150 mln so‘mgacha
Kredit miqdori
60 oygacha
Kredit muddati
12 oygacha
Imtiyozli davr
UZS
Kredit valyutasi
Mikro va kichik biznes
Kimga to'g'ri keladi
24% dan
Kredit stavkasi
Bankning oʻzingizga eng yaqin ofisini tanlang va maslahat oling
Kerakli hujjatlarni taqdim qiling
Hujjatlarni imzolang va joriy hisob raqamiga pul oling
Kredit maqsadi:
Bog‘dorchilik faoliyatini moliyalashtirish hamda uzumchilik plantatsiyalarini tashkil etish uchun:
- aylanma mablag‘larni to‘ldirish;
- asosiy vositalar sotib olish.
Mijoz segmenti:
Mikro va kichik biznes.
Bitim ishtirokchisi:
Yuridik shaxs tashkil etgan hamda yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan dehqon xo‘jaliklari.
Valyuta:
Milliy valyuta — so‘m.
Kredit summasi:
150 000 000 so‘mgacha.
Kredit muddati:
- asosiy vositalar sotib olish uchun — 60 oygacha;
- aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun — 18 oygacha.
Imtiyozli davr:
- asosiy vositalar sotib olish uchun — 12 oygacha;
- aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun — 3 oygacha.
Foiz stavkasi:
24 %dan kam bo‘lmagan miqdorda.
To‘lov usuli:
Bank o‘z mablag‘lari hisobidan ajratilganda — differensial yoki annuitet to‘lov usulida.
Asosiy qarz imtiyozli davrdan so‘ng har oyda, foizlar esa har oyda to‘lanadi.
Kreditni ajratish shakli:
Yopiq kredit liniyasi orqali:
- bank plastik kartasiga o‘tkazish orqali;
- mahsulot yetkazib beruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi korxona hisob raqamiga pul o‘tkazish orqali.
Mahsulot bo‘yicha ta’minot:
Kredit summasining 125 %dan kam bo‘lmagan miqdorda ta’minot talab etiladi. Aloqador shaxslar uchun ta’minot miqdori 130 %dan kam bo‘lmasligi lozim.
Kredit summasining kamida 70 %i, aloqador shaxslar uchun esa kamida 75 %i miqdorida mulkiy ta’minot taqdim etilgan taqdirda, qolgan qismi kafillik va/yoki kredit qaytarilmaslik xatari sug‘urta polisi bilan ta’minlanishi mumkin.
Qabul qilinadigan mulkiy garov turlari:
- bankda o‘rnatilgan talablar asosidagi ko‘chmas mulklar;
- ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan yengil avtotransport vositalari;
- ajratilayotgan kredit valyutasidagi pul mablag‘lari.
Qabul qilinadigan nomulkiy garov turlari:
- kredit qaytarilmaslik xatari sug‘urta polisi;
- yuridik shaxs kafilligi;
- “Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi” AJ kafilligi;
- jismoniy shaxs kafilligi.
Mijozga qo‘yiladigan asosiy talablar:
- qarz oluvchining kredit yuklamasi 100 %dan oshmasligi lozim;
- qarz oluvchi kamida 6 oy davomida faoliyat yuritayotgan bo‘lishi lozim;
- mavjud kredit shartnomalari bo‘yicha barcha banklarda muddati o‘tgan kredit qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi lozim;
- 2-sonli kartoteka qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi lozim;
- KATM ma’lumotnomasiga asosan mijozning reyting natijasi 200 balldan kam bo‘lmasligi lozim;
- qarz oluvchi korxonaning so‘nggi 6 oy davomida ta’sischilar tarkibi o‘zgarmagan bo‘lishi lozim.
Kreditdan foydalanish uchun taqdim qilinadigan asosiy hujjatlar:
- ariza;
- qarz oluvchi korxona ta’sischilarining kredit olish va kredit ta’minoti sifatida mulkni garovga berish yuzasidan roziligi;
- garov obyekti bo‘yicha mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti;
- kartoteka-2 holati to‘g‘risida ma’lumot;
- garov obyekti ko‘chmas mulk bo‘lgan taqdirda kadastr hujjati;
- faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq tasdiqlovchi hujjatlar;
- loyiha xususiyatidan kelib chiqib qo‘shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.
Qo‘shimcha shartlar:
- loyiha Bank tarmog‘idan 200 km radiusgacha bo‘lgan hududda amalga oshirilishi lozim;
- biznes menejer kredit hisobiga moliyalashtirilishi rejalashtirilayotgan loyiha manziliga chiqqan holda o‘rganish o‘tkazadi;
- kredit hisobiga ko‘chatlar ekilishi rejalashtirilganda, mavjud ko‘chatlar soni va kredit hisobiga sotib olinayotgan ko‘chatlar soni biznes menejer xulosasida aks ettiriladi;
- kreditning maqsadli ishlatilishi Kredit monitoring va nazorati departamenti mas’ul xodimi tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganiladi;
- bank xodimlari va ularning yaqin qarindoshlari ishtirokidagi yoki rahbarligidagi korxonalarga mazkur mahsulot doirasida kredit ajratilmaydi;
- kredit siyosati talablariga asosan kredit bitimi tuzilishi taqiqlangan va defolt holatidagi mijozlarga kredit mablag‘lari ajratilmaydi;
- mazkur mahsulot orqali moliyalashtiriladigan loyihalar investitsion loyiha sifatida talqin qilinmaydi.
