Qanday holatlarda SWIFT pul oʻtkazmalarini tanlamoq maʼqul?

Zamonaviy insonning hayotini dunyoning istalgan nuqtasiga pul oʻtkazmasini amalga oshirish imkoniyatisiz tasavvur qilishning iloji yoʻq.  Texnologiyalarning rivojlanishi pul oʻtkazmalarini bankning mobil ilovasi va boshqa servislari yordamida divandan turmagan holda amalaga oshirish imkonini beradi.

Biroq, tezkor pul oʻtkazmalari har doim ham qulay va foydali boʻlavermaydilar. Bunday vaziyatda SWIFT-oʻtkazmasidan foydalanish mumkin. Uning yordamida dunyoning istalgan nuqtasiga pul oʻtkazish, taʼlim olish yoki mexmonxonada yashash, shu bilan birga davolanish va boshqa xizmatlar uchun toʻlovni amalga oshirish mumkin.

SWIFT tizimi moliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi boshqa operatorlardan farq qiladigan eng maqbul tariflarni taklif etadi. Tizimda qatʼiy belgilangan narxlarning yoʻqligi sababli, ularning yakuniy summasi  ishtirokchi banklarning oʻzlari belgilaydigan komission yigʻimlardan iborat.

Tizim sizning oʻtkazmangizni manzilli yetib borishini kafolatlaydi, agarda texnik nosozliklar yoki xatoliklar vujudga kelsa – barcha zararlarni qoplab beradi.

SWIFT boshqa xalqaro tizimlardan farqli ravishda sizni oʻtkazma summasi miqdorida deyarli chegaralamaydi (maʼlum bir davlatning qonunchiligida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno). Mutaxassislar SWIFT  oʻtkazmalaridan minimal toʻlov komissiya yigʻimidan kam boʻlgan holatlarda foydalanishni maslaxt beradilar.

Yana bir soʻzsiz ustunlik tomoni bu uning keng xududiy qamrovidir – SWIFT xar yerda, istalgan bankning boʻlimi bor joyda ishlaydi. 
Istalgan valyutada pul oʻtkazish va qabul qilish mumkin.

Oʻtkazmani amalaga oshirayotganda tranzaksiyani amalga oshirishda  ishtirok etayotgan vositachi banklarning rekvizitlarini toʻgʻri koʻrsatishingiz kerak

  • Pul vositalari qabul qilinishi rejalashtirilgan bankning SWIFT-kodi;

  • Pul vositalarini qabul qiluvchining toʻliq ismi sharifi (jismoniy shaxs uchun) yoki yuridik shaxsning toʻliq nomi;

  • Qabul qiluvchining 16-xonali hisob raqami (IBAN formati);

  • Pul qabul qilinadigan bank boʻlinmasining nomi;

  • Vositachi bank muassasalari rekvizitlari.

SWIFT-tizimi orqali pul oʻtkazmalarining kamchiliklari sifatida pul qabul qilinishining nisbatan uzoq bosqichli ekanligini eʼtirof etish mumkin. Pul joʻnatuvchining ham, pulni qabul qiluvchining ham bank boʻlinmasi qanchalik uzoq boʻlsa, joʻnatma oʻz manziliga shunchalik sekin yetib boradi. Turli davlatlarda joʻnatma muddati bir kundan bir xaftagacha boʻlishi mumkin. Shuning uchun, joʻnatuvchi-bank va qabul qiluvchi bank sifatida yirik moliyaviy muassasalarni tanlashga xarakat qiling bunday holatda tranzaksiyani amalaga oshirish muddati bor yoʻgʻi bir necha soat boʻlishi mumkin.


Oxirgi yangilanish sanasi: 21.10.2021 10:40  
up