Mikro, kichik, o‘rta va korporativ biznes
Segment
15 yilgacha*
Muddati
3 yilgacha
Imtiyozli davr
UZS, USD, EUR, CNY
Valyuta
30 mln. AQSh doll. ekv.gacha
Miqdori
MB stavkasidan boshlab
Foiz stavkasi
Bankning oʻzingizga eng yaqin ofisini tanlang va maslahat oling
Kerakli hujjatlarni taqdim qiling
Hujjatlarni imzolang va joriy hisob raqamiga pul oling
Maqsadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi hamda Hukumat komissiyasi qarorlari va topshiriqlari doirasida:
- kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan tayyor asosiy vositalarni sotib olish;
- qurilayotgan obyektlarni investitsiya kiritish yo‘li bilan sotib olish;
- bank sho‘ba korxonalari ishtirokida tashkil etilgan jamiyatlarning ulushlarini sotib olish;
- bank sho‘ba korxonalari va ular ishtirokidagi jamiyatlar tomonidan bajarilgan ishlar/xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish.
Valyuta
- milliy valyuta (so‘m);
- xorijiy valyuta (AQSh dollari, yevro, yuan).
Kredit muddati
- bank o‘z mablag‘lari hisobidan — 15 yilgacha;
- bajarilgan ishlar/xizmatlar uchun — 5 yilgacha;
- jalb qilingan mablag‘lar hisobidan — ularning shartlariga asosan.
Imtiyozli davr
3 yilgacha — moliyalashtirish shartlari va loyiha turiga qarab.
Kredit miqdori
- 30 mln. AQSh dollari ekvivalentigacha — yuridik shaxslar uchun;
- 1 mlrd. so‘mgacha — yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan tadbirkorlik subyektlari uchun.
Foiz stavkasi
- milliy valyutada bank o‘z mablag‘lari hisobidan — shartnoma imzolangan kunda amalda bo‘lgan Markaziy bank asosiy stavkasidan kam bo‘lmagan miqdorda;
- xorijiy valyutada bank o‘z mablag‘lari hisobidan — yillik 8% dan kam bo‘lmagan miqdorda;
- jalb qilingan mablag‘lar hisobidan — ularning shartlariga asosan.
Boshlang‘ich to‘lov
Shartnoma summasining kamida 5% (teng ulushlarda 6 oygacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkin).
Kredit ta’minoti
- sotib olinayotgan ko‘chmas mulk, unga bo‘lgan mulkiy huquqlar yoki boshqa mol-mulk garovi — majburiy;
- umumiy garov summasi kredit miqdorining kamida 125% (aloqador shaxslar uchun — 130%);
- agar garov qiymati 125% ni qoplamasa, qo‘shimcha mol-mulk garovi va/yoki sug‘urta polisi talab etiladi;
- kredit maqsadiga qarab ta’minot quyidagilardan biri bo‘lishi mumkin:
- depozit mablag‘lari;
- mulkiy garov;
- uchinchi shaxs kafilligi;
- sug‘urta polisi.
Qabul qilinadigan garov turlari
- ko‘chmas mulk — bank talablariga muvofiq;
- avtotransport — ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan (ishlab chiqarilgan yili birinchi yil sifatida hisoblanadi);
- pul mablag‘lari — kredit valyutasida.
Qo‘shimcha shartlar
- qurilayotgan obyektlar uchun investitsiya shartnomasi asosida kelajakda vujudga keladigan mulkiy huquqlar garovi qabul qilinadi;
- kompaniya ulushini sotib olishda investitsiya shartnomasi asosida kelajakda vujudga keladigan mulkiy huquqlar garovi;
- kredit hisobiga sotib olingan mulk huquqi rasmiylashtirilgandan keyin 15 kun ichida garovga qo‘yilishi shart.
Mijozga qo‘yiladigan asosiy talablar:
Davlat ro‘yxatidan belgilangan tartibda o‘tgan bo‘lishi.
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot (2-son shakl) zarar bilan yakunlanmagan bo‘lishi
(yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bundan mustasno).
O‘z aylanma mablag‘lari mavjudligi manfiy bo‘lmasligi
(yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bundan mustasno).
Mavjud kreditlar va ularga tenglashtirilgan operatsiyalar bo‘yicha muddati o‘tgan kredit qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi.
2-sonli kartoteka hisobvarag‘ida qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi
(kartoteka-2 bo‘yicha qarzdorlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma boshqa bank tomonidan taqdim etilgan taqdirda, ushbu ma’lumotnoma taqdim etilgan sanadan boshlab 30 kun davomida amal qiladi).
KATM ma’lumotnomasiga asosan mijozning barcha tijorat banklari oldida hamda o‘zaro aloqador korxonalarining
«O‘zsanoatqurilishbank» ATB tizimida
“qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” toifalarida tasniflangan amaldagi kreditlari mavjud bo‘lmasligi.
Kreditlar bo‘yicha oxirgi 60 oy ichida:
90 kundan ortiq muddati o‘tgan qarzdorliklar mavjud bo‘lmasligi;
sud jarayonidagi kredit qarzdorliklariga umuman yo‘l qo‘yilmagan bo‘lishi;
balansdan tashqari hisobvaraqlarda (hisobdan chiqarilgan, kechiktirib hisobdan chiqarilgan PKNT) qayd etilgan kredit qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi.
Qarz oluvchining Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishlari bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lari mavjud bo‘lmasligi.
Oxirgi 3 yil davomida kredit majburiyatlari bo‘yicha (javobgar uchun kafillik taqdim etilgan holatlar ham inobatga olinadi) iqtisodiy sudlarda da’vo arizalari mavjud bo‘lgan va da’vo arizasi qisman yoki to‘liq qanoatlantirilgan taqdirda, so‘rovnoma ko‘rib chiqiladi va rad etiladi
(yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan tadbirkorlik subyektlari tomonidan javobgar uchun tegishli mulk garovi taqdim etilgan holatlar bundan mustasno).
Qarz yukiga talab mavjud emas.
Kredit olish uchun zarur hujjatlar:
- Kredit olish uchun ariza.
-
Oxirgi yil/chorak uchun buxgalteriya hisobotlari (yangi korxonalar uchun faoliyat davriga qarab):
- Balans (1-shakl);
-
Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-shakl);
(istisno — yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan subyektlar hamda bank DSI bazasidan elektron olgan holatlar).
- Ta’sischilarning kredit olishga roziligi (xususiy korxonalar va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan subyektlardan talab qilinmaydi).
- Mustaqil baholash tashkiloti hisoboti (kredit hisobiga olinadigan mulk bundan mustasno).
- Kartoteka-2 holati to‘g‘risida ma’lumot (asosiy hisob boshqa bankda bo‘lsa).
- Ko‘chmas mulk garovi bo‘lsa — kadastr hujjatlari, ijara bo‘lsa — ijara shartnomasi.
- Avtotransport garovi bo‘lsa — ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi.
- Uchinchi shaxs ta’sischilarining garovga roziligi.
- Uchinchi shaxs korxonaning ta’sis hujjatlari (boshqa bankda xizmat ko‘rsa).
- Uchinchi jismoniy shaxs garov beruvchi — pasport nusxasi, yuridik shaxs bo‘lsa — direktor va bosh buxgalter pasporti.
- Bajarilgan ish/xizmatlar uchun dalolatnoma (agar kredit shu maqsadda berilsa).
- Auksion orqali sotib olishda — auksion natijalari bo‘yicha hujjatlar.
- Loyiha xususiyatiga qarab qo‘shimcha hujjatlar.
Oxirgi yangilanish sanasi: 30.06.2026 10:37













