YOSHLAR BIZNESDA krediti

Yoshlar ishtirokidagi biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun kredit

YOSHLAR BIZNESDA  krediti
Mahsulot haqida
Step icon

28 mlrd so‘m ekvivalentigacha

Kreditning maksimal miqdori

Step icon

84 oygacha

Kredit muddati

Step icon

12 oygacha

Imtiyoz muddati

Step icon

UZS

Kredit valyutasi

Step icon

Yoshlar ishtirokidagi biznes

Kimga to'g'ri keladi

Step icon

Dastur shartlariga ko‘ra

Kredit stavkasi

Kredit olish oson!
Steps icon

Bankning oʻzingizga eng yaqin ofisini tanlang va maslahat oling

Steps icon

Kerakli hujjatlarni taqdim qiling

Steps icon

Hujjatlarni imzolang va joriy hisob raqamiga pul oling

Batafsil shartlar
  • Shartlar
  • Mijozga qo‘yiladigan asosiy talablar
  • Kerakli hujjatlar
Asosiy ma’lumotlar

Kredit maqsadi:

YTTBning “Yoshlar biznesda” dasturi doirasida:

  • binolar va inshootlarni sotib olish;
  • uskunalar va texnologik jihozlarni xarid qilish;
  • mebel va inventar xarid qilish;
  • maxsus texnika va investitsion faoliyat bilan bog‘liq avtotransport vositalarini xarid qilish;
  • aylanma mablag‘larni to‘ldirish.

Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan:

  • sanoat, xizmatlar, savdo, umumiy ovqatlanish, turizm va hunarmandchilik;
  • qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash;
  • ishlab chiqarish binolarini qurish;
  • savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini tashkil etish;
  • uskunalar, asosiy vositalar va tijorat avtotransportini xarid qilish;
  • yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish;
  • qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa biznes loyihalarni moliyalashtirish.

O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan:

  • asosiy vositalarni xarid qilish;
  • aylanma mablag‘larni to‘ldirish.

Valyuta:

Milliy valyuta — so‘m.

Kreditni kim olishi mumkin:

YTTBning “Yoshlar biznesda” dasturi doirasida:

  • yuridik shaxslar va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan tadbirkorlik subyektlari;
  • rahbari va/yoki ustav kapitalidagi 51 foizdan yuqori ulushga ega ta’sischilari 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan shaxslar;
  • ustav kapitalidagi 51 foizdan yuqori ulushga ega ta’sischi jismoniy shaxs bo‘lishi lozim.

Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi doirasida:

  • yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan tadbirkorlik subyekti sifatida faoliyat yurituvchi 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;
  • ta’sischisi 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan fuqaro hisoblangan yuridik shaxs maqomiga ega tadbirkorlik subyektlari.

30 yoshga to‘lgan fuqarolar mazkur toifaga kiritilmaydi.

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan:

  • bitiruvchi bosqich talabalari yoki oliygohni tamomlaganiga 3 yildan oshmagan yoshlar ishtirokidagi tadbirkorlik subyektlari;
  • oliygohni tamomlaganiga 3 yildan oshmagan yoshlarni ish bilan ta’minlamoqchi bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari;
  • texnikumlar bilan dual ta’lim dasturlarini tashkil etgan ish beruvchilar.

Kredit muddati:

YTTB dasturi doirasida:

  • aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun — 18 oygacha;
  • asosiy vositalarni xarid qilish uchun — 36 oygacha.

Davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan: 60 oygacha.

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan: 84 oygacha.

Imtiyozli davr:

YTTB dasturi doirasida:

  • aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun — 3 oygacha;
  • asosiy vositalarni xarid qilish uchun — 6 oygacha.

Davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan:

  • aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun — mavjud emas;
  • asosiy vositalarni xarid qilish uchun — 12 oygacha.

