MasterCard Black Edition, Visa Infinite, UnionPay Diamond karta egalariga 75*275*410 o‘lchamli metall qutilari kartalarning amal qilish muddatiga qadar bepul taqdim etiladi.
Depozit yacheykasi- bu individual alohida seyf boʻlib, uni mijoz qimmatbaho buyumlarni xavfsiz saqlash maqsadida bankdan ijaraga oladi. Yacheykalar maxsus jihozlangan omborxonalarda oʻrnatilgan boʻlib, ikkita qulf bilan qulflanadi. Bir qulfning kaliti bankda, ikkinchi qulfning kaliti esa mijozning tasarrufida boʻladi.
Yacheykani bir kundan bir yilgacha boʻlgan muddatga ijaraga olish mumkin. Agar seyf uzoqroq muddatga kerak boʻlsa (bir yildan ortiq), ijara shartnomasi uzaytiriladi. Agar siz bir yilga toʻlov qilgan boʻlsangiz, buyumlaringiz aytaylik bir necha oy ichida qaytib olmoqchi boʻlsangiz, sizga toʻlovni qayta hisob-kitob qilib beriladi.
Moddiy boyliklarni bank yacheykalarida saqlashning ikkita usuli mavjud: bular deklaratsiya qilinadigan va anonim usullaridir. Birinchi navbatda, sizning “omonatingiz” jismoniy xajmini aniqlash va siz murojaat qilmoqchi boʻlgan bankda shunga muvofiq xajmdagi quti borligini aniqlash kerak. Depozit yacheykasining egasi saqlashga topshirmoqchi boʻlgan buyumlarining roʻyxatini rasmiylashitirishi mumkin. Bu esa mol mulkni sugʻurtalash imkonini beradi, yaʼni, agar bankning aybi bilan qimmatbaho buyumning qiymatiga zarar yetsa yoki yoʻqolsa, bank keltirilgan zararni pul shaklida qoplab beradi.
Bank yacheykasini qayerda va qanday ijaraga olish mumkin
Shaxsiy maqsadlar uchun Mirzo-Ulug‘bek filialiga murojaat eting. Toshkent shahri Mirzo-Ulug‘bek tumani, Istiqlol, 25 ko‘chasi
Agar biznes uchun kerak boʻlsa, imzolar va muxrlar kartochkasini va yacheyka ijarasi soʻralgan arizani taqdim etishlari lozim
Ijara shartnomasi tuzilgan va toʻlov amalga oshirilgandan keyin yacheykadan foydalanishingiz mumkin.