Mahalla tadbirkori mikroqarz


Tadbirkorlik faoliyatini yuritish va yoʻlovchi tashish uchun avtomobil xarid qilishga moʻljallangan mikroqarz.

Mahalla tadbirkori mikroqarz

Мaksimal miqdori

300 mln soʻmgacha

Yillik foiz stavkasi

25 %

Kredit muddati

5 yilgacha

Kredit taqdim etish shakli

kartaga yoki shartnoma asosida

«Mikroqarz» kreditini qanday olish mumkin?

Kredit olish bosqichlari:

Dastlabki maslahatni telefon orqali yoki bank ofisidan oling


Bank uchun kerakli hujjatlarni taqdim eting va bankning ijobiy qarorini kuting

Bank bilan kredit shartnomasini imzolang


Kerakli hujjatlar:
  • Pasport yoki ID-karta

  • Daromadlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

  • Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjat

  • Biznes-reja

  • Taʼminotga doir hujjatlar

  • Oldi-sotdi shartnomasi (avtomobil xarid qilinganda)

Kredit Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga murojaat qilgan paytda 18 yoshga toʻlgan va 60 yoshdan oshmagan (60 yosh ham kiradi) shaxslarga beriladi.

Kreditni to'lash usullari:

SMS

2500 raqamiga yuborish orqali

Bank orqali

Istalgan ofisida

Bank kartalari

SQB Mobile ilovasi orqali

LogoJoyda
SQB MOBILE yuklab olish

Kalkulyator

To'lov turini tanlang
Annuitet
Differensial
Kredit miqdori
Boshqa xizmatlar
Muddati

To'lov jadvali

*Hisob-kitoblar faqat ma'lumot uchun mo'ljallangan. Umumiy hisob individual ravishda hisoblanadi.

Batafsil shartlar
  • Mikroqarz berish shartlari
  • Qarz oluvchiga qo'yiladigan talablar
  • Kerakli hujjatlar
Asosiy ma’lumotlar

Mikrokredit maqsadi:

— tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish
— yo‘lovchi tashish uchun avtotransport vositasini sotib olish

Mikrokredit miqdori:

— 30 mln so‘mgacha
— avtotransport vositasini sotib olish uchun 300 mln so‘mgacha

Mikrokredit muddati:

— 36 oygacha
— avtotransport vositasini sotib olish uchun 60 oygacha

Foiz stavkasi:

— yillik 25%
— “Mahalla loyihasi” dasturi doirasida foiz xarajatlarining bir qismi “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan kompensatsiya qilinishi mumkin

Imtiyozli davr:

— 3 oygacha
— avtotransport vositasini sotib olishda 6 oygacha

Qaytarish usuli:

— annuitet — teng summalarda
— differensial — kamayib boruvchi summalarda

Mikrokredit ta’minoti:

Tadbirkorlik faoliyati uchun:
— jismoniy shaxslarning kafilligi (2 kishigacha)
— kredit qaytmasligi riskini sug‘urtalash polisi

Avtotransport vositasini sotib olishda:
— sotib olinayotgan avtotransport vositasi garovi


Ta’minotga qo‘yiladigan talablar:

— mikrokredit summasining kamida 125% miqdorida
— avtotransport vositasi sotib olishda kamida 133,3% miqdorida

Mablag‘larni ajratish shakli:

— qarz oluvchining bank kartasiga
— oldi-sotdi shartnomasi asosida (avtotransport vositasi sotib olishda)

Qo‘shimcha shartlar:

— “Mahalla loyihasi” dasturi doirasidagi arizalar oilakredit.uz platformasi orqali yuboriladi
— kompensatsiyadan foydalanish uchun qarz oluvchi o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan va ijtimoiy soliq to‘lagan bo‘lishi lozim
— kompensatsiya rad etilganda kredit foizlari qarz oluvchi tomonidan mustaqil ravishda to‘lanadi
— joriy qarzdorlik to‘liq so‘ndirilgandan so‘ng mikrokreditdan qayta foydalanish mumkin


Hujjatlar

Avtotransport vositasi garovi shartnomasi

Yuklab olish
download

Ko‘chmas mulk garovi shartnomasi

Yuklab olish
download

Jismoniy shaxslarning kafillik shartnomasi

Yuklab olish
download

Sug‘urta polisiga doir garov shartnomasi

Yuklab olish
download

Birgalikda qarz oluvchi shartnomasi

Yuklab olish
download

Jismoniy shaxslarning kafillik shartnomasi

Yuklab olish
download
Qarz oluvchiga qo‘yiladigan asosiy talablar

— O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
— murojaat qilingan sanada 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan bo‘lishi (shu jumladan);
— davlat soliq xizmati organlarida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi;
— “Mahalla loyihasi” dasturi doirasida kredit rasmiylashtirilganda ariza oilakredit.uz platformasi orqali yuborilishi;
— mikrokredit va hisoblangan foizlarni qaytarish uchun yetarli daromad manbaiga ega bo‘lishi;
— tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan biznes-rejaga ega bo‘lishi;
— avval olingan kreditlar va mikrokreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi.


