“Universal hamkor ipoteka” krediti


Ko‘p xonadonli uy-joylar qurilishida ulush kiritish asosidagi ipoteka krediti.

“Universal hamkor ipoteka” kredit mahsuloti

Kredit summasi

1 mlrd so‘mgacha

Yillik foiz stavkasi

18 % dan boshlab

Kredit muddati

20 yilgacha

Boshlang‘ich to‘lov

20 % dan boshlab
Ipoteka olish oson!

Maslahat oling yoki web-saytda dastlabki ariza to'ldiring

Uyni tanlang va pudratchi bilan savdo shartnomasini tuzing

Hujjatlarni bankka topshiring, kredit shartnomasini tuzing va to'lovni qabul qiling


Kredit parametrlari
Annuitet
Differensial

Kredit turi

Kredit miqdori

Kredit muddati



*Hisob-kitoblar faqat ma'lumot uchun mo'ljallangan. Umumiy hisob individual ravishda hisoblanadi.

Hisob-kitob natijalari:
Yillik foiz stavkasi:
Kredit muddati:
Oylik to‘lov:
Axborot varaqasi
Oldindan ariza berish
nima uchun kerak?

Ushbu ariza to'lovchining kreditga layoqatliligini aniqlash uchun ma'lumot olish vazifasini bajaradi va oferta shartnomasi hisoblanmaydi. Arizani to'ldirgandan so'ng, siz bankning kredit berish to'g'risidagi dastlabki qarorini olasiz.


Orzuingizdagi uyni sotib olishga yordam beramiz
Kerakli hujjatlar
  • Pasport yoki ID-karta

  • Daromadlar to‘g‘risida ma’lumotlar

  • Qurilishdagi ulush shartnomasi

  • Ta’minot hujjatlari

Kredit O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga murojaat qilgan kunda 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan shaxslarga beriladi.
Kreditni to'lash usullari

SMS

2500 raqamiga yuborish orqali

Bank orqali

Istalgan ofisida

Bank kartalari

SQB Mobile ilovasi orqali

Download SQB Mobile

Batafsil shartlar
  • Kredit berish shartlari
  • Qarz oluvchiga qo'yiladigan talablar
  • Kerakli hujjatlar
  • Qo’shimcha xarajatlar
Asosiy ma'lumotlar
Kredit maqsadi

Kredit maqsadi:

ko‘p xonadonli uy-joy qurilishida ulush kiritish asosida ishtirok etish uchun ipoteka krediti (bank bilan bosh kelishuv asosida).

Kredit maksimal miqdori

Kredit maksimal miqdori:

Loyiha bo‘yicha 1-taklif doirasida:

1 mlrd so‘mgacha.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi resurslari hisobidan:

  • Toshkent shahrida — 480,0 mln so‘mgacha;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — 380,0 mln so‘mgacha.

Bank mablag‘lari ҳисобидан:

  • yetishmayotgan qismi kreditning maksimal miqdoridan oshmagan holda moliyalashtiriladi.

Loyiha bo‘yicha 2-taklif doirasida:

  • Toshkent shahrida — 480,0 mln so‘mgacha;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — 380,0 mln so‘mgacha.
Boshlang‘ich badal

Boshlang‘ich badal:

uy-joy qiymatining kamida 20%i.

  • kamida 15% — vazirlik resurslari hisobidan;
  • kamida 5% — bank mablag‘lari hisobidan.
Kredit muddati

Kredit muddati:

10 yildan 20 yilgacha.

Imtiyozli davr

Imtiyozli davr:

6 oygacha (differensial jadval bo‘yicha).

To‘lov usuli

To‘lov usuli:

qarz oluvchining tanloviga ko‘ra annuitet yoki differensial.

Foiz stavkasi

Foiz stavkasi:

  • kvartira garovga topshirilgunga qadar — MB asosiy stavkasi +4% dan +8% gacha;
  • kvartira garovga topshirilgandan so‘ng:
    • vazirlik resurslari hisobidan — MB +4% (o‘zgaruvchan);
    • bank mablag‘lari hisobidan — MB +13% (o‘zgarmas).
  • kvartira belgilangan tartibda garovga berilmasa, oshirilgan stavka qo‘llaniladi.

Ta’minot talablari:

Uy foydalanishga topshirilib, xonadon garovga qabul qilinguniga qadar:

Quyidagi ta’minot turlaridan biri qabul qilinadi:

  • sug‘urta polisi;
  • jismoniy shaxs kafilligi;
  • ko‘chmas mulk garovi.

