
O`zbekiston bo`ylab bank operatsiyalari va onlayn to`lovlarning to`liq spektriga ega universal karta
UZCARD kartasi – NFC texnologiyasidan foydalangan holda kontaktsiz to‘lovni qo‘llab-quvvatlaydigan yangi bo‘rttirma UZCARD. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB mazkur plastik kartochkalarni yuridik va jismoniy shaxslarga taklif etadi. Pensiya yoki ish haqini plastik kartochkalarga o‘tkazish bilan sizga naqd pul olib yurishga hojat qolmaydi, shuningdek, mablag‘larning xavfsizligini va o‘zaro hisob-kitoblarning to‘g‘riligini ta’minlaydi.
UZCARD kartalari ish haqi va pensiya to‘lovlari uchun bepul taqdim etiladi.
Tijorat va xizmat ko‘rsatish korxonalarida, shuningdek, bank muassasalarida UZCARD kartalaridan foydalangan holda debet operatsiyalarini amalga oshirishda komissiya olinmaydi.
UZCARD kartasining afzalliklari:
Tijorat va virtual terminallar orqali to'lash uchun ikkita interfeysli kartalar (bir vaqtning o'zida kontaktli va kontaktsiz).
Bank kassalarida va bankomatlar orqali naqd pul olish (faqat jismoniy shaxslarning kartalari bilan)
Ko'pgina mobil ilovalar, jumladan SQB Mobile ilovasi orqali kartadan kartaga pul o'tkazish
Yuqori xavfsizlik
Ko'zi ojiz fuqarolar uchun ramzlarning bo'rttirma belgilarining mavjudligi
| Tariflar | Summa |
|---|---|
| Kartani rasmiylashtirish | |
| Kartani birinchi marta ochish | Bepul |
| Mobil ilova orqali kartani ochish | Bepul |
| Qo‘shimcha kartani ochish | Nazarda tutilmagan |
| Kartani qayta chiqarish | |
| Amal qilish muddati tugaganda kartani qayta chiqarish | Bepul |
| Boshqa hollarda kartani qayta chiqarish | Bepul |
| Mobil ilova orqali kartani qayta chiqarish | Bepul |
| Asosiy operatsiyalar | |
| Kartaga xizmat ko‘rsatish | Bepul |
| SQB kassalari orqali to‘ldirish | Bepul |
| Boshqa maqsadlarda kelib tushgan pul mablag‘larini mijoz kartasiga kirim qilish | Bepul |
| Tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish | Bepul |
| Qo‘shimcha xizmatlar | |
| Kartani blokka qo‘yish | Bepul |
| Kartani blokdan chiqarish | Bepul |
| SMS-banking xizmatiga ulanish va abonent to‘lovi | Bepul |
| Karta hisobvarag‘idagi qoldiq va aylanma to‘g‘risida ma’lumotnoma berish | 50 000 so‘m (QQS bilan), oyda 1 marta — bepul |
| Mobil ilova orqali karta hisobvarag‘idagi qoldiq va aylanma to‘g‘risida ma’lumotnoma berish | Bepul |
| SQB Mobile orqali o‘tkazmalar | |
| Uzcard va Humo tizimlarida chiqarilgan SQB kartalariga | Summadan 0,5 % |
| SQB xalqaro kartalariga | 0 % |
| Boshqa banklarning xalqaro kartalariga | Summadan 1,5 % |
| Boshqa banklarning Uzcard va Humo kartalariga | Summadan 0,5 % |
| SQBda ochilgan hisobvaraqlarga, karta hisobvaraqlari bundan mustasno | 0 % |
| SQB tomonidan berilgan kreditlarni so‘ndirish | 0 % |
| Boshqa banklar tomonidan berilgan kreditlarni so‘ndirish | Summadan 2 % |

