Kommunal xizmatlari to‘lovlarining to‘rt to‘lash usuli

Xayotda eng qadrli resurs nima? To‘g‘ri, vaqt. Va uni muhim vazifalardan hisoblangan turli xil to‘lovlar, shu jumladan kommunal to‘lovlar bilan bog‘liq ishlarga sarflamaslikni istaymiz. Bizga yaqin bo‘lgan bank bo‘linmasi kassasiga tashrif buyurish bir qaraganda oddiy ish, lekin u qancha qimmatli vaqtimizni oladi.

Yaxshiyamki, texnologiyalarning rivojlanishi mana bir necha yildirki bizga kuchimizni, enegriyamizni, vaqtimizni va hattoki asabimizni tejashimizga imkon beryapti. Axir endi navbatda turishning xojati yo‘q.

Kommunal xizmatlari to‘lovlarni amalga oshirishning bir necha varianti va usullarini keltirib o‘tamiz:

1. O‘zsanoatqurilishbank saytida www.sqb.uz

Sayt orqali kommunal xizmatlari   to‘lovini amalga oshirish uchun sizga istalgan qurilmadan internetga kirish imkoniyati kerak bo‘ladi. Keyin www.sqb.uz saytining bosh sahifasida “tezkor to‘lovlar” panelida “kommunal xizmatlar” belgisini toping.

Kerakli xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotni tanglang, abonentning shaxsiy hisob raqami va to‘lov summasini kiriting.

To‘lovni amalga oshirganingizdan so‘ng, “chop etish” yoki “telegram” belgisini bosing.

2. JOYDA mobil ilovasi orqali

Tezkor va oson to‘lov usullaridan biri. Sizga faqat intertnetga ulangan smatfon, hamda yuklab olingan va o‘rnatilgan JOYDA ilovasi kerak bo‘ladi.

Ilovada amaldagi kartangizni ro‘yxatdan o‘tkazing yoki shu yerning o‘zida yangisiga buyurtma bering.

Kommunal to‘lovlarni to‘lash uchun “uydan chimagan holdagi to‘lovlar”, panelini toping keyin “to‘lovlar” va “kommunal to‘lovlar” panellariga o‘ting.

Kerakli xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotni tanglang, abonentning shaxsiy hisob raqami va to‘lov summasini kiriting.

To‘lov qilganingizdan so‘ng, bosh ekranda “istoriya” belgisini topib, kerakli to‘lovni tanlang va “chop etish” tugmasini bosing.

3. Bank bo‘linmalarida to‘lov

Bu yerda hammasi odatiy- kartadan eng yaqin bank filialini topish kerak, u yerda esa xodimlar kommunal to‘lovlarni qaysi bank bo‘limi qabul qilishini aytib berishadi.

4. Infokiosk orqali to‘lov

Infokiosiklar ham tobora ommalashib bormoqdalar, shuning uchun eng yaqindagisini topib, panelda “kommunal xizmatlar “belgisini tanlab, keyin xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotni tanlab ekrandagi ko‘rsatmalarga amal qilishning o‘zi kifoya. To‘lovni amalga oshirganingizdan so‘ng, chekni chop etishni unitmang.


Oxirgi yangilanish sanasi: 07.02.2023 19:43  
up