Foiz stavkasi:

YTTB dasturi doirasida:

Bank tizimida yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga ajratiladigan kreditlar, faktoring va lizing amaliyotlari bo‘yicha amaldagi foiz stavkasiga qo‘shimcha kamida 2 foiz punkt.

Davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan:

Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz punkt yuqori.

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan:

Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz punkt yuqori.

Markaziy bankning asosiy stavkasi o‘zgarganda, ajratilgan resurslar bo‘yicha foiz stavkasi o‘zgarishsiz qoladi.

Kredit miqdori:

  • YTTB dasturi doirasida — 28 mlrd so‘m ekvivalentigacha;
  • Davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-60-son qarorida belgilangan miqdorgacha;
  • bitiruvchi bosqich talabalari yoki oliygohni tamomlaganiga 3 yildan oshmagan yoshlar ishtirokidagi tadbirkorlik subyektlariga — 1 mlrd so‘mgacha;
  • oliygohni tamomlaganiga 3 yildan oshmagan yoshlarni ish bilan ta’minlamoqchi bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga — 5 mlrd so‘mgacha;
  • texnikumlar bilan dual ta’lim dasturlarini tashkil etgan ish beruvchilarga — 5 mlrd so‘mgacha.

Qaytarish tartibi:

YTTB dasturi doirasida:

  • asosiy qarz — har oy differensial usulda;
  • foizlar — har oy.

Davlat maqsadli jamg‘armasi va Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan:

Jalb qilingan mablag‘lar shartlariga asosan.


Hujjatlar
Kredit shartnomasi

Kredit shartnomasi

Yuklab olish
DOWNLOAD
Asosiy talablar
  • ustav fondi to‘liq shakllantirilgan bo‘lishi lozim, qonunchilikda belgilangan istisnolar bundan mustasno;
  • faoliyat muddati — kamida 12 oy;
    • Davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 200 mln so‘mgacha moliyalashtiriladigan loyihalar uchun — 6 oydan ortiq;
    • 100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar uchun faoliyat muddatiga talab mavjud emas.
  • qarz oluvchining kredit yuklamasi 100%dan oshmasligi lozim;
  • kredit yuklamasi 100%dan yuqori bo‘lganda, qo‘shimcha ta’minot sifatida yuridik shaxs kafilligi taqdim etiladi;
  • qarz oluvchi va kafil korxonaning birgalikdagi kredit yuklamasi 100%dan oshmasligi lozim;
  • mavjud kreditlar va ularga tenglashtirilgan operatsiyalar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi lozim;
  • 2-sonli kartoteka hisobvarag‘ida va Majburiy ijro byurosi bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi lozim;
  • amaldagi kreditlar orasida “qoniqarsiz”, “shubhali” yoki “umidsiz” toifalarda tasniflangan kreditlar mavjud bo‘lmasligi lozim;
  • moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot ijobiy yakunlangan bo‘lishi lozim, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan tadbirkorlik subyektlari bundan mustasno;
  • o‘z aylanma mablag‘lari mavjudligi ijobiy ko‘rsatkichda bo‘lishi lozim, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan tadbirkorlik subyektlari bundan mustasno;
  • kredit mablag‘laridan maqsadsiz foydalanish holatlari mavjud bo‘lmasligi lozim;
  • 100 mln so‘mgacha bo‘lgan kredit nomulkiy ta’minot asosida ajratilganda, mijoz avvalgi kreditini to‘liq so‘ndirgan va to‘lovlar bo‘yicha 30 kundan ortiq kechikishga yo‘l qo‘ymagan bo‘lishi lozim.

