Balansdagi turar-joy ipoteka krediti


Bank balansidagi turar joy obyektlarini auksion orqali sotib olish uchun ipoteka krediti.

Balansdagi turar-joy ipoteka krediti

Kreditning miqdori

1,5 mlrd so‘mgacha

Yillik foiz stavkasi

14 %

Kredit muddati

15 yilgacha

Boshlang'ich to‘lov

20% dan boshlab
Ipoteka olish oson!

Maslahat oling yoki web-saytda dastlabki ariza to'ldiring

Uyni tanlang va pudratchi bilan savdo shartnomasini tuzing

Hujjatlarni bankka topshiring, kredit shartnomasini tuzing va to'lovni qabul qiling


Oldindan ariza berish
nima uchun kerak?

Ushbu ariza to'lovchining kreditga layoqatliligini aniqlash uchun ma'lumot olish vazifasini bajaradi va oferta shartnomasi hisoblanmaydi. Arizani to'ldirgandan so'ng, siz bankning kredit berish to'g'risidagi dastlabki qarorini olasiz.


Bank balansidagi turar joyni sotib olishga yordam beramiz
Kerakli hujjatlar
  • Pasport yoki ID-karta

  • Auksionda g‘olib bo‘lganlik va to‘lovni tasdiqlovchi hujjat

  • Bank bilan tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi

  • Daromad va kredit ta’minotiga oid hujjatlar

Kredit O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, murojaat qilingan sanada 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan shaxslarga ajratiladi.

Kreditni to‘lash usullari

SMS

2500 raqamiga yuborish orqali

Bank orqali

Bankning istalgan ofisida

Bank kartasidan

SQB Mobile ilovasi orqali

SQB Mobile
SQB Mobile’ni yuklab olish

Batafsil shartlar
  • Kredit berish shartlari
  • Qarz oluvchiga qo'yiladigan talablar
  • Kerakli hujjatlar
  • Qo’shimcha xarajatlari
Asosiy ma’lumotlar

Kreditning maqsadi:

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB balansidagi turar joy obyektlarini auksion orqali sotib olish.

Valyuta:

O‘zbek so‘mi

Kreditning maksimal miqdori:

1,5 mlrd so‘mgacha

Boshlang‘ich badal:

Sotib olinayotgan turar joy qiymatining kamida 20%i

Kredit muddati:

15 yilgacha

Foiz stavkasi:

Yillik 14%

Foiz stavkasi turi:

O‘zgarmas

Imtiyozli davr:

Differensial to‘lov jadvali tanlanganda 12 oygacha

To‘lov jadvali:

Annuitet yoki differensial

Turar joyni sotib olish usuli:

Turar joy auksion orqali sotib olinadi. Kredit mablag‘lari auksion natijalariga ko‘ra Bank bilan tuzilgan oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq o‘tkaziladi.

Kredit ta’minoti:

Kredit hisobiga sotib olinadigan turar joy Bank foydasiga garovga qo‘yiladi.

  • kreditning garovga nisbati (LTV) — 80%dan oshmasligi;
  • ta’minot qiymati — kredit summasining kamida 125%ini tashkil etishi;
  • Bankka aloqador shaxslar uchun — kredit summasining kamida 130%ini tashkil etishi lozim.

Bankka aloqador shaxslarga ajratiladigan kreditlarda ta’minotning yetmagan qismiga kredit qaytmasligi xatarini sug‘urtalash polisi taqdim etilishi mumkin.

Garov obyektini sug‘urtalash:

Sug‘urta shartnomasi va sug‘urta polisi kreditning to‘liq muddatiga rasmiylashtiriladi.

Qo‘shimcha shartlar:

  • kredit Bank balansidagi turar joy obyektini auksion orqali sotib olish uchun ajratiladi;
  • anderrayterning ijobiy qaroridan so‘ng boshlang‘ich badal milliy valyutadagi “Kafolat-3” jamg‘arma omonatida shakllantiriladi;
  • boshlang‘ich badal Bank hisobvarag‘iga o‘tkazilgandan so‘ng kredit ajratiladi;
  • qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning qarz yuki ko‘rsatkichi 50%dan oshmasligi lozim.

Hujjatlar

Ipoteka_Shartnoma.docx

Yuklab olish
download
Asosiy qarz oluvchi
  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
  • kredit olish uchun murojaat qilingan sanada 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan bo‘lishi;
  • doimiy ish joyiga, tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga, o‘zini o‘zi band qilgan shaxs maqomiga yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa hujjatlar bilan tasdiqlangan daromad manbaiga ega bo‘lishi;
  • daromadi kredit bo‘yicha foizlar va asosiy qarzni to‘lov jadvaliga muvofiq har oy to‘lash uchun yetarli bo‘lishi;
  • amaldagi kreditlar, mikroqarzlar, mikrokreditlar, lizing va boshqa majburiyatlar bo‘yicha so‘ndirilmagan muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;
  • turar joy qiymatining kamida 20%i miqdoridagi boshlang‘ich badalni shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘lishi;
  • qarz yuki ko‘rsatkichi 50%dan oshmasligi;
  • amaldagi kreditlar va ilgari berilgan kafilliklar mavjud bo‘lishiga, yangi kredit bo‘yicha to‘lovga layoqatlilik saqlangan taqdirda, yo‘l qo‘yilishi;
  • oxirgi 24 oy davomida ajratilgan kreditlar, mikrokreditlar va mikroqarzlar bo‘yicha kredit tarixi o‘rganilishi;
  • avval to‘liq so‘ndirilgan yoki amaldagi kreditlar bo‘yicha oxirgi 24 oy davomida 90 kundan ortiq muddati o‘tgan qarzdorlikka kamida bir marta yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, kredit ajratilishi rad etilishi.