Qurilish davrida qo‘shimcha ta’minot sifatida:

  • quruvchi yuridik shaxs kafilligi yoki uning ko‘chmas mulki garovi. Ta’minot qiymati kredit summasining kamida 125 %ini, Bank bilan aloqador shaxslar uchun esa kamida 130 %ini tashkil etishi lozim. Ta’minotning yetmagan qismiga kreditning to‘liq muddatiga sug‘urta polisi taqdim qilinishi mumkin;
  • yuridik shaxs depozit mablag‘lari garovi.

Uy foydalanishga topshirilib, kadastr hujjatlari to‘liq rasmiylashtirilgandan so‘ng:

  • sotib olingan xonadon Bank garoviga rasmiylashtiriladi;
  • kredit summasi xonadonning garov qiymatiga nisbatan 80 %dan oshmasligi lozim.

Hujjatlar

Shartnoma

Yuklab olish
download
Asosiy talablar

Qarz oluvchi yoki birgalikda qarz oluvchi quyidagi talablarga javob beradigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi mumkin:

  • ipoteka krediti olish uchun murojaat qilingan sanada — 18 yoshdan boshlab;
  • kredit to‘liq so‘ndiriladigan sanada — 70 yoshdan oshmagan bo‘lishi;
  • doimiy ish joyi va/yoki qonunchilikda taqiqlanmagan, tasdiqlangan boshqa daromad manbaiga ega bo‘lishi;
  • daromadi asosiy qarz va foizlarni to‘lov jadvaliga muvofiq har oy to‘lash uchun yetarli bo‘lishi kerak.

Daromadni tasdiqlash

O‘rtacha oylik daromadni hisoblashda quyidagilar inobatga olinishi mumkin:

  • ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan ish haqi;
  • pensiya to‘lovlari;
  • jamg‘arib boriladigan pensiya badallari;
  • zarur hollarda bank hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar;
  • to‘langan soliqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shu jumladan jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya ma’lumotlari;
  • yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun — asosiy hisobvaraqdagi barcha pul tushumlarining 20 foizi. Ma’lumot taqdim etilgan vaqtda hisobvaraq “O‘zsanoatqurilishbank” ATBda yuritilishi kerak.

Daromadlar to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar kamida uzluksiz 6 oy davrini qamrab olishi kerak.


Hujjatlar ro‘yxati
  1. shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi (qarz oluvchi YaIDXPdan foydalangan holda raqamli shaklda taqdim etishi mumkin). Mijoz harbiy xizmatchi bo‘lib, harbiy guvohnomasini taqdim etgan taqdirda, pasport nusxasi ham talab etiladi;
  2. daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoki elektron ma’lumotlar (ma’lumotlar bankning tegishli dasturi orqali elektron tarzda olinishi ham mumkin);
  3. davlat soliq xizmati organlarida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma (zarur hollarda);
  4. o‘zini o‘zi band qilgan shaxsning ijtimoiy soliq to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat yoki ma’lumotnoma (zarur hollarda);
  5. ulush kiritish asosida qurilishda ishtirok etish to‘g‘risidagi shartnoma*;
  6. auksion savdolarida yutganligini hamda to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat yoki ma’lumotnoma (zarur hollarda);
  7. kredit ta’minotiga doir hujjatlar (garov ta’minoti taqdim qilingan hollarda mazkur garov bahosi yuzasidan mustaqil baholash hisoboti).

Shuningdek, o‘rganish davomida qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa ma’lumot va hujjatlar ham talab qilinishi mumkin.


  • Uy-joy oldi-sotdisi boʻyicha notarius xizmati xarajatlari;
  • Mulkni roʻyxatdan oʻtkazishda kadastr xarajatlari.

Ehtimol, sizni qiziqtiradi
Orzuingizdagi uy
ipotekaga yillik 17 % dan

Birlamchi bozordan kvartira sotib olish uchun berilgan.

Orzuingizdagi uy <br>ipotekaga yillik 16,5 % dan
SQB Mobile - barcha kerakli to'lovlar endi telefoningizda

Qulay mobil ilova yordamida kundalik toʻlovlarni amalga oshiring.

SQB Mobile - barcha kerakli to'lovlar endi telefoningizda

Oxirgi yangilanish sanasi: 07.08.2026 15:55  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит