10 mlrd so‘mgacha
Kredit miqdori
60 oygacha
Kredit muddati
24 oygacha
Imtiyozli davr
UZS, USD, EUR va boshqalar
Kredit valyutasi
MB stavkasi + 10 f.p.dan boshlab
Kredit stavkasi
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi tadbirkorlar uchun
Mijoz
Bankning oʻzingizga eng yaqin ofisini tanlang va maslahat oling
Kerakli hujjatlarni taqdim qiling
Hujjatlarni imzolang va joriy hisob raqamiga pul oling
Kredit maqsadi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyat yuritayotgan mikro va kichik biznes subyektlarini moliyalashtirish.
- aylanma mablag‘larni to‘ldirish;
- investitsiya loyihalarini amalga oshirish;
- bino va inshootlarni sotib olish;
- uskuna va maxsus texnikalarni xarid qilish;
- investitsiya faoliyati bilan bog‘liq avtotransport vositalarini xarid qilish;
- investitsiya faoliyati bilan bog‘liq qurilish maqsadlari (PF-93 doirasidagi uy-joy qurilishi loyihalari moliyalashtirilmaydi);
- maqsadsiz kreditlar;
- yangi transport vositalari va maxsus texnikalarni xarid qilish.
Kreditlar kredit va foizlarni so‘ndirish, uchinchi shaxslarga moliyaviy yordam ko‘rsatish, qimmatli qog‘ozlar yoki yuridik shaxs ulushlarini sotib olish, ikkilamchi hisobvaraqlarga o‘tkazmalar hamda mahsulot pasportida nazarda tutilgan boshqa operatsiyalar uchun ajratilmaydi.
Valyuta:
- milliy valyuta (so‘m);
- xorijiy valyuta (AQSh dollari, yevro va boshqalar).
Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan YTTlarga xorijiy valyutada kredit ajratilmaydi.
Kredit muddati:
- aylanma mablag‘lar uchun — 18 oygacha;
- investitsiya loyihalari uchun — 60 oygacha;
- maqsadsiz kreditlar uchun — 60 oygacha;
- transport vositalari va maxsus texnikalarni xarid qilish uchun — 48 oygacha;
- jalb qilingan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilganda — resurs shartlariga asosan.
Imtiyozli davr:
- aylanma mablag‘lar uchun — 3 oygacha;
- investitsiya loyihalari uchun — 24 oygacha;
- maqsadsiz kreditlar uchun — 6 oygacha;
- transport vositalari va maxsus texnikalarni xarid qilish uchun — 3 oygacha;
- jalb qilingan mablag‘lar bo‘yicha — resurs shartlariga asosan.
Investitsiya loyihalarida imtiyozli davr biznes-rejada asoslantirilgan bo‘lishi lozim.
Foiz stavkasi:
- milliy valyutada (bankning o‘z mablag‘lari hisobidan) — Markaziy bank asosiy stavkasi + 10 f.p.dan kam bo‘lmagan miqdorda;
- xorijiy valyutada va jalb qilingan mablag‘lar hisobidan — bankning amaldagi stavkalaridan kam bo‘lmagan miqdorda;
- maqsadli resurslar bo‘yicha normativ hujjatlarda belgilangan stavka qo‘llaniladi.
Kredit summasi:
- aylanma mablag‘lar uchun — 10 mlrd so‘mgacha;
- investitsiya loyihalari uchun — 10 mlrd so‘mgacha;
- maqsadsiz kreditlar uchun — 50 mln so‘m ekvivalentidan 5 mlrd so‘m ekvivalentigacha;
- transport vositalari va maxsus texnikalarni xarid qilish uchun — 5 mlrd so‘m ekvivalentigacha;
- yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan YTTlar uchun — 500 mln so‘mgacha.
Mijozning barcha banklardagi umumiy kredit qarzdorligi 10 mlrd so‘mdan oshmasligi lozim.
Kredit ta’minoti:
Ta’minotning umumiy hajmi kredit summasining kamida 125% miqdorida bo‘lishi lozim.
“Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi” AJ kafilligi taqdim etilganda mulkiy garov hajmi kafillik summasiga kamaytiriladi.
Investitsiya loyihalari uchun:
- dastlabki ko‘chmas mulk garovi kredit summasining kamida 70% miqdorida bo‘lishi lozim;
- ta’minotning qolgan qismi kredit hisobidan xarid qilinadigan asosiy vositalar va/yoki qurilayotgan obyektlar bilan rasmiylashtirilishi mumkin.
Garov rasmiylashtirilguniga qadar sug‘urta polisi yoki kafillik taqdim etiladi.
