
Bolalar uchun xavfsiz to‘lovlar, xarajatlarni nazorat qilish va moliyaviy savodxonlik bo‘yicha ilk ko‘nikmalarni shakllantirishga mo‘ljallangan bank kartasi
UZCARD Kids — bu bolalar va o‘smirlar uchun mo‘ljallangan bank kartasi bo‘lib, naqd pulsiz to‘lovlardan xavfsiz foydalanish va moliyaviy savodxonlik bo‘yicha ilk ko‘nikmalarni shakllantirishga yordam beradi.
Karta orqali savdo terminallari yordamida tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish, pul o‘tkazmalarini qabul qilish hamda belgilangan tariflar doirasida asosiy bank operatsiyalaridan foydalanish mumkin.
Ota-onalar farzandining kartasini to‘ldirishi, xarajatlarni nazorat qilishi va zarurat tug‘ilganda kartani tezkor blokka qo‘yishi yoki blokdan chiqarishi mumkin.
UZCARD Kids kartasining afzalliklari:
| UZCARD Kids kartasining asosiy tariflari | Narxi |
|---|---|
| Kartani umumiy shartlarda chiqarish | 50 000 so‘m, QQS bilan |
| Kartani SQB Mobile orqali chiqarish | 30 000 so‘m, QQS bilan |
| Kartaga xizmat ko‘rsatish | Bepul |
| SQB kassalari orqali kartani naqd pul bilan to‘ldirish | Bepul |
| Karta orqali tovar va xizmatlar uchun to‘lov | Bepul |
| Amal qilish muddati tugaganda kartani qayta chiqarish | Bepul |
| Boshqa hollarda kartani qayta chiqarish | 30 000 so‘m, QQS bilan |
| SQB Mobile orqali UZCARD Kids kartasidan SQBning Uzcard va Humo kartalariga o‘tkazma | Summaning 0,5%i |
| SQB Mobile orqali UZCARD Kids kartasidan boshqa banklarning Uzcard va Humo kartalariga o‘tkazma | Summaning 0,5%i |
Jismoniy shaxslar uchun barcha tariflar
UZCARD oilaviy dam olish kunlari oyini e’lon qiladi: Toshkent hayvonot bog‘ida bolalar uchun bepul chiptalar va maxsus dastur sizni kutmoqda.
1-oktabrdan 1-noyabrgacha SQB’ning UZCARD KIDS kartalari egalari uchun hayvonot bog‘iga tashrif buyurishda maxsus shartlar amal qiladi. Dam olish kunlari bolalarni mahorat darslari, ko‘ngilochar dasturlar va mini-kvestlar kutadi.
Bolalar chiptasi boshqa istalgan UZCARD kartasi bilan to‘langanda 40% chegirma taqdim etiladi. Bir karta orqali kuniga chegirma bilan ikkitagacha bolalar chiptasini xarid qilish mumkin.
Farzandingiz bilan unutilmas kunni birga o‘tkazing!
UZCARD KIDS kartasiga SQB Mobile mobil ilovasi yoki bankning eng yaqin ofisi orqali buyurtma berishingiz mumkin.

