Akbarjonov Aziz Akbarjon o‘g‘li 1985-yil 11-sentyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan.
2008-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining bakalavriat bosqichini, 2010-yil mazkur oliy o‘quv yurtining magistratura bo‘limini “Menejment” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2004-yilda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Toshkent viloyat bo‘limi Korporativ mijozlar bilan ishlash bo‘limi 2-toifali mutaxassisi lavozimidan boshlagan.
2004-yildan 2018-yilgacha Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Toshkent viloyat bo‘limi Eksport-import va barter shartnomalarni ro‘yxatga olish va qayd qilish bo‘limi 1-toifali mutaxassisi, Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Yakkasaroy filiali Mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi 1-toifali mutaxassisi, yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i, Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i, Pul muomalasi va kassa operatsiyalari bo‘limi boshlig‘i, filial boshqaruvchi o‘rinbosari-Front ofis boshlig‘i, Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Toshkent shahar bosh boshqarmasi Yangiobod filiali Front ofis boshlig‘i-boshqaruvchi o‘rinbosari, Yangiobod filiali boshqaruvchisi, Bosh amaliyot bo‘limi boshqaruvchisi v.b., Bosh amaliyot bo‘limi boshqaruvchisi hamda Toshkent viloyat bo‘limi boshqaruvchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
A.Akbarjonovning “O‘zsanoatqurilishbank” ATBdagi mehnat faoliyati 2018-yilda Loyiha boshqaruvi va ijro nazorati departamenti direktori lavozimidan boshlangan.
2019-yilning noyabr oyidan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kredit direktori (SSO), 2020-yilning yanvar oyidan boshlab esa Kredit bosh direktori lavozimiga tayinlangan.
2020-yil may oyidan boshlab Akbarjonov Aziz Akbarjon oʻgʻli „Oʻzsanoatqurilishbank“ ATB Boshqaruv Raisining birinchi oʻrinbosari.
Bank Boshqaruvi Raisining birinchi oʻrinbosari A.Akbarjonov quyidagi tarkibiy boʻlinmalarga rahbarlik qiladi va faoliyatini muvofiqlashtiradi:
- Bankni strategik rivojlantirish departamenti;
- Axborot texnologiyalari departamenti;
- Buxgalteriya hisobi va moliyaviy menejment departamenti;
- Korporativ maslahatchi, Korporativ boshqaruv xizmati faoliyatini muvofiqlashtirish;
- Loyiha boshqaruvi ofisi;
- Bank mahsulotlarini sotish va tarmoqlarni muvofiqlashtirish departamenti;
- Biznes tahlil va modellashtirish markazi;
- Katta kredit qoʻmitasi ishiga rahbarlik qiladi.