyihalari moliyalashtirilmaydi. - aylanma mablag‘larni to‘ldirish;
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-martdagi PQ-107-son qarori doirasida:
- sport obyektlarini qurish;
- rekonstruksiya qilish;
- kapital ta’mirlash.
Suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishda qo‘shimcha shartlar:
- 2026-yil 1-oktabrdan boshlab yakuniy to‘lovlar suv tejovchi texnologiyalar haqiqatda o‘rnatilganligi to‘g‘risidagi nazorat o‘lchovlarini o‘tkazuvchi mustaqil ekspertlar (korxonalar), shu jumladan xalqaro ekspertlar (kompaniyalar)ning xulosalari asosida pudratchilarga amalga oshiriladi;
- suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish uchun ajratiladigan kredit mablag‘lari doirasida nazorat o‘lchovlarini o‘tkazish xarajatlari moliyalashtiriladi.
Valyuta:
O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi (so‘m).
Kredit miqdori:
- mahsulot doirasida — 28 mlrd so‘mgacha;
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-93-son Farmoni doirasida — yaratiladigan ish o‘rinlari soniga qarab:
- 51 tadan 100 tagacha ish o‘rni — 5 mlrd so‘mgacha;
- 101 tadan 200 tagacha ish o‘rni — 10 mlrd so‘mgacha;
- 200 tadan ortiq ish o‘rni — 15 mlrd so‘mgacha.
- qurilish maqsadlari uchun — loyiha-smeta qiymatining 70%idan ko‘p bo‘lmagan miqdorda.
Kredit muddati:
- aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun — 18 oygacha;
- investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va investitsiya faoliyati bilan bog‘liq qurilish maqsadlari uchun — 60 oygacha;
- jalb qilingan resurslar hisobidan — moliyalashtirish manbasi shartlariga muvofiq.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-sentyabrdagi PQ-325-son qaroriga asosan elektrotexnika sanoati korxonalari uchun aylanma mablag‘larni to‘ldirishga — 24 oygacha.
Imtiyozli davr:
- aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun — 3 oygacha;
-
investitsiya loyihalari va qurilish uchun — 24 oygacha;
Biznes-rejada asoslantirilgan taqdirda taqdim etiladi. - jalb qilingan resurslar hisobidan — moliyalashtirish manbasi shartlariga muvofiq.
Foiz stavkasi:
- so‘mdagi kredit — yillik 24%dan;
- chet el valyutasidagi kredit — yillik 12%dan;
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-sentyabrdagi PQ-325-son qaroriga asosan elektrotexnika sanoati korxonalari uchun — yillik 6%.
Kredit qarzdorligi korxona tomonidan birinchi yil davomida so‘ndirilgan taqdirda, foiz stavkasi yillik 4% etib qayta hisob-kitob qilinadi.
Yakuniy foiz stavkasi kreditlash shartlari va Bankning ichki talablarini hisobga olgan holda belgilanadi.
Kredit ta’minoti:
-
ta’minot — kredit summasining kamida 125%i;
Aloqador shaxslar uchun — kamida 130%. -
garovni bosqichma-bosqich rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi:
- dastlabki garov — kredit summasining kamida 70%i;
- qolgan qismi — sotib olinayotgan aktivlar mijoz nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng.
Ta’minot sifatida quyidagilar qabul qilinadi:
-
ko‘chmas mulk;
Bozorlarda joylashgan yengil konstruksiyali pavilyonlar bundan mustasno; turar joy obyektlari 50% chegirma bilan qabul qilinadi. - avtotransport vositalari — 4 yildan oshmagan;
- maxsus texnika — 2 yildan oshmagan;
- uskunalar — 2 yildan oshmagan;
- kredit valyutasidagi pul mablag‘lari;
- kredit mablag‘lari hisobidan sotib olinadigan asosiy vositalar mijoz nomiga rasmiylashtirilgandan so‘ng.
PQ-325-son qaror doirasida kredit ajratilganda:
- kreditning 50 foiziga, biroq 20 milliard so‘m ekvivalentidan oshmagan miqdorda «Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi» AJ kafilligi;
- kreditning qolgan qismi uchun korxona tomonidan likvid mol-mulk va/yoki sug‘urta polisi taqdim etilishi mumkin.
Qo‘shimcha ta’minot:
- yuridik shaxs kafilligi;
- kreditni qaytarmaslik xavfi bo‘yicha sug‘urta polisi;
- «Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi» AJ kafilligi.
PQ-107-son qaror doirasidagi qo‘shimcha shartlar:
- moliyalashtirish likvid garov ta’minoti mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi;
- sport federatsiyalari, assotsiatsiyalari va professional futbol klublari balansida bo‘lgan bino, inshootlar va yer uchastkalari likvid garov ta’minoti sifatida qabul qilinmaydi;
- moliyalashtirish istiqbolli biznes-reja asosida amalga oshiriladi;
- aylanma mablag‘larni to‘ldirishni moliyalashtirishda biznes-reja taqdim etish talabi qo‘llanilmaydi.
Kredit olish bo‘yicha cheklovlar:
- kreditlar bank xodimlariga va ularning yaqin qarindoshlariga berilmaydi;
- kreditlar yuqorida ko‘rsatilgan shaxslar ta’sischi, rahbar, kafil yoki garovga qo‘yuvchi bo‘lgan kompaniyalarga berilmaydi.
Oxirgi yangilanish sanasi: 14.10.2026 17:50













