MAHALLA LOYIHASI krediti

faoliyatni rivojlantirish uchun: maqsadsiz kredit, asosiy vositalarni sotib olish, aylanma mablag‘larni to‘ldirish, shuningdek qurilish, ta’mirlash va rekonstruksiya.

MAHALLA LOYIHASI krediti
Mahsulot haqida
Step icon

300 mln so‘mgacha

Kredit miqdori

Step icon

36 oygacha

Kredit muddati

Step icon

3 oygacha

Imtiyozli davr

Step icon

UZS

Kredit valyutasi

Step icon

Yillik 24% dan so‘mda

Kredit stavkasi

Step icon

Mikro va kichik biznes

Segment

Kredit olish oson!
Steps icon

Bankning oʻzingizga eng yaqin ofisini tanlang va maslahat oling

Steps icon

Kerakli hujjatlarni taqdim qiling

Steps icon

Hujjatlarni imzolang va joriy hisob raqamiga pul oling

Batafsil shartlar
  • Shartlar
  • Mijozga qo‘yiladigan talablar
  • Kerakli hujjatlar
Asosiy ma'lumotlar

Kreditning maqsadi:

  • maqsadsiz kredit
  • asosiy vositalarni sotib olish
  • aylanma mablag‘larni to‘ldirish
  • qurilish, rekonstruksiya va ta’mirlash ishlari

Valyuta:

milliy valyuta — so‘m

Kredit miqdori:

  • 10 mln so‘mdan 300 mln so‘mgacha
  • qurilish uchun — loyiha smeta qiymatining 70 %idan oshmagan miqdorda

Qurilishni moliyalashtirish shartlari:

  • qarz oluvchining o‘z mablag‘lari ishtiroki — kamida 30 %
  • moliyalashtirish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi
  • mablag‘lar pudratchilarga (yetkazib beruvchilarga) o‘tkaziladi
  • loyiha amalga oshirilishi bank tomonidan nazorat qilinadi
  • uch tomonlama shartnoma tuziladi

Kredit muddati:

  • maqsadsiz kredit — 36 oygacha
  • aylanma mablag‘lar uchun — 18 oygacha
  • asosiy vositalar uchun — 36 oygacha
  • qurilish va rekonstruksiya uchun — 36 oygacha

Imtiyozli davr:

3 oygacha

Foiz stavkasi

  • So‘mda ajratiladigan kreditlar — yillik 24% dan.
  • Xorijiy valyutada ajratiladigan kreditlar — yillik 12% dan.

Yakuniy foiz stavkasi kredit shartlari va Bankning ichki talablaridan kelib chiqib individual tarzda belgilanadi.

Foiz stavkasi kompensatsiyasi:

foiz stavkasining bir qismini kompensatsiya qilish nazarda tutilgan

  • aylanma mablag‘lar uchun — 4 foiz punktigacha
  • investitsion maqsadlar, jumladan uskunalar xaridi, qurilish va rekonstruksiya uchun — 6 foiz punktigacha

Kredit ta’minoti:

  • kredit miqdorining kamida 125 % miqdorida mulkiy ta’minot (affillangan shaxslar uchun — 130 %)
  • «Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi» AJ kafilligi taqdim etilishi mumkin
  • kafillik mavjud bo‘lsa, garov miqdori kafillik summasiga kamaytiriladi
  • ko‘chmas mulk, avtotransport (3 yildan oshmagan), pul mablag‘lari

Hujjatlar
Shartnoma

Shartnoma

Yuklab olish
DOWNLOAD
  • Tadbirkorlik faoliyati kamida 6 oy davomida yuritilgan bo‘lishi lozim.
  • Kredit uchun ariza berilgan kundan oxirgi 6 oy ichida 61 kundan 90 kungacha muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi lozim.
  • Kredit uchun ariza berilgan kundan oxirgi 12 oy ichida 90 kundan oshgan muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi lozim.
  • KATM ma’lumotnomasiga asosan reyting natijasi kamida 200 ball bo‘lishi lozim.
  • Mijozning moliyaviy holati ijobiy bo‘lishi lozim.
  • Quyidagi shaxslarning Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi lozim:
    • qarz oluvchining;
    • qarz oluvchi korxona ta’sischi(lar)i rahbar/ta’sischi bo‘lgan korxonalarning;
    • qarz oluvchi korxona rahbari ta’sischi/rahbar bo‘lgan korxonalarning;
    • qarz oluvchi korxona ta’sischi(lar)i/rahbarlarining.
  • Kredit uchun ariza berilgan kunda qarzdorlik miqdori 10,0 mln so‘mgacha bo‘lib, 60 kundan oshmagan holatlar bundan mustasno hisoblanadi.
  • Oxirgi 12 oyda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida mavjud kreditlari bo‘yicha restrukturizatsiyalar bo‘lmasligi lozim.
  • Kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanish talab etiladi.

Qo‘shimcha shartlar

  • Garovga qo‘yuvchilarning “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida 2-sonli kartoteka qarzdorligi hamda Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘ mavjud bo‘lmasligi lozim.
  • Kredit uchun ariza berilgan kunda Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi bo‘yicha qarzdorlik miqdori 10,0 mln so‘mgacha bo‘lib, 60 kundan oshmagan holatlar hamda “Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi” AJ kafilliklari bundan mustasno hisoblanadi.
Kerakli hujjatlar

Kredit olish uchun mijoz quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:

  • ariza
  • ta’sischilarning kredit olish bo‘yicha roziligi (belgilangan holatlar bundan mustasno)
  • garov obyekti bo‘yicha mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti
  • ko‘chmas mulk garov bo‘lsa — kadastr hujjatlari (ko‘chirma va kadastr pasporti), yer ijarada bo‘lsa — ijara shartnomasi
  • avtotransport garov bo‘lsa — transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma
  • qarz oluvchi/uchinchi shaxsning garovga qo‘yish va sudsiz undiruvga roziligi
  • uchinchi yuridik shaxs — garov qo‘yuvchi ta’sis hujjatlari (agar boshqa bankda xizmat ko‘rsatilsa)
  • uchinchi shaxs (garov qo‘yuvchi), direktor va bosh buxgalterning pasport nusxalari (zarurat bo‘lsa)
  • yakka tartibdagi tadbirkor guvohnomasi va pasport nusxasi
  • boshqa banklardagi hisobvaraqlar aylanmasi va kartoteka-2 holati to‘g‘risida ma’lumot (agar asosiy hisob boshqa bankda bo‘lsa)
  • faoliyat joyiga oid hujjatlar (zarurat bo‘lsa)
  • mahalliy yetkazib beruvchi bilan oldi-sotdi shartnomasi (asosiy vositalar uchun, maqsadsiz kreditdan tashqari)
  • loyihaning xususiyatiga qarab qo‘shimcha hujjatlar

Yuridik shaxs kafilligi taqdim etilganda qo‘shimcha ravishda:

  • kafil ta’sischilarining roziligi
  • oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya hisobotlari
  • zarurat bo‘lsa choraklik hisobot
  • kafil korxonaning ta’sis hujjatlari (agar boshqa bankda xizmat ko‘rsatilsa)
  • kafil direktor va bosh buxgalterining pasport nusxalari
  • boshqa banklardagi hisobvaraqlar aylanmasi va kartoteka holati to‘g‘risida ma’lumot

SQB BUSINESS
SQB BUSINESS

Uyingizdan chiqmasdan oʻz biznesingizni boshqaring

Batafsil
Depozitlar
Depozitlar

Qoʻshimcha foyda olish uchun yuqori daromadli depozitlarni oching

Batafsil
Transchegaraviy oʻtkazmalar
Transchegaraviy oʻtkazmalar

Dunyo bo‘ylab tez va xavfsiz pul o‘tkazmalarini amalga oshiring

Batafsil
Korporativ kartalar
Korporativ kartalar

Barcha biznes xarajatlarini toʻlash uchun qulay vosita

Batafsil
Ish haqi loyihasi
Ish haqi loyihasi

Xatarlarni minimallashtirish orqali xodimlarning kartalariga ish haqini kiriting

Batafsil
Savdo ekvayringi
Savdo ekvayringi

Biznesni rivojlantirish uchun kelajak mijozlar doirasini kengaytiring

Batafsil
Biznes kreditlari
Biznes kreditlari

Biznesni yaratish va rivojlantirish uchun foydali kredit mahsulotlari

Batafsil

Oxirgi yangilanish sanasi: 26.06.2026 15:11
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит