Green komfort

1 MVt gacha energiya tejaydigan va qayta tiklanadigan energiya manbalarini sotib olish uchun

car

Kredit summasi

200 mln so'mgacha

Kredit foiz stavkasi *

20 %

Kredit muddati

60 oygacha

Imtiyozli davr

6 oygacha
Green komfort kreditini qanday qilib olish mumkin?
Kredit olish bosqichlari:

Dastlabki maslahatni telefon orqali yoki bank ofisida oling

Bankka kerakli hujjatlarni taqdim eting va bankning ijobiy qarorini kuting

Bank bilan kredit shartnomasini imzolang


Kerakli hujjatlar:
  • Pasport yoki ID-karta

  • Daromadlar to`g`risidagi guvohnoma

  • Sotib olish shartnomasi

  • Kreditni ta'minlash bo`yicha hujjatlar

Kredit O`zbekiston Respublikasining 18 dan 60 yoshgacha bo`lgan fuqarolariga beriladi

Kreditni to'lash usullari:

SMS

2500 raqamiga yuborish orqali

Bank orqali

Istalgan ofisida

Bank kartalari

JOYDA mobil ilovasi orqali

JOYDA yuklab olish

Bilish muhim
  • Kredit shartlari
  • Qarz oluvchiga qo'yiladigan talablar
  • Kerakli hujjatlar
Asosiy ma'lumotlar

Kreditning maqsadi :

quyosh fotoelektrik stansiyalari, quyosh suv isitgichlari, shamol generatorlari, quvvati 1 MVt gacha boʻlgan mikro va kichik gidroelektrostansiyalari, biogaz ishlab chiqaruvchi uskunalar, biogaz qurilmalari, boshqa qayta tiklanuvchi energiya manba qurilmalari, energiya saqlash tizimlari, maishiy energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalar va qozonlarni sotib olish uchun.


Kredit muddati:

60 oy

Kredit miqdori:

200 mln so'mgacha

Kredit foiz stavkasi*:

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank asosiy stavkasida + 6%

Maksimal imtiyozli davr:

6 oygacha (differensial grafikda)

To'lov grafigi:

differensial/annuitet

Kredit ta’minoti:

50 mln soʻmgacha:

- jismoniy shaxs kafilligi;

- kredit qaytmaslik xatari toʻgʻrisidagi sugʻurta polisi (sugʻurta shartnomasi va polisi kreditning toʻliq muddatiga tuziladi).

50 mln soʻmdan oshgan taqdirda:

- avtotransport vositasi (ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan);

-  koʻchmas mulk garovi. (agar garov narsasi turar joy boʻlsa doimiy roʻyxatda turuvchilar mavjud boʻlmasligi lozim)

Mahsulotni olish usuli :

shartnomaga asosan iste’mol tovarlarini (xizmatlarini) ishlab chiqaruvchi yoki realizatsiya qiluvchi sub’yektning (yuridik shaxsning) bankdagi hisobvarag’iga pul oʻtkazish yoʻli bilan.

Qoʻshimcha shartlar:

- kredit mablag`i 2 bosqichda, ya`ni birinchi bosgichda 85 foizi, ikkinchi bosqichda loyiha maqsadiga ko'ra ishlar tugallangandan so`ng joyiga chiqqan holda o`rganib dalolatnoma  rasmiylashtirilgandan so`ng golgan 15 foizi o`tkazib beriladi;

- mijoz Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamgʻarmasining www.energymarket.uz yagona elektron platformasi orqali qayta tiklanadigan energiya manbalari uskunalari qiymatining bir qismini kompensatsiya qilish orqali sotib olishi mumkin;

- oʻzini o’zi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan qarz oluvchilar uchun kredit ta’minoti sifatida avtotransport vositasi (ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan) garovi taqdim etgan hollarda, rasmiy daromad manbai talab etilmaydi.

Bunda:
- oʻzini oʻzi band qilgan fuqaro tomonidan tasdiqlangan bir oylik oʻrtacha daromadi toʻgʻrisidagi ma’lumot taqdim qilinadi;
- oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan qarz oluvchilarga ajratiladigan kreditning eng koʻp miqdori
50,0 mln soʻmdan oshmasligi lozim.Ushbu mahsulot tarkibida NPL kreditlar salmogʻi
3 foizdan oshgan taqdirda Risk-menejment departamenti tomonidan ushbu turdagi mahsulot ajratilishini toʻxtatish choralari koʻriladi.     



Hujjatlar

Shartnoma

Yuklab olish

Qarz oluvchi / birgalikda qarz oluvchiga qoʻyiladigan umumiy talablar

  • Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;

  • Ish haqi (kamida 4 oy);

  • Yoshga doir pensiya;

  • Shaxsiy yordamchi, dehqon xoʻjaligi, yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati boʻyicha asosiy hisobvaragʻi barcha pul tushumlarining 10% (kamida 4 oy);
    a) Qarzdor kredit olish uchun murojaat qilgan kunida kafil18 yoshga toʻlgan va 65 yoshdan oshmagan (65 yosh ham kiradi) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;
    b) doimiy ish joyiga, yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga, shuningdek kredit boʻyicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni toʻlov jadvaliga muvofiq har oyda toʻlash uchun yetarli boʻlgan qonun hujjatlarida taqiqlanmagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromad manbaiga ega boʻlishi.

Qarz oluvchi / birgalikda qarz oluvchi / kafildan qabul qilinadigan hujjatlar ro'yxati
 

  • Pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat. Mijoz harbiy xizmatchilar uchun harbiy guvohnomasini taqdim etgan taqdirda, pasport nusxasi ham talab etiladi;
  • Daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar/elektron maʼlumotlar (bankning elektron dasturi orqali olinishi mumkin);
  • Isteʼmol tovarlarini (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi korxona yoki realizatsiya qiluvchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnoma. 
  • Taʼminotga doir hujjatlar. Agar taʼminotga mol-mulk garovi taqdim etilgan taqdirda mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti.Shuningdek, qonunchilikda koʻrsatilgan boshqa tegishli hujjatlar ham talab qilinishi mumkin.

Kalkulyator
To'lov turini tanlang
Annuitet
Differensial
Kredit miqdori
Boshqa xizmatlar
Muddati

To'lov jadvali

*Hisob-kitoblar faqat ma'lumot uchun mo'ljallangan. Umumiy hisob individual ravishda hisoblanadi.

Ehtimol, sizni qiziqtiradi
Orzuingizdagi uy
ipotekaga 17%

Birlamchi bozordan kvartira sotib olish uchun berilgan.

JOYDA - barcha kerakli to'lovlar endi telefoningizda

Qulay mobil ilova yordamida kundalik toʻlovlarni amalga oshiring.

Savollaringiz bormi?

Ariza qoldiring va bizning mutaxassislarimiz – siz bilan bog`lanishadi. Birgalikda savolingizga eng yaxshi yechim topamiz.

Qoʻngʻiroq qilish

Oxirgi yangilanish sanasi: 05.09.2023 10:45  
up