Zarur hujjatlar
  • kredit olish uchun ariza;
  • oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot;
  • qarz oluvchi korxona ta’sischilarining kredit olish bo‘yicha roziligi, qonunchilikda belgilangan istisnolar bundan mustasno;
  • yakka tartibdagi tadbirkor guvohnomasi va pasport nusxasi;
  • asosiy hisobvaraq boshqa bankda bo‘lsa, hisobvaraq aylanmalari va 2-sonli kartoteka qarzdorligi to‘g‘risidagi ma’lumot;
  • mahalliy yetkazib beruvchi bilan tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi yoki xorijiy korxona bilan tuzilgan import shartnomasi;
  • faoliyat joyiga oid hujjatlar: kadastr hujjati, ijara shartnomasi, elektron auksion dalolatnomasi, hokim qarori yoki boshqa asoslantiruvchi hujjatlar;
  • 100 ming AQSh dollari ekvivalentidan yuqori investitsion loyihalar uchun texnik-iqtisodiy asosnoma;
  • garov obyektining mustaqil baholash hisoboti;
  • ko‘chmas mulk garovi bo‘yicha kadastr hujjatlari, zarur bo‘lganda yer uchastkasining ijara shartnomasi;
  • avtotransport yoki maxsus texnika garovi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi;
  • mulkni garovga qo‘yish va undiruvni suddan tashqari tartibda garov mulkiga qaratish bo‘yicha rozilik;
  • yuridik shaxs kafilligi taqdim etilganda — kafil korxonaning moliyaviy va ta’sis hujjatlari;
  • loyihaning xususiyatidan kelib chiqib boshqa qo‘shimcha hujjatlar.

Qo‘shimcha shartlar
  • Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash uchun kredit ajratilganda, har 1 mlrd so‘m kredit uchun kamida bir nafar bitiruvchi ish bilan ta’minlanishi lozim;
  • yaratiladigan ish o‘rinlari soni kredit arizasida va kollegial organ qarorida ko‘rsatilishi lozim;
  • kredit mablag‘lari belgilangan ish o‘rinlari yaratilganidan va tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganidan keyin ajratiladi;
  • yaratilgan ish o‘rinlari my.mehnat.uz ma’lumotlari va mehnat shartnomalari bilan tasdiqlanadi;
  • bitiruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ikki yil ichida bekor qilinsa, kredit foiz stavkasi tijoriy stavkaga o‘zgartirilishi mumkin;
  • bekor qilingan mehnat shartnomasi o‘rniga bir oy ichida boshqa bitiruvchi ishga qabul qilinsa, foiz stavkasi o‘zgartirilmaydi;
  • kafil korxona mahsulot pasportida belgilangan moliyaviy va kredit talablariga muvofiq bo‘lishi lozim;
  • qarz oluvchining xo‘jalik faoliyati biznes menejer tomonidan faoliyat manziliga chiqqan holda o‘rganiladi;
  • amalda faoliyat yuritmayotgan mijozlarga kredit ajratilmaydi.

SQB BUSINESS
SQB BUSINESS

Uyingizdan chiqmasdan oʻz biznesingizni boshqaring

Batafsil
Depozitlar
Depozitlar

Qoʻshimcha foyda olish uchun yuqori daromadli depozitlarni oching

Batafsil
Transchegaraviy oʻtkazmalar
Transchegaraviy oʻtkazmalar

Dunyo bo‘ylab tez va xavfsiz pul o‘tkazmalarini amalga oshiring

Batafsil
Korporativ kartalar
Korporativ kartalar

Barcha biznes xarajatlarini toʻlash uchun qulay vosita

Batafsil
Ish haqi loyihasi
Ish haqi loyihasi

Xatarlarni minimallashtirish orqali xodimlarning kartalariga ish haqini kiriting

Batafsil
Savdo ekvayringi
Savdo ekvayringi

Biznesni rivojlantirish uchun kelajak mijozlar doirasini kengaytiring

Batafsil
Biznes kreditlari
Biznes kreditlari

Biznesni yaratish va rivojlantirish uchun foydali kredit mahsulotlari

Batafsil

Oxirgi yangilanish sanasi: 28.08.2026 15:38

Oxirgi yangilanish sanasi: 28.08.2026 15:38  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит