Maslahat oling yoki web-saytda dastlabki ariza to'ldiring
Uyni tanlang va pudratchi bilan savdo shartnomasini tuzing
Hujjatlarni bankka topshiring, kredit shartnomasini tuzing va to'lovni qabul qiling
Ushbu ariza to'lovchining kreditga layoqatliligini aniqlash uchun ma'lumot olish vazifasini bajaradi va oferta shartnomasi hisoblanmaydi. Arizani to'ldirgandan so'ng, siz bankning kredit berish to'g'risidagi dastlabki qarorini olasiz.
*Hisob-kitoblar faqat ma'lumot uchun mo'ljallangan. Umumiy hisob individual ravishda hisoblanadi.
Pasport yoki ID-karta
Daromadni tasdiqlovchi hujjatlar yoki elektron ma’lumotlar
Kumushkon Residence majmuasidagi ko‘chmas mulkni sotib olish bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasi
Auksion orqali sotib olinganda — auksionda g‘olib bo‘lganlik va to‘lovni tasdiqlovchi hujjatlar
Kadastr hujjatlari va ko‘chmas mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlar
Kredit ta’minotiga oid hujjatlar
Kredit O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga ariza topshirilgan kunda 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan shaxslarga ajratiladi.

SMS
2500 raqamiga SMS yuborish orqali
Bank orqali
Istalgan bank ofisida
Kreditning maqsadi:
Toshkent viloyati Parkent tumanidagi Kumushkon hududida joylashgan “Oltinbel” dam olish maskanidagi “Kumushkon Residence” obyektidan ko‘chmas mulk sotib olishni moliyalashtirish, jumladan auksion savdolari orqali ham.
Kreditning maksimal miqdori:
5 mlrd so‘mgacha.
Boshlang‘ich to‘lov:
Ko‘chmas mulk qiymatining kamida 25%.
Foiz stavkasi:
Yillik 18%. Foiz stavkasi qat'iy belgilangan.
Imtiyozli davr:
6 oygacha.
To‘lov jadvali:
Annuitet yoki differensial.
Kredit muddati:
15 yilgacha.
Moliyalashtirish manbai:
Bankning o‘z va jalb qilingan mablag‘lari.
Kredit ta’minoti:
Kredit hisobiga sotib olinayotgan ko‘chmas mulk garovi.
Ta’minot talablari:
Sug‘urta shartnomasi va sug‘urta polisi kreditning to‘liq muddatiga rasmiylashtiriladi.
Qo‘shimcha shartlar:
Kredit bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilingandan so‘ng, boshlang‘ich to‘lov milliy valyutadagi “Kafolat-3” jamg‘arma omonatiga joylashtiriladi. Agar boshlang‘ich to‘lov pudrat tashkiloti hisobvarag‘iga bevosita o‘tkazilgan bo‘lsa, to‘lovni tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi. Kredit mablag‘lari to‘lov pudrat tashkiloti hisobvarag‘iga kelib tushgandan so‘ng ajratiladi.
Ko‘chmas mulkni auksion savdolari orqali sotib olish mumkin.
Bank bilan tuzilgan hamkorlik shartnomasi doirasida hamkor tashkilot tomonidan kredit foizlarining bir qismi kompensatsiya qilinishi mumkin.
Daromad hujjatlar yoki elektron ma’lumotlar orqali tasdiqlanadi. Jumladan:
Daromad soliqlar chegirib tashlangan holda hisobga olinadi.
Bank qonunchilikka muvofiq qo‘shimcha hujjatlarni talab qilish huquqiga ega.

