Omonatlarni kafolatlash va uning muhim jihatlari
18-fevral 2025-yili **"Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida"**gi qonun imzolandi. Ushbu qonun sizning jamg‘armalaringiz xavfsizligini yanada mustahkamlaydi. Endilikda bir bankda bir omonatchining kafolatlangan omonati 200 mln so‘mni tashkil etadi.
✔ Bu siz uchun nimani anglatadi?
- Agar omonatingiz qonun kuchga kirguniga qadar qo‘yilgan bo‘lsa, u miqdoridan qat’i nazar to‘liq kafolatlanadi.
- Agar omonatingiz 200 mln so‘mdan kam bo‘lsa, u 100% kafolatlanadi.
- Agar omonatingiz 200 mln so‘mdan oshsa, siz baribir bankda pul saqlashingiz mumkin – bu uyda saqlashdan xavfsiz va foydaliroq. Omonat faqat belgilangan miqdorda kafolatlanadi, qolgan mablag‘lar esa bankning shartnoma bo‘yicha majburiyatlari asosida himoyalanadi.
✔ Nima o‘zgardi?
- Endilikda kafolat faqat jismoniy shaxslargagina emas, balki tadbirkorlar, shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlarning omonatlariga ham tatbiq etiladi.
- Kompensatsiya to‘lovining muddati 83 kundan 20 ish kuniga qisqartirildi, kelajakda esa 7 ish kuniga tushiriladi.
- Agar ajratilgan muddat ichida kompensatsiya ololmagan bo‘lsangiz, mablag‘ingizni istalgan vaqtda olishingiz mumkin.
Sizning omonatlaringiz ishonchli qo‘llarda!
Qo‘shimcha ma’lumotlarni Markaziy bankning rasmiy veb-saytidan, finlit.uz portalidan yoki Omonatlarni kafolatlash agentligining rasmiy saytlaridan olishingiz mumkin.