Daromadni tasdiqlash

O‘rtacha oylik daromadni hisoblashda quyidagilar inobatga olinadi:

  • mehnat ta’tili davridan tashqari, uzluksiz 6 oy uchun ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  • pensiya miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  • fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya badallari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  • to‘langan soliqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shu jumladan davlat soliq xizmati organlari tomonidan tasdiqlangan jami yillik daromad deklaratsiyasi;
  • bank hisobvaraqlariga, shu jumladan bank kartalariga uzluksiz 6 oy davomida tushgan tushumlar;
  • o‘zini o‘zi band qilgan shaxsning tadbirkorlik faoliyatidan olgan daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  • qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa daromadlarni tasdiqlovchi ma’lumotlar.

Daromadlar soliqlar chegirilgan holda hisobga olinadi.

Mavsumiy ishlarni bajaradigan qarz oluvchilar uchun so‘nggi 6 oy ichida kamida 3 oy davomida uzluksiz olingan daromadlar qabul qilinishi mumkin.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxsning tadbirkorlik faoliyatidan olgan daromadi birgalikda qarz oluvchining daromadi sifatida qabul qilinmaydi.


Birgalikda qarz oluvchilar

5 nafargacha birgalikda qarz oluvchini jalb qilish mumkin.

  • birgalikda qarz oluvchilarga fuqarolik, yosh, daromad, qarz yuki va joriy muddati o‘tgan qarzdorlikning mavjud emasligi bo‘yicha talablar qo‘yiladi;
  • oxirgi 24 oy davomida ajratilgan kreditlar, mikrokreditlar va mikroqarzlar bo‘yicha kredit tarixi o‘rganiladi;
  • daromadlar hujjatlar yoki elektron ma’lumotlar bilan tasdiqlanishi lozim;
  • o‘zini o‘zi band qilgan shaxsning tadbirkorlik faoliyatidan olgan daromadi birgalikda qarz oluvchining daromadi sifatida qabul qilinmaydi.

Kerakli hujjatlar

Asosiy qarz oluvchidan:

  1. shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi — YaIDXP orqali raqamli shaklda taqdim etilishi mumkin;
  2. daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoki elektron ma’lumotlar — Bankning tegishli dasturi orqali elektron tarzda olinishi mumkin;
  3. davlat soliq xizmati organlarida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma — zarur hollarda;
  4. auksion savdolarida g‘olib bo‘lganlik va tegishli to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat yoki ma’lumotnoma;
  5. Bank bilan tuzilgan turar joy oldi-sotdi shartnomasi;
  6. turar joyning kadastr hujjatlari va egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;
  7. kredit ta’minotiga doir hujjatlar.

Harbiy xizmatchi harbiy guvohnomasini taqdim etgan taqdirda, pasport nusxasi ham talab etiladi.

Birgalikda qarz oluvchidan:

  1. shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi — YaIDXP orqali raqamli shaklda taqdim etilishi mumkin;
  2. daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoki elektron ma’lumotlar — Bankning tegishli dasturi orqali elektron tarzda olinishi mumkin.

O‘rganish jarayonida Bank qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa ma’lumot va hujjatlarni ham talab qilishi mumkin.


Qo’shimcha xarajatlari
  • Xonadonni oldi-sotdi qilish bo‘yicha notarius xizmatlari uchun xarajatlar
  • Mulkiy huquqni rasmiylashtirish uchun kadastr hujjatlarini tayyorlash xarajatlari

  • Ehtimol, sizni qiziqtiradi
    Orzuingizdagi uy
    ipotekaga yillik 17 % dan

    Birlamchi bozordan kvartira sotib olish uchun berilgan.

    Orzuingizdagi uy <br>ipotekaga yillik 16,5 % dan
    SQB Mobile - barcha kerakli to'lovlar endi telefoningizda

    Qulay mobil ilova yordamida kundalik toʻlovlarni amalga oshiring.

    SQB Mobile - barcha kerakli to'lovlar endi telefoningizda

    Oxirgi yangilanish sanasi: 14.08.2026 19:09  
    up
    logo
    DEMO
    close
    Давайте поговорим!
    close
    send
    arrow-left
    Недавние чаты
    close
    История
    FAQ
    Сегодня
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    Сегодня
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    Сегодня
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит