
Kontaktsiz texnologiyalarni qo`llab-quvvatlaydigan zamonaviy to`lov vositasi (NFC)

HUMO kartasi bilan tovar va xizmatlar uchun kontaktli va kontaktsiz usulda to‘lov qilish mumkin. Kontaktsiz to‘lov uchun kartani terminalga yaqinlashtiring. 50 000 so‘mgacha bo‘lgan xaridlarda PIN-kod talab etilmaydi. Summa 50 000 so‘mdan oshsa, terminal PIN-kodni kiritishni so‘raydi.
HUMOPay orqali kartani chiqarmasdan, smartfon bilan to‘lov qilishingiz mumkin. Buning uchun NFC funksiyasiga ega Android smartfon kerak: HUMO kartangizni HUMOPay xizmatini qo‘llab-quvvatlaydigan ilovaga qo‘shing.
Agar kartangiz yo‘qolsa, uni darhol bankning mobil ilovasida bloklang yoki SQBga murojaat qiling.
| HUMO kartasining asosiy tariflari | Narxi |
|---|---|
| Kartani umumiy shartlarda ochish | 50 000 so‘m, QQS bilan |
| Kartani SQB Mobile orqali ochish | 25 000 so‘m, QQS bilan |
| Ish haqi, pensiya, ijtimoiy to‘lov yoki stipendiya olish uchun kartani birinchi marta ochish | Bepul |
| Kartaga xizmat ko‘rsatish | Bepul |
| SQB kassalari orqali kartani naqd pul bilan to‘ldirish | Bepul |
| Karta orqali tovar va xizmatlar uchun to‘lov | Bepul |
| SQB Mobile orqali SQB HUMO kartasidan SQBning Uzcard va Humo kartalariga o‘tkazma | Summaning 0,25%i |
| SQB Mobile orqali SQB HUMO kartasidan SQBning xalqaro kartalariga o‘tkazma | Bepul |
| SQB Mobile orqali SQB HUMO kartasidan boshqa banklarning Uzcard va Humo kartalariga o‘tkazma | Summaning 0,5%i |

