12 mlrd so‘mgacha
Kredit miqdori
84 oygacha
Kredit muddati
36 oygacha
Imtiyozli davr
UZS
Kredit valyutasi
Yillik 14%
Kredit stavkasi
Mikro va kichik biznes
Segment
Bankning oʻzingizga eng yaqin ofisini tanlang va maslahat oling
Kerakli hujjatlarni taqdim qiling
Hujjatlarni imzolang va joriy hisob raqamiga pul oling
Kredit maqsadi:
kam hosilli bog‘ va tokzorlarni yangilash va (yoki) sanoat usulidagi intensiv bog‘ va tokzorlarni barpo etish.
Mijozlar:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi mikro va kichik biznes subyektlari:
- yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan tadbirkorlar;
- yuridik shaxslar.
Kredit valyutasi:
milliy valyuta — so‘m.
Kredit miqdori:
60 mln so‘mdan 12 mlrd so‘mgacha.
Moliyalashtirishning maksimal miqdori — har bir gektarga 120 mln so‘mgacha.
Kredit muddati:
84 oygacha.
Xorijiy davlatlardan in vitro usulida yetishtirilgan va sertifikatga ega mevali ko‘chatlarni import qilish uchun — 18 oygacha.
Imtiyozli davr:
36 oygacha.
Xorijiy davlatlardan in vitro usulida yetishtirilgan va sertifikatga ega mevali ko‘chatlarni import qilish uchun — 3 oygacha.
Foiz stavkasi:
yillik 14%.
Kreditni ajratish shakli:
yopiq kredit liniyasi orqali mahsulot yetkazib beruvchi korxonalarning hisob raqamiga pul o‘tkazish yo‘li bilan.
Moliyalashtirish manbai:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘lari.
Mulkiy ta’minot turlari:
- Bank talablariga muvofiq bo‘lgan ko‘chmas mulk;
- ijara shartnomasida garovga qo‘yish taqiqlanmagan bo‘lsa, yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi;
- ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan avtotransport vositalari.
Qo‘shimcha ta’minot turlari:
- kredit muddatiga mutanosib ravishda rasmiylashtirilgan va sug‘urta mukofoti to‘langan kreditni qaytarmaslik xataridan sug‘urta polisi;
- “Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi” AJ kafilligi.
Maxsus shartlar:
- xorijiy davlatlardan in vitro usulida yetishtirilgan va sertifikatga ega mevali ko‘chatlarni import qilish uchun har bir ko‘chatga 5 AQSH dollarigacha ekvivalentda kredit ajratiladi;
- eskirgan bog‘larni yangilash Agrosanoatni rivojlantirish agentligining bog‘ni yaroqsiz deb topish va uning o‘rnida intensiv bog‘ barpo etish to‘g‘risidagi xulosasi mavjud bo‘lganda moliyalashtiriladi;
- loyiha mijoz faoliyat yuritayotgan joydan 200 km radiusgacha masofada joylashgan Bank tarmog‘i tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Maqsadli auditoriya:
- mikro va kichik biznes subyektlari;
- yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan tadbirkorlar;
- yuridik shaxslar;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi yoki Surxondaryo viloyatida faoliyat yurituvchi mijozlar.
Loyiha mijoz faoliyat yuritayotgan joydan 200 km radiusgacha masofada joylashgan Bank tarmog‘i tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Mijozga qo‘yiladigan asosiy talablar:
- Faoliyat yuritish muddati:
- mijoz davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan boshlab kamida 12 oy davomida faoliyat yuritgan bo‘lishi lozim;
- so‘nggi 6 oy davomida bank hisobvarag‘ida asosiy faoliyat bilan bog‘liq pul tushumlari mavjud bo‘lishi, bunda kamida 3 oy davomida tushum qayd etilgan bo‘lishi lozim.
- Moliyaviy holati:
- mijozning kredit yuklamasi 100%dan oshmasligi lozim;
- moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot — 2-sonli shakl ijobiy natijaga ega bo‘lishi lozim;
- o‘z aylanma mablag‘lari ko‘rsatkichi ijobiy bo‘lishi lozim.
2-sonli shakl va o‘z aylanma mablag‘lariga qo‘yiladigan talablar yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yurituvchi tadbirkorlarga tatbiq etilmaydi.
- Kredit tarixi:
- barcha banklar va kredit tashkilotlarida joriy muddati o‘tgan kredit qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;
- “qoniqarsiz”, “shubhali” yoki “umidsiz” toifalarida tasniflangan amaldagi kreditlar mavjud bo‘lmasligi;
- so‘nggi 6 oy davomida 61 kundan 90 kungacha muddati o‘tgan kredit qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;
- so‘nggi 12 oy davomida 90 kundan ortiq muddati o‘tgan kredit qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;
- Kredit axborot-tahliliy markazi ma’lumotlariga ko‘ra skoring balli kamida 200 bo‘lishi lozim.
- Mijozning majburiyatlari:
- 2-sonli kartoteka qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;
- ijro ishlari bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi;
- mijoz bilan o‘zaro aloqador korxonalarning “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida muddati o‘tgan kredit qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;
- Bankdagi amaldagi kreditlardan maqsadsiz foydalanish holatlari mavjud bo‘lmasligi;
- Bankdagi amaldagi kreditlar bo‘yicha so‘nggi 12 oy davomida restrukturizatsiyalar soni bittadan oshmasligi;
- asosiy qarz va (yoki) foiz qarzdorligi bo‘yicha yakuniy to‘lov muddatini uzaytirish holatlari ikkitadan oshmasligi.
- Ta’sischilarga qo‘yiladigan talablar:
- so‘nggi 6 oy davomida ta’sischilar tarkibi o‘zgarmagan bo‘lishi lozim;
- amaldagi ta’sischilar tarkibi saqlanib qolgan holda yangi ta’sischilar qo‘shilishiga, shuningdek yaqin qarindoshlar o‘rtasida ta’sischilar tarkibi o‘zgarishiga ruxsat etiladi;
- ta’sischilarning jismoniy shaxs sifatida olgan kreditlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;
- ta’sischilar va ular bilan bog‘liq korxonalarning ijro ishlari bo‘yicha qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi.
Qo‘shimcha shartlar:
- so‘nggi 3 yil davomida kredit majburiyatlari bilan bog‘liq va to‘liq yoki qisman qanoatlantirilgan sud da’volari mavjud bo‘lmasligi, mahsulot shartlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;
- mijozning mahsulot yetkazib beruvchi bilan tuzilgan tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitorlik qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;
- import shartnomalariga qo‘yiladigan talablar Bankning Kredit siyosatiga muvofiq belgilanadi;
- mijozning faoliyati va loyiha amalga oshiriladigan joy biznes menejer tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganiladi;
- eskirgan bog‘larni yangilash Agrosanoatni rivojlantirish agentligining tegishli xulosasi mavjud bo‘lganda moliyalashtiriladi;
- kredit loyiha mahsulotning barcha talablariga muvofiq bo‘lganda va tekshiruv natijasi ijobiy bo‘lganda ajratiladi.
Kredit olish uchun asosiy hujjatlar:
- Kredit olish uchun ariza.
- Mijozning ta’sis va davlat ro‘yxatidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari, shuningdek ularga kiritilgan o‘zgartirishlar.
-
Oxirgi hisobot davri uchun moliyaviy hisobotlar:
- buxgalteriya balansi;
- moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi 2-sonli shakl bo‘yicha hisobot;
- debitorlik va kreditorlik qarzdorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
2-sonli shakl bo‘yicha hisobot yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yurituvchi tadbirkorlardan talab etilmaydi.
- Mijozning bank hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lari harakati to‘g‘risida so‘nggi 6 oy uchun ma’lumotlar.
- Kredit mablag‘lari hisobidan to‘lanadigan tovarlar, ishlar yoki xizmatlarni yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar.
-
Taklif etilayotgan ta’minot bo‘yicha hujjatlar:
- ko‘chmas mulkka doir hujjatlar;
- yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi va ijara huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;
- avtotransport vositasiga doir hujjatlar;
- zarur hollarda mustaqil baholash tashkilotining hisoboti;
- ta’minot turiga qarab sug‘urta polisi yoki kafillikka doir hujjatlar.
- Eski bog‘larni yangilash moliyalashtirilganda — Agrosanoatni rivojlantirish agentligining bog‘ni yaroqsiz deb topish va uning o‘rnida intensiv bog‘ barpo etish mumkinligi to‘g‘risidagi xulosasi.
- In vitro usulida yetishtirilgan mevali ko‘chatlar import qilinganda — ko‘chatlar sertifikati va import shartnomasi.
- Mijoz so‘nggi 6 oy davomida qayta ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa — Davlat xizmatlari markazidan olingan reestr ma’lumotnomasi.
- Mijozning asosiy bank hisobvarag‘i boshqa bankda ochilgan bo‘lsa — 2-sonli kartoteka qarzdorligi mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.
- Yuridik shaxslar uchun — mijozning vakolatli boshqaruv organining kredit olish to‘g‘risidagi qarori.
- Kredit shartnomasini imzolovchi shaxsning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar.
Ko‘chatlarni import qilishda qo‘shimcha ravishda:
- import shartnomasida to‘lov turi 100 foizlik akkreditiv yoki tovar yetkazib berilgandan keyin to‘lash shaklida belgilangan bo‘lishi lozim;
- agar oldindan to‘lov nazarda tutilgan bo‘lsa, moliyalashtirish moliyaviy barqaror xorijiy bank kafolati mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi.
Izoh:
Kredit arizasini ko‘rib chiqish jarayonida Bank qonunchilik, Bankning Kredit siyosati va kredit mahsuloti shartlariga muvofiq qo‘shimcha hujjatlar hamda ma’lumotlarni talab qilishga haqli.
Oxirgi yangilanish sanasi: 06.08.2026 11:13