Qo‘shimcha

— oxirgi 24 oy uchun kredit tarixi majburiy tarzda o‘rganiladi;
— oxirgi 24 oy davomida 90 kundan ortiq muddati o‘tgan qarzdorlik holati 2 martadan ortiq mavjud bo‘lsa, mikrokredit ajratish rad etiladi;
— qarz yuklamasi ko‘rsatkichi (PDN) 50%dan oshmasligi kerak;
— foiz xarajatlarining bir qismi “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan belgilangan tartibda kompensatsiya qilinishi mumkin;
— kompensatsiya rad etilganda foiz to‘lovlari qarz oluvchi tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi;
— joriy qarzdorlik to‘liq so‘ndirilgandan so‘ng mikrokreditdan qayta foydalanishga ruxsat etiladi.


Qarz oluvchidan:

— pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat
— daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (bankning elektron tizimlari orqali olinishi mumkin)
— tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha biznes-reja
— ta’minot bo‘yicha hujjatlar
— o‘zini o‘zi band qilganlik to‘g‘risidagi hujjat
— ijtimoiy soliq to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat (belgilangan hollarda)
— avtotransport vositasini oldi-sotdi shartnomasi (avtotransport vositasi sotib olinganda)
— oilakredit.uz platformasi orqali yuborilgan ariza (zarur hollarda)

Bank qonunchilikka muvofiq qo‘shimcha hujjatlarni talab qilish huquqiga ega.


Savollarga javoblar

- Ha, SQB kartasining mavjudligi majburiy. Biroq, siz SQB virtual kartasini JOYDA mobil ilovasi orqali -onlayn rasmiylashtirishingiz mumkin.
- Skoring amaliyotidan o‘tish uchun siz ish haqi kartasining raqamini ko‘rsatishingiz kerak.
- Mikroqarz miqdori ish haqi kartangizning skoringi asosida aniqlanadi va 100 million so‘mdan oshmaydi.
- Rasmiy ish joyiga ega bo‘lish arizani tasdiqlash uchun majburiy talab hisoblanadi. Ammo, agar siz nafaqaxo‘r bo‘lsangiz, nafaqa to‘lovlari haqidagi ma'lumotlarni taqdim etishingiz mumkin. Agar siz o‘zini o‘zi band qilgan bo‘lsangiz, so‘nggi 6 oy ichida asosiy hisob raqamdan kamida 10% aylanmani tasdiqlovchi ma'lumotnoma taqdim etishingiz kerak bo‘ladi.
- Yo‘q. Arizani tasdiqlash uchun so‘nggi 6 oy ichida rasmiy daromad talab qilinadi.
- Verifikatsiya-bu yuzni aniqlash texnologiyasiga (face ID) asoslangan MyID tizimi orqali identifikatsiyani tekshirishni o‘z ichiga olgan jarayon.
- Bu savolga aniq javob berish juda qiyin. Ehtimol, siz kredit olish uchun bir yoki bir nechta majburiy shartlarga javob bermadingiz.

Ehtimoliy sabablar: so‘nggi 6 oy davomida barqaror daromadning yo‘qligi, past kredit reytingi, arizada noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmagan ma'lumotlar, yosh yoki fuqarolik talablariga mos kelmaslik, shuningdek, yuqori kredit yuklamasi.
- 5 daqiqada. Biroq, tizimda yoki bankning EXHT-da nosozliklar bo‘lsa, vaqtni uzaytirish mumkin va uni aniq bilish qiyin.
– Ha, siz bank ofisida mikroqarz rasmiylashtirish orqali tasdiqlangan summani naqd pul ko‘rinishida olishingiz mumkin.
Ha, mijoz xohishiga ko‘ra, kredit qaytmaslik xatari bo‘yicha sug‘urta to‘lovi kredit summasiga qo‘shilishi mumkin

Ehtimol, sizni qiziqtiradi
Orzuingizdagi uy
ipotekaga yillik 17 % dan

Birlamchi bozordan kvartira sotib olish uchun berilgan.

Orzuingizdagi uy <br>ipotekaga yillik 16,5 % dan
SQB Mobile - barcha kerakli to'lovlar endi telefoningizda

Qulay mobil ilova yordamida kundalik toʻlovlarni amalga oshiring.

SQB Mobile - barcha kerakli to'lovlar endi telefoningizda

Oxirgi yangilanish sanasi: 14.05.2026 15:40  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит