
Xitoy va boshqa mamlakatlarda sayohat, xaridlar va qulay hisob-kitoblar uchun premium xalqaro karta
• Diamond darajasidagi maxsus takliflar • UnionPay xalqaro dasturi doirasidagi imtiyozlar • Sayohat, servis va lifestyle yo‘nalishidagi takliflardan foydalanish imkoniyati
• Aeroportlarning biznes-zallaridan foydalanish imkoniyati • Sayohatlar va turistik xizmatlarni bron qilish uchun maxsus takliflar • Imtiyozlarni taqdim etish shartlari dastur talablari va karta bo‘yicha amalga oshirilgan xarajatlarga bog‘liq
• Karta 180 dan ortiq mamlakat va hududlarda qabul qilinadi • O‘zbekistonda UZCARD va HUMO infratuzilmasi orqali to‘lovlarni amalga oshirish va naqd pul yechib olish mumkin • Xorijiy safarlarda qulay hisob-kitoblar
• Mehmonxona va restoranlarda maxsus takliflar • Bron qilish va to‘lovlarni amalga oshirish uchun manfaatli shartlar • U Collection xalqaro dasturi takliflaridan foydalanish imkoniyati
• Karta yo‘qolgan, o‘g‘irlangan yoki nosoz holga kelganida yordam • Favqulodda holatda naqd pul olish imkoniyati • Xizmat emitent bank tasdiqlaganidan so‘ng taqdim etiladi
• Do‘konlar va turistik xizmatlarda chegirmalar hamda maxsus aksiyalar • Xaridlar, dam olish va ko‘ngilochar xizmatlar uchun takliflar • Amaldagi aksiyalar UnionPay platformasida taqdim etiladi

UnionPay Diamond — sayohat, xaridlar va kundalik hisob-kitoblar uchun mo‘ljallangan premium xalqaro karta.
Karta O‘zbekistonda va xorijda tovar hamda xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish, onlayn xaridlar qilish, naqd pul yechib olish va mablag‘larni SQB Mobile mobil ilovasi orqali boshqarish imkonini beradi.
Karta egalari sayohatlar, mehmonxonalarda yashash, restoranlarga tashrif buyurish, xaridlar va boshqa xizmatlar bo‘yicha UnionPay’ning maxsus takliflari va imtiyozlaridan foydalanishlari mumkin. Alohida takliflarning shartlari va mavjudligi UnionPay International hamda dastur hamkorlari qoidalariga muvofiq belgilanadi.
| Tariflar | Narxi |
|---|---|
| Kartani rasmiylashtirish | |
| O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun kartani chiqarish (bank ofislarida) | 200 000 so‘m (QQS bilan) |
| Norezidentlar uchun kartani chiqarish (bank ofislarida) | 350 000 so‘m (QQS bilan) |
| Jismoniy shaxslar uchun kartani mobil ilova orqali chiqarish | 100 000 so‘m (QQS bilan) |
| Kartani qayta chiqarish | |
| O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun kartani qayta chiqarish (bank ofislarida) |
Amal qilish muddati tugaganda — bepul Boshqa hollarda — 200 000 so‘m (QQS bilan) |
| Norezidentlar uchun kartani qayta chiqarish (bank ofislarida) | 350 000 so‘m (QQS bilan) |
| Jismoniy shaxslar uchun kartani mobil ilova orqali qayta chiqarish |
Amal qilish muddati tugaganda — bepul Boshqa hollarda — 100 000 so‘m (QQS bilan) |
| Asosiy shartlar | |
| Oylik abonent to‘lovi | 5 AQSh dollari (QQS bilan) |
| Pasaymaydigan qoldiq / sug‘urta badali | 50 AQSh dollari |
| O‘zbekiston Respublikasi hududidagi terminallar orqali to‘lovlarni amalga oshirish | 0% |
| Xorijda tovar va xizmatlar uchun to‘lov | 0% |
| Internet orqali tovar va xizmatlar uchun to‘lov | 0% |
| Kartani “O‘zsanoatqurilishbank” ATB kassalari orqali so‘mda naqd pul bilan to‘ldirish | Bepul |
| Kartani “O‘zsanoatqurilishbank” ATB kassalari orqali xorijiy valyutada naqd pul bilan to‘ldirish | 0% |
| 3D Secure va SMS-xabarnoma xizmatlarini ulash | Bepul |
| Naqd pul yechib olish | |
| O‘zbekiston Respublikasi hududidagi terminallar va bankomatlar orqali naqd pul yechib olish | Summaning 0,5%i |
| Xorijdagi terminallar va bankomatlar orqali naqd pul yechib olish | Summaning 2%i |
| SQB Mobile orqali kartadan kartaga (P2P) pul o‘tkazmalari | |
| SQB kartalariga (Uzcard, Humo va xalqaro kartalar) | 0% |
| Boshqa banklarning Uzcard va Humo kartalariga | Summaning 0,5%i |
| Boshqa banklarning xalqaro kartalariga | Summaning 1,5%i |
| SQB Mobile orqali kreditlarni so‘ndirish | |
| SQB kreditlari | 0% |
| Boshqa banklar kreditlari | Summaning 2%i |
| Karta qoldig‘iga foiz hisoblash | |
| Kartadagi mablag‘lar qoldig‘iga hisoblanadigan yillik foiz stavkasi | “Karta qoldig‘iga foiz hisoblash” mahsuloti pasportiga yoki hamkorlar bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq |

