SQB omonatlari haqida köp söraladigan savollar

Yаşiriş
1. Omonatni qanday tanlaş mumkin?
Bank tomonidan taklif etilayotgan omonatlarning şartlarini diqqat bilan örganing. Qaysi valyutada omonat oçmoqçi ekanligingizni aniqlang. Eng daromadli (foiz stavkasi yuqori) omonatlar — milliy valyutadagi omonatlardir. Çet el valyutasidagi omonatlarning foizi pastroq böladi, ammo bunday omonatlar inflyatsiyaga nisbatan kamroq ta’sirçan böladi.
Yаşiriş
2.SQB omonatlarini qaysi valyutada oçiş mumkin?
Omonatlarni milliy valyutada (söm) hamda xorijiy valyutada (AQŞ dollari va yevro) oçiş mumkin.
Yаşiriş
3. Töldiriladigan omonatlar nima?
Bu mahsulot muntazam mablag‘ jamğarişni xohlovçilar uçun qulay. Masalan, har oy ma’lum miqdorda. SQB bankida bu — Konstruktor-2, Jozibali, Ideal va Yevro omonatlari (sönggi ikkitasi xorijiy valyutadagi omonatlardir).
Yаşiriş
4. Omonat muddati nimaga taʼsir qiladi?
Saqlaş muddati — omonat turini tanlaşda muhim şart. Mablağga qaçon ehtiyoj sezilişini aniqlasangiz, xatolikdan qoçasiz. Agar muddat tugamasdan omonatning töliq summasini yoki bir qismini yeçib olsangiz, foizlarni yöqotişingiz mumkin. Agar uzoq vaqt davomida mablağga ehtiyoj bölmasa, eng uzun muddatli omonatni tanlang.
Yаşiriş
5. Muddatli omonat va talab qilinadigan omonat örtasida farq bormi?

Ha, farq bor. Talab qilib olinadigan omonatlarda odatda foizlar hisoblanmaydi yoki ular juda kam böladi.

Yаşiriş
6. Omonat va depozit örtasidagi farq nima?

Umuman olganda, ikkalasi ham bir xil vositadir — ikkalasida ham mijoz foiz körinişida daromad oladi. Farqi şundaki, omonatlar faqat pul şaklida böladi, depozit esa moliyaviy aktivlar (qimmatbaho toşlar, oltin, fyuçerslar), aksiyalar va obligatsiyalarni ham öz içiga olişi mumkin. Jismoniy şaxslar uçun “depozit” va “omonat” deyarli bir xil ma’noni anglatadi. Yuridik şaxslar uçun esa köproq “depozit” atamasi qöllaniladi.

Yаşiriş
7. Töldiriş imkoniyati bilan valyuta omonati bormi?
Ha, mavjud. Bu — Ideal (USD) va Yevro (EUR) omonatlari bölib, SQB Mobile ilovasida mavjud.
Yаşiriş
8. Nega oyma-oy foiz summasi har xil böladi, holbuki omonat summasi özgarmagan?
Foizlar har bir oyning real kunlar soniga qarab hisoblanadi. Masalan, yanvarda 31 kun bölsa, fevralda 28 yoki 29 kun. Şu sababli foiz summasi har oyda har xil böladi.
Yаşiriş
9. Omonatlarda kapitallaşuv bormi?
Hozirda omonatlarga kapitalizatsiya qöllanilmaydi.
Yаşiriş
10. SQB Mobile ilovasida omonatni qanday oçiş mumkin?
Avvalo SQB Mobile ilovasini yuklab olib, telefon raqamingiz orqali röyxatdan öting. Söng şaxsni tasdiqlaş uçun pasport seriyasi va raqami yoki PINFL kiritiladi.

Şundan söng, ilovaning boş sahifasidan “Mavjud omonatlar” bölimiga kirib, sizga qulay bölgan omonat turini tanlang.

Sönggi yangilaniş sanasi: 11.11.2026 14:30  
up