Mikro va kichik biznes subyektlari uchun
Kimga to'g'ri keladi
60 oygacha
Kredit muddati
3 oygacha
Imtiozli davr
UZS, EUR, RUB, USD
Kredit valyutasi
100 000 USD ekvivalentigacha
Kreditning maksimal miqdori
Yillik 24% dan so‘mda
Foiz stavkasi
Bankning oʻzingizga eng yaqin ofisini tanlang va maslahat oling
Kerakli hujjatlarni taqdim qiling
Hujjatlarni imzolang va joriy hisob raqamiga pul oling
Kredit maqsadi:
Biznesning joriy ehtiyojlarini moliyalashtirish.
Kredit mablag‘lari kredit qarzdorligini so‘ndirish, qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish, yuridik shaxslar ulushini sotib olish hamda kafillik majburiyatlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish uchun ajratilmaydi.
Valyuta:
- milliy valyuta — so‘m;
- xorijiy valyuta — AQSh dollari, yevro va boshqa valyutalar.
Kredit summasi:
100 000 AQSh dollari ekvivalentigacha.
Foiz stavkasi:
- so‘mda ajratiladigan kreditlar — yillik 24% dan;
- xorijiy valyutada ajratiladigan kreditlar — yillik 12% dan.
Yakuniy foiz stavkasi kreditlash shartlari va Bankning ichki talablaridan kelib chiqib individual tarzda belgilanadi.
Imtiyozli davr:
3 oygacha.
Kredit ajratish shakli:
- naqd pul shaklida;
- bank plastik kartasiga o‘tkazish orqali;
- mahsulot yetkazib beruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi korxonaning hisobvarag‘iga o‘tkazish orqali.
Kredit ta’minoti:
Kredit summasining kamida 125% miqdorida likvid mulkiy garov, bog‘liq shaxslar uchun esa kamida 130%.
Ko‘chmas mulk Bankda o‘rnatilgan talablar asosida garovga qabul qilinadi. Bozor hududida joylashgan rekonstruksiya qilingan savdo do‘konlari, parrandachilik va issiqxona komplekslari hamda bekatlar garovga qabul qilinmaydi.
Garov ta’minoti uchun taqdim etilgan ko‘chmas mulk mazkur mahsulot doirasida bir marta garovga qabul qilinadi.
Ko‘chmas mulk uchun diskont miqdori:
- qarz oluvchining faoliyat davri davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan boshlab 6 oygacha bo‘lsa — 65% gacha;
- qarz oluvchining faoliyat davri davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan boshlab 6 oydan ortiq bo‘lsa — 75% gacha.
- Kredit uchun ariza berilgan kundan oxirgi 6 oy ichida 61 kundan 90 kungacha muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi lozim.
- Kredit uchun ariza berilgan kundan oxirgi 12 oy ichida 90 kundan oshgan muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi lozim.
- KATM ma’lumotnomasiga asosan reyting natijasi kamida 200 ball bo‘lishi lozim.
- Mijozning moliyaviy holati ijobiy bo‘lishi lozim.
-
Quyidagi shaxslarning Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi lozim:
- qarz oluvchining;
- qarz oluvchi korxona ta’sischi(lar)i rahbar/ta’sischi bo‘lgan korxonalarning (kredit uchun ariza berilgan kunda qarzdorlik miqdori 10,0 mln so‘mgacha bo‘lib, 60 kundan oshmagan holatlar bundan mustasno hisoblanadi);
- qarz oluvchi korxona rahbari ta’sischi/rahbar bo‘lgan korxonalarning (kredit uchun ariza berilgan kunda qarzdorlik miqdori 10,0 mln so‘mgacha bo‘lib, 60 kundan oshmagan holatlar bundan mustasno hisoblanadi);
- qarz oluvchi korxona ta’sischi(lar)i/rahbarlarining (kredit uchun ariza berilgan kunda qarzdorlik miqdori 10,0 mln so‘mgacha bo‘lib, 60 kundan oshmagan holatlar bundan mustasno hisoblanadi).
- Oxirgi 12 oyda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida mavjud kreditlari bo‘yicha restrukturizatsiyalar bo‘lmasligi lozim.
- Kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanish talab etiladi.
Qo‘shimcha shartlar
- Garovga qo‘yuvchilarning “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida 2-sonli kartoteka qarzdorligi hamda Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘ mavjud bo‘lmasligi lozim.
- Kredit uchun ariza berilgan kunda Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi bo‘yicha qarzdorlik miqdori 10,0 mln so‘mgacha bo‘lib, 60 kundan oshmagan holatlar hamda “Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi” AJ kafilliklari bundan mustasno hisoblanadi.
Yuridik shaxslar uchun:
1. Ariza
2. Kredit olish bo‘yicha ta’sischilar roziligi (amaldagi qonunchilikka muvofiq)
3. Moliyaviy hisobotlar (buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot)
4. Boshqa banklardagi hisobvaraqlar aylanmasi to‘g‘risida ma’lumot
5. Mahsulot yoki xizmat xaridi bo‘yicha shartnoma nusxasi
6. Loyiha xususiyatidan kelib chiqib qo‘shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin
Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan tadbirkorlik subyektlari uchun:
1. Ariza
2. Boshqa banklardagi hisobvaraqlar bo‘yicha aylanma ma’lumotlari
3. Mahsulot yoki xizmat xaridi bo‘yicha shartnoma nusxasi
4. Zaruratga ko‘ra qo‘shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin
Oxirgi yangilanish sanasi: 23.09.2026 21:06













