Maslahat oling yoki web-saytda dastlabki ariza to'ldiring
Uyni tanlang va pudratchi bilan savdo shartnomasini tuzing
Hujjatlarni bankka topshiring, kredit shartnomasini tuzing va to'lovni qabul qiling
*Hisob-kitoblar faqat ma'lumot uchun mo'ljallangan. Umumiy hisob individual ravishda hisoblanadi.
Ushbu ariza to'lovchining kreditga layoqatliligini aniqlash uchun ma'lumot olish vazifasini bajaradi va oferta shartnomasi hisoblanmaydi. Arizani to'ldirgandan so'ng, siz bankning kredit berish to'g'risidagi dastlabki qarorini olasiz.
Pasport yoki ID-karta
Sotib olish shartnomasi
Daromadlarni tasdiqlovchi hujjatlar
Kredit ariza topshirilgan sanada 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga ajratiladi.

SMS
2500 raqamiga yuborish orqali
Bank orqali
Istalgan ofisida
Kredit maqsadi:
Birlamchi uy-joy bozorida foydalanishga topshirilgan, kvartiralarga ajratilgan va pardozlash ishlariga tayyor ko‘p kvartirali uydan xonadon sotib olish.
Kreditning maksimal summasi:
1 000 000 000 so‘mgacha.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan:
Yetishmaydigan qismi Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi mumkin.
Boshlang‘ich badal:
Xonadon qiymatining kamida 20 foizi.
Auksion savdolari orqali amalga oshirilgan to‘lovlar boshlang‘ich badal sifatida hisobga olinishi mumkin.
Kredit muddati:
20 yilgacha.
Foiz stavkasi:
Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan:
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi + 4 foiz punkt.
Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan:
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi + 14 foiz punkt.
Imtiyozli davr:
Differensial to‘lov jadvali asosida 6 oygacha.
Kreditni so‘ndirish usuli:
Qarz oluvchining tanloviga ko‘ra — annuitet yoki differensial to‘lov jadvali asosida.
Kredit ta’minoti:
Sotib olinayotgan xonadon garovi.
Mulk huquqi rasmiylashtirilgandan so‘ng xonadon Bank garoviga qo‘yiladi.
Ta’minotga qo‘yiladigan talablar:
Kredit ajratishning qo‘shimcha shartlari:
Ipoteka krediti Bankning biznes tarkibiy bo‘linmalari tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan mijoz tashkilotlarning xodimlariga ham ushbu tashkilotlar rahbarlarining tavsiyasiga asosan ajratilishi mumkin.
Kredit Bankning tegishli biznes tarkibiy bo‘linmasi tomonidan tasdiqlangan xodimlar ro‘yxati asosida ajratiladi.
Qarz oluvchi (yoki birgalikda qarz oluvchi) quyidagi talablarga javob beruvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi mumkin:
5 nafargacha birgalikda qarz oluvchini jalb qilishga ruxsat etiladi.
Bank oxirgi 24 oy uchun kredit tarixini o‘rganadi.
To‘lovga layoqatlilikni hisoblashda quyidagilar inobatga olinadi:
Daromad soliqlar ushlab qolinib hisobga olinadi.
