Maslahat oling yoki web-saytda dastlabki ariza to'ldiring
Uyni tanlang va pudratchi bilan savdo shartnomasini tuzing
Hujjatlarni bankka topshiring, kredit shartnomasini tuzing va to'lovni qabul qiling
*Hisob-kitoblar faqat ma'lumot uchun mo'ljallangan. Umumiy hisob individual ravishda hisoblanadi.
Ushbu ariza to'lovchining kreditga layoqatliligini aniqlash uchun ma'lumot olish vazifasini bajaradi va oferta shartnomasi hisoblanmaydi. Arizani to'ldirgandan so'ng, siz bankning kredit berish to'g'risidagi dastlabki qarorini olasiz.

SMS
2500 raqamiga yuborish orqali
Bank orqali
Istalgan ofisida
Kredit maqsadi
Yangi Toshkent loyihasi doirasida birlamchi bozordagi ko‘p qavatli uy-joydan ulush asosida xonadon xarid qilishni moliyalashtirish.
Kreditning maksimal miqdori
1 mlrd so‘mgacha:
Xonadon qiymatining qolgan qismi Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Boshlang‘ich badal
Uy-joy qiymatining kamida 20%.
Auksion orqali amalga oshirilgan to‘lovlar boshlang‘ich badal sifatida hisobga olinishi mumkin.
Kreditning maksimal muddati
20 yilgacha.
Imtiyozli davr
Differensial to‘lov jadvali bo‘yicha 6 oygacha.
Foiz stavkasi
Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan — yillik 18% (o‘zgarmas stavka).
Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan, xonadon Bank hisobiga garovga qo‘yilgandan so‘ng:
O‘zgaruvchan foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilganda mutanosib ravishda kamayadi, oshirilganda esa o‘zgarishsiz qoladi.
Foiz to‘lovlaridagi o‘zgarishlar Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan kundan boshlab hisob-kitob qilinadi.
To‘lov jadvali
Ta’minot
Uy-joy foydalanishga topshirilib, kredit hisobiga moliyalashtirilgan (sotib olingan) xonadonga bo‘lgan huquq yuzaga kelgandan so‘ng, ushbu xonadon kredit ta’minoti sifatida qabul qilinadi. Ushbu shart kredit shartnomasining tegishli bandida ko‘rsatilishi lozim. Xonadon Bank foydasiga garovga qabul qilingunga qadar quyidagi ta’minot turlaridan biri yoki bir nechtasi qabul qilinishi mumkin:
Talab qilish (mulk) huquqi ta’minot sifatida qabul qilinganda, kredit ajratilishidan oldin Bank va mijoz o‘rtasida talab qilish (mulk) huquqi garovi shartnomasi rasmiylashtirilishi, belgilangan tartibda kadastr organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi va garov reestriga yozuv kiritilishi lozim.
Talab qilish (mulk) huquqi qabul qilinganda, qo‘shimcha ravishda ko‘p qavatli turar-joy quruvchisi yoki buyurtmachisi bo‘lgan yuridik shaxsning kamida 125% miqdoridagi kafilligi qabul qilinishi lozim. Bank bilan aloqador shaxslar uchun kafillik miqdori kamida 130% bo‘lishi kerak. Kafil korxonaning moliyaviy holatini o‘rganish talab etilmaydi.
Barcha kreditlar bo‘yicha hamkorlik doirasidagi kafillik shartnomasiga asosan umumiy kafillik taqdim etiladi.
Bunda, kreditning garovga nisbati 80%dan oshmasligi, ya’ni ta’minot miqdori kredit summasining kamida 125%ini tashkil etishi lozim. Bank bilan aloqador shaxslarga ajratiladigan kreditlar bo‘yicha ta’minot miqdori kredit summasining kamida 130%ini tashkil etishi lozim. Ta’minot yetmagan qismiga sug‘urta polisi taqdim etilishi mumkin.
Xonadon Bank garoviga qabul qilingandan so‘ng sug‘urta polisining maqsadi garov mulkini sug‘urtalashga o‘zgartirilishi mumkin.
Sug‘urta shartnomasi kreditning to‘liq muddatiga tuziladi.
Yuridik shaxs kafilligi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi” davlat muassasasining kafilligi taqdim etiladi.
Qarz oluvchi yoki birgalikda qarz oluvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lib, quyidagi talablarga javob berishi kerak:
5 nafargacha birgalikda qarz oluvchini jalb qilishga ruxsat etiladi.
Qarz yuki ko‘rsatkichi tasdiqlangan daromadning 50 %idan oshmasligi lozim.
Bank oxirgi 24 oy uchun kredit tarixini o‘rganadi.
2026-yil 1-apreldan boshlab o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarga «Yangi Toshkent» mahsuloti bo‘yicha kredit ajratishda ijtimoiy soliq to‘langanligi tasdiqlanishi talab etiladi:
To‘lovga layoqatlilikni baholashda quyidagi daromadlar hisobga olinadi:
Daromadlar soliqlar chegirilgan holda hisobga olinadi.
Mavsumiy ish bilan band shaxslar uchun oxirgi 6 oy ichida kamida 3 oy davomida olingan daromadlar hisobga olinishi mumkin.
Qarz oluvchi taqdim etadi:
Kreditni rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:
Qo‘shimcha ravishda:

