3D Secure: sizning onlayn-toʻlovlaringiz himoyasi

3D Secure oʻzi nima?

3D Secure - bank kartalari orqali amalaga oshiriladigan onlayn toʻlovlarni tasdiqlash va qoʻshimcha himoya texnologiyasi hisoblanadi. Bu tizim orqali karta egasining shaxsini uning telefon raqami va mijozning mobil telefoniga bank tomonidan yuboriladigan qoʻshimcha kod orqali aniqlash mumkin. Bugungi kunga kelib, ushbu texnologiyani yirik toʻlov tizimlari, masalan Visa qoʻllab kelishadi. Ularning logotiplarini ushbu maʼlumotlarni himoya qilish opsiyasidan foydalanadigan saytlarda koʻrish mumkin.

Bu qanday ishlaydi?

Internet orqali harid qilayotganingizda yoki xizmat uchun toʻlovni amalaga oshirayotganingizda Sizdan karta raqami va amal qilish muddati, karta egasining ismi sharifi va CVV/CVC2 kodini soʻraydi. Ideal holatda ushbu maʼlumotlarni faqat karta egasi bilishi kerak, lekin havfsizlik choralariga amala qilinmasa, bu maʼlumotlar boshqa shaxslarga oshkor boʻlishi mumkin va ular kartadan oʻz ehtiyojlari yoʻlida foydalanib, sizning mablagʻingizni ishlatib yuborishlari mumkin.

Mana shunday holatlarni oldini olish maqsadida ham 3D Secure tizimi ishlab chiqilgan – u toʻlov qilinayotgan mahalda qoʻshimcha etap kiritadi, yaʼni karta egasining telefoniga maxfiy kodli SMS xabar joʻnatadi. Ushbu kodni toʻlov rekvizitlaridan keyin keladigan saytdagi maxsus formaga kiritish kerak va faqatgina shundan soʻng bank hisobdan mablagʻlarni yechishni tasdiqlaydi.

3D Secure qanday ulash mumkin?

Bu xizmat bepul boʻlib, koʻpgina banklar uni avtomatik tarzda oʻrnatishadi. Siz bu xizmat bor yoʻqligini bilishingiz va zarur boʻlganda ulashingiz mumkin, buning uchun oʻz bankingizga qoʻngʻiroq qilishingiz yoki bankomatdan foydalanishingiz mumkin. Ushbu opsiyani sizga ulab berishni rad etishlari mumkin emas – bu toʻlov tizimlari qoidalarini buzilishi hisoblanadi.

Qoʻshimcha tavsiyalar:

  • telefon raqamingiz oʻzgarsa, bu haqda bankni ogohlantiring, bank esa oʻz navbatida toʻlovni tasdiqlash uchun maxsus kodli SMS xabarni sizning yangi raqmingizga yuboradi;

  • 3D Secure texnologiyasini qoʻllamaydigan saytlardan haridlar qilmang va xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirmang. Ushbu opsiyani qoʻllaydigan saytlarda siz albatta tegishli yozuv va logotipni koʻrasiz;

  • tasdiqlovchi kodni hech kimga eʼlon qilmang. Firibgarlar sizning kartangiz maʼlumotlaridan foydalanish maqsadida odatda qoʻngʻiroq qilib, SMS-xabar orqali kelgan kodni soʻrashadi. Shu bilan birga, koʻp hollarda ular oʻzlarini bank xodimlari sifatida tanishtirishadi. Tuzoqqa tushmang – toʻlovni tasdiqlash rasmiy sahifasida faqatgina siz ushbu kodni ishlatishingiz mumkin.

  • karta maʼlumotlarini brauzerda saqlamang.


Oxirgi yangilanish sanasi: 21.10.2021 14:51  
Pulingizni JOYDA mobil ilovasi orqali oʻtkazing!

Boshqa banklarning HUMO va UZCARD kartalariga pul oʻtkazmalari uchun atigi 0,35% komissiya

SQB kartalari orasida - 0%!

playmarketappstore
up