Transport vositalari va maxsus texnikalar uchun:
- transport va maxsus texnikalar yangi, foydalanilmagan hamda ishlab chiqarilganiga 2 yildan oshmagan bo‘lishi kerak;
- mijozning boshlang‘ich badali kamida 20% bo‘lishi lozim;
- garov qiymati yetarli bo‘lmaganda sug‘urta polisi va/yoki qo‘shimcha ta’minot taqdim etiladi;
- xarid qilinayotgan texnika qarz oluvchi nomiga rasmiylashtirilgandan so‘ng garovga olinadi.
Qabul qilinadigan garov turlari:
- ko‘chmas mulk;
- avtotransport vositalari — 4 yildan oshmagan;
- maxsus texnikalar — 2 yildan oshmagan;
- pul mablag‘lari;
- kredit hisobidan xarid qilinadigan asosiy vositalar;
- kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgandan keyin qurilayotgan obyektlar.
Maxsus shartlar:
- transport va maxsus texnika xaridi bo‘yicha loyihalar investitsiya loyihalari hisoblanmaydi;
- bunday loyihalar uchun TIA taqdim etilishi talab qilinmaydi;
- import kontraktlari texnika yetkazib berilgandan keyin yoki akkreditiv orqali moliyalashtiriladi;
- yetkazib beruvchi diler maqomini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilishi lozim;
- ko‘chmas mulk mustaqil baholovchi tashkilot tomonidan baholanadi;
- garov qiymati “E-baholash” MCHJ bahosidan yuqori bo‘lmasligi kerak.
Qarz oluvchiga qo‘yiladigan talablar:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyat yuritayotgan bo‘lishi lozim;
kredit yuklamasi — 150%dan oshmasligi kerak;
oshgan hollarda yuridik shaxs kafilligi talab qilinishi mumkin.maqsadsiz kreditlar bo‘yicha oxirgi 6 oy ichida kamida 3 oy davomida hisobvaraqlar aylanmasi mavjud bo‘lishi lozim.
amaldagi kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi kerak.
“shubhali” yoki “umidsiz” toifaga kiritilgan amaldagi kreditlar mavjud bo‘lmasligi lozim.
oxirgi 12 oy davomida:
61–90 kunlik kechikish — 1 martadan oshmasligi kerak;
90 kundan ortiq kechikishga yo‘l qo‘yilmaydi.
KATM reytingi — kamida 200 ball bo‘lishi lozim.
2-son kartoteka qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi kerak.
biznes ro‘yxatdan o‘tgan muddat — kamida 6 oy;
PF-93 doirasidagi loyihalar uchun — kamida 2 yil.barcha banklardagi umumiy kredit qarzdorligi — 10 mlrd so‘mdan oshmasligi kerak.
transport vositalari va maxsus texnika xaridi loyihalari bo‘yicha texnika yangi, foydalanilmagan va ishlab chiqarilganiga 2 yildan oshmagan bo‘lishi lozim.
qarz oluvchi xarid qilinayotgan texnika qiymatining kamida 20% miqdorida boshlang‘ich badalni ta’minlashi lozim.
Kerakli hujjatlar ro‘yxati
kredit olish uchun ariza;
oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya hisoboti;
choraklik hisobot yoki tezkor balans (zaruratga ko‘ra);
oldi-sotdi shartnomasi / import kontrakti;
TIA yoki biznes-reja (investitsiya loyihalari uchun);
bank hisobvaraqlari aylanmalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari yoyilmasi;
mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti (mol-mulk garovga qo‘yilganda);
garov mulki bo‘yicha hujjatlar;
yetkazib beruvchining diler maqomini tasdiqlovchi hujjatlar
(transport vositalari va maxsus texnika xaridi loyihalari uchun);sug‘urta polisi va/yoki qo‘shimcha ta’minot hujjatlari
(garov qiymati yetarli bo‘lmaganda);bank talabiga ko‘ra boshqa hujjatlar.
Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan YTTlar uchun:
ariza;
YTT guvohnomasi va pasport;
bank hisobvaraqlari aylanmalari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
shartnoma / kontrakt;
ta’minot bo‘yicha hujjatlar;
bank talabiga ko‘ra boshqa hujjatlar.
Hujjatlarning to‘liq ro‘yxati va ta’minotga qo‘yiladigan talablar ariza ko‘rib chiqilishi natijasiga ko‘ra bank tomonidan alohida belgilanadi.
Oxirgi yangilanish sanasi: 26.05.2026 11:21













