1 mlrd so‘mgacha ekvivalentda
Kredit miqdori
60 oygacha
Kredit muddati
6 oygacha
Imtiyozli davr
UZS, USD, EUR va boshqalar
Kredit valyutasi
Yillik 24% dan so‘mda
Kredit stavkasi
Mikrobiznes subyektlari
Mijoz
Bankning oʻzingizga eng yaqin ofisini tanlang va maslahat oling
Kerakli hujjatlarni taqdim qiling
Hujjatlarni imzolang va joriy hisob raqamiga pul oling
Kreditning maqsadi:
Maqsadsiz kredit (qarzdorliklarni va kafilliklar bo‘yicha to‘lovlarni so‘ndirish uchun taqdim etilmaydi), shuningdek kredit mablag‘larini quyidagilarga yo‘naltirishga yo‘l qo‘yilmaydi:
kredit va unga tenglashtirilgan qarzdorliklarni (asosiy qarz, foizlar, komissiyalar) so‘ndirish;
uchinchi shaxslarga moliyaviy yordam ko‘rsatish va ularning qarzdorliklarini so‘ndirish;
qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish va veksel to‘lovlari;
yuridik shaxslardagi ulushlarni (ishtirokni) xarid qilish;
ikkilamchi hisob raqamlarga o‘tkazmalar;
moliyaviy yordam mablag‘larini qaytarish;
kafilliklar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish.
Asosiy vositalarni xarid qilish.
Aylanma mablag‘larni to‘ldirish.
Valyuta:
milliy valyuta — so‘m;
xorijiy valyuta — AQSh dollari, yevro va boshqalar.
Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan tadbirkorlarga xorijiy valyutada kreditlar ajratilmaydi.
Kredit muddati
maqsadsiz kredit — 48 oygacha;
asosiy vositalar uchun — 60 oygacha;
aylanma mablag‘lar (ochiq kredit liniyasi) — 18 oygacha.
Imtiyozli davr
Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan:
maqsadsiz kredit — 6 oygacha;
aylanma mablag‘lar — 3 oygacha;
asosiy vositalar — 6 oygacha.
Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan:
— jalb qilingan mablag‘lar shartlariga muvofiq.
Foiz stavkasi
- So‘mda ajratiladigan kreditlar — yillik 24% dan.
- Xorijiy valyutada ajratiladigan kreditlar — yillik 12% dan.
Yakuniy foiz stavkasi kredit shartlari va Bankning ichki talablaridan kelib chiqib individual tarzda belgilanadi.
Ta’minot
mulkiy garov va (yoki) pul mablag‘lari — kredit summasining kamida 125% miqdorida
(aloqador shaxslar uchun — kamida 130%);“Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi” AJ kafilligi;
Agar “Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi” AJ kafilligi mavjud bo‘lsa, mulkiy garov qiymati jami ta’minot qiymatidan kafillik summasi chegirilgan holda (125%/130% dan kafillik summasi ayrilgan holda) hisoblanadi.
Ta’sischilar kafilligi bo‘yicha qo‘shimcha shart:
Asosiy ta’minotga qo‘shimcha ravishda, korxonaning 50% va undan ortiq ulushiga ega ta’sischi(lar) kredit summasining 125% miqdorida kafillik beradi.
Agar qarz oluvchi yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lsa — YTT jismoniy shaxs sifatida kredit summasining 125% miqdorida kafillik beradi.
Istisno: ta’sischi xorijiy fuqaro va (yoki) xorijiy korxona bo‘lgan holatlar.
Kafillarning moliyaviy holati o‘rganilmaydi.
Qabul qilinadigan garov turlari:
- bank talablari asosida ko‘chmas mulk;
- bozor hududida joylashgan yengil konstruksiyali savdo do‘konlari, parrandachilik hamda issiqxona komplekslari, bekatlar; turar joy toifasidagi mulklar 70%gacha diskont qo‘llagan holda qabul qilinadi;
- yengil avtotransport vositalari — ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan (ishlab chiqarilgan yil birinchi yil hisoblanadi);
- pul mablag‘lari — ajratilayotgan kredit valyutasida;
- “Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi” AJ kafilligi.
- Tadbirkorlik faoliyati kamida 6 oy davomida yuritilgan bo‘lishi lozim.
- Kredit uchun ariza berilgan kundan oxirgi 6 oy ichida 61 kundan 90 kungacha muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi lozim.
- Kredit uchun ariza berilgan kundan oxirgi 12 oy ichida 90 kundan oshgan muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi lozim.
- KATM ma’lumotnomasiga asosan reyting natijasi kamida 200 ball bo‘lishi lozim.
- Mijozning moliyaviy holati ijobiy bo‘lishi lozim.
-
Quyidagi shaxslarning Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi lozim:
- qarz oluvchining;
- qarz oluvchi korxona ta’sischi(lar)i rahbar/ta’sischi bo‘lgan korxonalarning;
- qarz oluvchi korxona rahbari ta’sischi/rahbar bo‘lgan korxonalarning;
- qarz oluvchi korxona ta’sischi(lar)i/rahbarlarining.
- Kredit uchun ariza berilgan kunda qarzdorlik miqdori 10,0 mln so‘mgacha bo‘lib, 60 kundan oshmagan holatlar bundan mustasno hisoblanadi.
- Oxirgi 12 oyda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida mavjud kreditlari bo‘yicha restrukturizatsiyalar bo‘lmasligi lozim.
- Kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanish talab etiladi.
Qo‘shimcha shartlar
- Garovga qo‘yuvchilarning “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida 2-sonli kartoteka qarzdorligi hamda Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘ mavjud bo‘lmasligi lozim.
- Kredit uchun ariza berilgan kunda Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi bo‘yicha qarzdorlik miqdori 10,0 mln so‘mgacha bo‘lib, 60 kundan oshmagan holatlar hamda “Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi” AJ kafilliklari bundan mustasno hisoblanadi.
Ariza.
Qarz oluvchi korxona ta’sischilarining kredit olish va mulkni garovga qo‘yishga roziligi (xususiy korxonalar va YTT bundan mustasno).
Garov obyekti bo‘yicha mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti.
Kartoteka-2 holati to‘g‘risida ma’lumotnoma (asosiy hisob boshqa bankda bo‘lsa).
Agar garov — ko‘chmas mulk bo‘lsa: kadastr hujjatlari (ko‘chirma va kadastr pasporti), yer uchastkasi ijarada bo‘lsa — ijara shartnomasi.
Agar garov — avtotransport bo‘lsa: transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma.
Zalog beruvchining (qarz oluvchi/uchinchi shaxs) mulkni garovga qo‘yish va suddan tashqari tartibda undiruvni amalga oshirishga roziligi.
Uchinchi shaxs — korxonaning ta’sis hujjatlari (boshqa bankda xizmat ko‘rsatilsa).
Pasport nusxalari:
uchinchi shaxs — jismoniy shaxs bo‘lsa;
direktor va bosh buxgalterning pasport nusxalari (mavjud bo‘lsa).
Faoliyat joyiga oid hujjatlar (kadastr/ijara/e-auksion/hokim qarori va boshqalar).
So‘nggi 6 oy ichida qayta ro‘yxatdan o‘tish bo‘lgan bo‘lsa — Davlat xizmatlari markazidan (DXM) reestr va o‘zgarishlar bo‘yicha ma’lumotnoma.
Loyiha xususiyatidan kelib chiqib qo‘shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.
Oxirgi yangilanish sanasi: 26.06.2026 15:14