- Qarz oluvchining kredit yuklamasi 100 %dan oshmasligi lozim.
- Qarz oluvchi ro‘yxatdan o‘tgan davrdan boshlab kamida 6 oy davomida faoliyat yuritayotgan bo‘lishi lozim.
-
Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot ijobiy yakunlangan bo‘lishi lozim.
Yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bundan mustasno. -
O‘z aylanma mablag‘lari mavjudligi ijobiy ko‘rsatkichda bo‘lishi lozim.
Yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bundan mustasno. - Mavjud kredit shartnomalari bo‘yicha barcha banklarda va kredit tashkilotlarida muddati o‘tgan kredit qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi lozim.
- O‘zaro aloqador korxonalarining “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi lozim.
- 2-sonli kartoteka qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi lozim.
- KATM ma’lumotnomasiga asosan mijozning reyting natijasi 200 balldan kam bo‘lmasligi lozim.
- KATM ma’lumotnomasiga asosan mijozning barcha tijorat banklari oldida hamda o‘zaro aloqador korxonalarining “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” toifalarida tasniflangan amaldagi kreditlari mavjud bo‘lmasligi lozim.
-
Mavjud kreditlar bo‘yicha oxirgi 12 oy ichida muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari quyidagi talablarga javob berishi lozim:
- 61 kundan 90 kungacha muddati o‘tgan qarzdorliklari 1 tadan ko‘p bo‘lmasligi;
- so‘nggi 6 oyda 61 kundan 90 kungacha muddati o‘tgan qarzdorlik umuman mavjud bo‘lmasligi;
- 90 kundan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi.
-
Yopilgan kreditlar bo‘yicha kredit qarzdorliklari to‘liq so‘ndirilishidan oldingi 12 oy ichida muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari quyidagi talablarga javob berishi lozim:
- 61 kundan 90 kungacha muddati o‘tgan qarzdorliklari 1 tadan ko‘p bo‘lmasligi;
- so‘ndirilishidan oldingi 6 oyda 61 kundan 90 kungacha muddati o‘tgan qarzdorlik umuman mavjud bo‘lmasligi;
- 90 kundan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi.
- “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida bugungi kunda mavjud kreditlari yuzasidan maqsadsiz ishlatilganlik holatlari mavjud bo‘lmasligi lozim.
-
Oxirgi 3 yilda kredit xizmatlari bo‘yicha iqtisodiy sudda da’vo arizalari mavjud bo‘lgan va da’vo arizasi qisman yoki to‘liq qanoatlantirilgan taqdirda so‘rovnoma ko‘rib chiqiladi hamda rad etiladi.
Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmay faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari va javobgar uchun tegishli mulk garovi taqdim etilgan holatlar bundan mustasno. - “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida mavjud kreditlari bo‘yicha asosiy va/yoki foiz qarzdorlik bo‘yicha oraliq hamda yakuniy to‘lov muddatini uzaytirish holatlari mavjud bo‘lmasligi lozim.
-
Qarz oluvchi korxonaning so‘nggi 6 oy davomida ta’sischilar tarkibi o‘zgarmagan bo‘lishi lozim.
Eski ta’sischilar tarkibi o‘zgarmagan holda yangi ta’sischilar qo‘shilishi yoki yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi o‘zgarishlar bundan mustasno. - Qarz oluvchi, qarz oluvchi korxona ta’sischilari hamda ular ta’sischi bo‘lgan korxonalarning Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi lozim.
- Ariza.
-
Qarz oluvchi korxona ta’sischilarining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kredit olish va kredit ta’minoti sifatida mulkni garovga berish yuzasidan roziligi.
Xususiy korxonalar va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmay faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bundan mustasno. - Garov obyekti bo‘yicha mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti.
- Asosiy hisob raqami boshqa banklarda bo‘lgan hollarda kartoteka-2 holati to‘g‘risida ma’lumot.
- Garov obyekti ko‘chmas mulk bo‘lgan taqdirda kadastr hujjati — ko‘chirma va kadastr pasporti.
- Yer uchastkasiga bo‘lgan huquq ijara asosida rasmiylashtirilgan bo‘lsa, ijara shartnomasi.
- Garov obyekti avtotransport vositasi bo‘lgan taqdirda transport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma.
- Mulkni garovga beruvchi qarz oluvchi yoki uchinchi shaxs korxona ta’sischilarining kredit ta’minoti sifatida mulkni garovga berish va undiruvni garov mulkiga suddan tashqari tartibda qaratish yuzasidan roziligi.
-
Mulkni garovga beruvchi uchinchi shaxs korxonaning ta’sis hujjatlari.
Agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa. -
Mulkni garovga beruvchi uchinchi jismoniy shaxs pasport nusxasi, uchinchi yuridik shaxs korxona direktori va bosh buxgalterining pasport nusxasi.
Agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa va bosh buxgalter mavjud bo‘lsa. - Faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq tasdiqlovchi hujjatlar: kadastr, ijara shartnomasi, e-auksion dalolatnomasi, hokim qarori yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa asoslantiruvchi hujjatlar.
-
Davlat xizmatlari markazidan reestr va o‘zgarishlar yuzasidan ma’lumotnoma.
So‘nggi 6 oy davomida DXMda qayta ro‘yxatdan o‘tish holatlari mavjud bo‘lganda. - Loyiha xususiyatidan kelib chiqib qo‘shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.
Oxirgi yangilanish sanasi: 19.06.2026 10:25













