Optimal (UZS)

Belgilangan maqsadlarga erishish uchun qulay jamg‘arish formati

Optimal (UZS)

Depozit valyutasi

UZS

Maksimal daromad

16 %gacha

Saqlash muddati

15 oy

Minimal miqdori

1 mln UZS
Batafsil shartlar
  • Asosiy malumotlar
  • Erta yopilgan taqdirdagi foiz stavkasi
  • Hujjatlar
  • Kalkulyator
Asosiy ma’lumotlar

Omonat valyutasi:

So‘m (UZS)

Foiz stavkasi:

Bank ofisida ochilganda — yillik 15%

Onlayn ochilganda — yillik 16%

Omonat muddati:

15 oy

Minimal summa:

UZS — 1 000 000 so‘mdan

Maksimal summa:

Cheklanmagan

Omonatni to‘ldirish:

Mavjud emas

Qisman yechib olish:

Mavjud emas

Omonatni ochish usuli:

Bank ofislarida va SQB Mobile mobil ilovasi orqali onlayn


Foizlarni hisoblash shartlari

Omonat bo‘yicha foiz daromadi omonatni saqlash muddati va uning shartlaridan kelib chiqib avtomatik tarzda hisoblanadi.

Foizlar to‘liq saqlangan oylar uchun to‘lanadi.


Foiz stavkasining o‘zgarishi

Omonatning foiz stavkasi Markaziy bank tomonidan belgilanadigan asosiy stavka, pul-kredit operatsiyalari bo‘yicha foiz stavkalarining pasayishi, pul bozoridagi tebranishlar va boshqa holatlarni hisobga olgan holda Bank tomonidan pasaytirilishi mumkin.

Foiz stavkasi pasaytirilishidan kamida 15 kalendar kun oldin omonatchiga tegishli xabarnoma yuboriladi. Xabarnoma yuborilgan kundan boshlab 15 kalendar kun o‘tgach yangi foiz stavkasi qo‘llaniladi.


Omonatlarning kafolatlanishi

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB O‘zbekiston Respublikasining omonatlarni kafolatlash tizimi ishtirokchisi hisoblanadi, bu esa mijozlar mablag‘larining qo‘shimcha himoyasini ta’minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasining “Banklardagi omonatlarni himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq bankka joylashtirilgan omonatlar davlat himoyasida bo‘ladi.

Omonatlarni qoplashning kafolatlangan summasi 200 mln so‘mni tashkil etadi.

Batafsil


Hujjatlar

So‘mdagi omonat uchun ommaviy oferta

Yuklab olish
download

So‘mdagi omonat uchun shartnoma

Yuklab olish
download

Omonatlarni kafolatlash tizimi haqida ma’lumot

Yuklab olish
download

Milliy valyutadagi omonat bo‘yicha axborot varaqasi

Yuklab olish
download
Muddatidan oldin yopilganda foiz stavkasi

Milliy valyutadagi omonatlar uchun:

  • Omonat qo‘yilgan sanadan boshlab 1 oy to‘lmasdan yopilganda hisoblangan va zaxirada saqlanayotgan foiz daromadlari to‘lanmaydi.
  • Omonat 2-oydan 14-oygacha muddatidan oldin yopilganda haqiqatda saqlangan to‘liq oylar uchun, bank ofislarida yoki onlayn ochilganidan qat’i nazar, yillik 12% miqdorida foiz to‘lanadi.



    Rasmiylashtirish shartlari

    Omonat bank ofisida ochilganda:

    • Pasport yoki ID-karta.

    Omonat SQB Mobile mobil ilovasi orqali ochilganda:

    • Agar mijoz avval bank kartasi rasmiylashtirilganda va ilovada ro‘yxatdan o‘tishda identifikatsiyadan o‘tgan bo‘lsa, qo‘shimcha hujjatlar talab etilmaydi.


    Men sarmoya kiritmoqchiman
    Hisob-kitoblar faqat ma’lumot uchun mo’ljallangan. Daromadingiz miqdorini aniq hisob-kitobi individual ravishda hisoblanadi.
    Shartlar
    Omonat summasi
    Depozit hisob-kitobi
     %
     
     
     oy

    SQB omonatlari bo‘yicha tez-tez so‘raladigan savollar

    Yopish
    Mos omonatni qanday tanlash mumkin?

    Omonat tanlashda maqsadlaringizni inobatga oling. Omonatlarning shartlarini solishtirib, mablag‘larni joylashtirish muddati, daromad olish tartibi va omonatni boshqarish imkoniyatlari bo‘yicha sizga mos variantni tanlang.

    Yopish
    Omonatda mablag‘ saqlash qanchalik xavfsiz?

    Bank mablag‘larning saqlanishini va bank sirining himoya qilinishini ta’minlaydi. Omonatlaringiz O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq himoyalangan

      Yopish
      Omonatni qanday ochish mumkin?

      Mahsulot shartlariga qarab omonatni bank ofislarida yoki SQB Mobile mobil ilovasi orqali masofadan turib rasmiylashtirish mumkin.

      Yopish
      Omonatni muddatidan oldin yopish mumkinmi?

      Ha, omonatni amal qilish muddati tugashidan oldin yopish mumkin. Bunda foizlarni to‘lash tartibi tanlangan omonat shartlariga muvofiq belgilanadi.

      Yopish
      Foizlar kapitalizatsiyasi nazarda tutilganmi?

      Yo‘q. Hisoblangan foizlar omonat summasiga qo‘shilib, ularga qayta foiz hisoblanmaydi. Foiz daromadi tanlangan omonat shartlariga muvofiq to‘lanadi.

      Yopish
      Omonatning to‘liq shartlari bilan qayerda tanishish mumkin?

      Omonatning batafsil shartlari uning sahifasida joylashtirilgan. Masofadan turib rasmiylashtiriladigan omonatlar bo‘yicha ma’lumotlar SQB Mobile mobil ilovasida ham mavjud. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun bank ofislariga yoki 1180 qisqa raqamli Kontakt-markazga murojaat qilishingiz mumkin.

      Yopish
      Omonat bo‘yicha daromad qanday hisoblanadi?

      Daromad omonat summasi, mablag‘larni joylashtirish muddati va tanlangan omonat shartlariga bog‘liq. Taxminiy hisob-kitobni amalga oshirish uchun omonat sahifasidagi kalkulyatordan foydalanishingiz mumkin.

      Ehtimol, sizni qiziqtiradi
      Optimal (USD)

      Yillik foiz stavkasi

      3 %

      Jamg‘armalaringizni dollarda saqlang va daromad oling.

      Barqaror sarmoya (UZS)

      Yillik foiz stavkasi

      15 % gacha

      Jamg‘armalaringizdan daromad olishning ishonchli usuli.


      Bugun dolzarb
      UzAuto avtomobillari
      — 0 % kredit asosida

      Kredit stavkasi

      0

      Imtiyozli davr

      3 oygacha

      Kredit miqdori

      avtomobil qiymatining 75 % gacha

      Rasmiy dilerlardan Labo · Damas · Captiva · Tracker · Onix avtomobillarini ortiqcha to‘lovlarsiz xarid qiling

      Orzuingizdagi uy ipotekaga 17 % dan

      Birlamchi bozordan kvartira sotib olish uchun berilgan

      SQB Mobile - barcha kerakli to'lovlar endi telefoningizda

      Qulay mobil ilova yordamida kundalik toʻlovlarni amalga oshiring.



      Oxirgi yangilanish sanasi: 02.11.2026 14:45  
      up